Xayr birinchi ustozim!


Download 21.52 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi21.52 Kb.
#1624054
Bog'liq
1-USTOZ


XAYR BIRINCHI USTOZIM!”

1-BOSHLOVCHI :Assalomu –alaykum aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar!


2-BOSHLOVCHI :Assalomu –alaykum mehribon ota-onalar,sevimli buvijonlar!
1-BOSHLOVCHI: Mana bugun biz 4-sinflar boshlang’ich ta’limni tugatdik. Shu munosabat bilan bizning 4- “B” sinf o’quvchilari “Xayr birinchi ustozim!” mavzusida bayram tadbirini tayyorlab kelishdi.Sizlarni ushbu tadbirni tomosha qilishga taklif qilamiz.
Xolida: Salom deya qo’limni ko’ksimga qo’yib
Qilaman ming ta’zim ustozim suyib
Qalbimga bir gapni quvonib tuyib
Qadrdonim,siz mening birinchi ustozim.
Pokiza qalbingiz har doim toza
Yaxshi tilaklarimning barisi sizga
Quvonib mehr ila aytaman yana
Qadrdonim,siz mening birinchi ustozim.
Gohi xafa bo’lsak taskin berasiz
Gohi yig’lab qolsak mehr berasiz
Eng qiyin paytlarda dalda bo’lasiz
Qadrdonim ,siz mening birinchi ustozim
A.Zarina:Salom ustoz salom muallim
Bayramingiz bilan qutlayman
Ilm bilan istiqbol yo’lin
Ko’rsatdingiz, hech unutmaymiz
Siz emasmu yetti yoshimdan
“Alifbe”ni tutgan qo’limga
Siz emasmu silab boshimni
Cheksiz shodlik solgan konglimga
Bugun sizga chin yuragimdan
Mehrim toshib tabrik bitaman
Umrim bo’yi men saodat-da
Vatanimga xizmat etaman.
Sh.Zarina:Ustoz sizga tutay ajib guldasta
Guldastaki chamanzordan topilmas
To’fonlarda so’lib qolmas birpasda
Bir g’unchaki xazon uni yopolmas
Uni ekdim qalbimning eng to’rida
Unga mehr bilan payvand berdingiz
Yetaklabon ilm-fanning yo’lida
Dilga mehr solib qo’ygan edingiz
Guisaro:Qalbda mehri bir jahon
Onamdayin mehribon
Erkalab kutub olgan
Dilga shodliklar slogan
Hamma:Ustozim ,sizga ta’zim
To’g’ri yozish, o’qishni
O’zni qanday tutishni
Savod,ilm o’rgatgan
Nurli yo’lni ko’rsatgan
Hamma:Ustozim ,sizga ta’zim
Qo’shiq
Jumagul:Kechagina murg’ak edik to’q edik
Ilm fandan hech xabari yo’q edik
Hatto qalam tutishni ham bilmasdik
O’yinqaroq edik rosa sho’x edik
O’rgatdingiz barcha harfni sabot-la
Hisob kitob yozishni ham tinmayin
Sabog’ingiz tingladik biz qunt bilan
Darsingizda zerikishni bilmayin
Asalxon:Bugun esa yoshimiz ham ulg’ayib
Bajarurmiz harbir ishni mustaqil
Biz bilurmiz nima yaxshi-yu yomon
Ulg’aygach bo’lurmiz ilmli oqil
Behruz:Ustoz sizni koyitdik goh sho’xlik qilib
Goh darsga kech qolib,kirmayin ketgan
Ba’zi kunlar bo’lgan dars qilmay kelib
O’shanda ko’nglingizga ozorlar yetgan
Sh.Kamron:Xuddi onamizday boshimiz silab
Biz qilgan xatolarni kechirolgansiz
Chindan ham bemisl kuchsiz,qudratli
Qalbimiz mehrini ko’chirolgansiz
Mavjuda:Qayg’urasiz biz uchun yonib-kuyib so’laysiz
Sabog’ingiz qalblarga mehr ila joylaysiz
Tilagim shul:sog’ bo’ling bilim bering bizlarga
Yonimizda turgaysiz kirganda ham yuzlarga

Sh.Zarina:Sochingizga oralagan oq tolalarda


Biz qilgan sho’xliklar izi ko’rinar
Yuzingizda oralagan ajinlarda
Mashaqqatli mehnatingiz yuzi ko’rinar
Yuqori sinfga o’tsak ham ustoz
A’loga o’qiymiz, odob saqlaymiz
Hatto boshqalarga o’rnak ham bo’lib
Sizning ishonchingiz doim oqlaymiz
Hamma:Har bir bergan o’gitingiz yodda tutamiz
Doim sizga bosh egib , ta’zim etamiz
Qo’shiq
O’g’iljon:Yodimda maktabga kelgan ilk kunim
Hayajon yoshlari oqqandi qator
Bilimlar eshigin ochmoqlik uchun
Hali qo’llarimda yo’q edi mador
Shirin tabassum-la mehrda cheksiz
Bir inson yo’limga chiqqandi peshvoz
Bugun chin yurakdan etayapman his
Oshal siz edingiz, tanidim ,ustoz
Siz sabab kitobga qunt ,mehr qo’ydim
Qo’lga qalam tutib,tug’yonga to’lib
“Vatan” deb yozdim-u,yurt mehrin tuydim
Mavjuda:Nechog’ baxtiyorman, ta’zimda shu chog’
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt
Ne odam bo’lardim qo’limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loyqayd
E’zozbek:45 daqiqa sirin kim bilar
Sochingiz oqiyu-ajinlar ular
Bolalarqalbiga tushgan tuyg’ular
Vatanimning dona muallimlari
Sinflar to’lishib to’lib boradi
Ilm dengizida suzib boradi
So’zlaridan gular tuzib boradi
Vatanimning dona muallimlari
Shodliklar ko’p uning sanog’i yo’qdir
Siz bergan mehrning adog’I yo’qdir
Siz kabi limning fidosi yo’qdir
Vatanimning dona muallimlari
Asalxon: Maktab degan ulug’ dargoh
Muqaddasdir bizga har chog’
Bilim sari boshlar yolga
Aziz quchoq tanish yo’lka
Ruhshana:Alifbe va hisob ortda
Bari qoldi bari yodda
Raqam tanish harflar tanish
Qo’ldan kelar o’qish va yozish
Xayrlashamiz bugun siz bilan
Bizlar uchun quvonchli bu dam
Faqat qalbda g’ashlik bor biro z
O’qitmaysiz endi siz- ustoz!
Nasiba:Quyosh kabi nur sochgan
Ilm eshigin ochgan
Ilk saboqni o’rgatgan
Ustozlarga ming rahmat
Bizlarga bilim bergan
Odobli bo’ling degan
Yaxshilikka intilgan
Ustozlarga ming rahmat
Omon bo’lsin boshingiz
Uzoq bo’lsin yoshingiz
Kulsin baxt quyoshingiz
Ustozlarga ming rahmat
B.Ozodbek:Yetti yoshda maktabimda
Quchoq ochdi muallim
Sovod o’rgatgan zotga
Bugun qilamiz ta’zim
Umidbek:Siz murabbiy inson uchun
Har bir ilmu urfon uchun
Rahnomasiz bizlar uchun
Qalbi daryo muallimlar
Ko’klar sari parvozimiz
Dong taratgan ovozimiz
Siz tufayli qalblar osmon
Dil guliston muallimlar
2-boshlovchi:Endi ulug’ bobolarimizning ustozlar haqidagi hikmatli gaplaridan eshitsak.
A.Zarina(A.Navoiy):
Haq yo’linda kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila
O’g’iljon(Abdurahmon Jomiy):
Jahonda bo’lmasa muallim agar
Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar
Sh.Ozodbek(Yusuf Xos Hojib):
O’quv qayda bo’lsa ulug’lik bo’lur
Bilim qayda bo’lsa buyuklik bo’lur
Bunyod(Abu Abdullo Rudakiy):
Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas
Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas
Shohzoda(Mahmud Qoshg’ariy):
O’quv qunt beradi bilim sharaf –shon
Shu ikkov tufayli ulug’dir inson
Behruz(Asadiy Tusiy):
Bilimsizlik bilan ishga kirishsang
Foydasi bo’lmaydi qancha tirishsang
Qo’shiq
1-boshlovchi: Bizning odobli bo’lishimizga , o’qish va yozishni, hisob-kitobni mukammal o’rganishimizda quyidagi ustozlarning o’rni beqiyosdir.
Maktabimiz direktori Zulfiya ustozga
Mehringiz jo’shqin daryo
Qalbingiz cheksiz dunyo
So’zingiz gavhar a’lo
Maktabimiz direktori sizga ta’zim
Aziz inson muallimim
Ilmiy bo’lim mudirasi Dilorom ustozga va Ma’naviy ishlar bo’yicha director
O’rinbosari Ollabergan ustozlarga
Lobarxon:Topshiriqning ko’pin bizga yuklardingiz
Tortinchilar eplaydi deb aytardingiz
Ishonchingiz oqlaymiz biz o’n birinchigacha
Umr tilab siz ustozlarga ming yilgacha
Rus tili fani ustozimizga
Xolida:O’rgatdingiz siz qardoshlar tilini
Mana chiqdi ancha savodim
Unutmaymiz zaxmatlaringiz
Bizning tilchi ustoz muallim
Учитель- какое прекрасное слова
Звонком для него начинается год
С тобой он в путь отправляется снова
И к знаниям верной дорогой ведет

Tabiatshunoslik fani o’qituvchimizga


Nodir:Biz tabiat darsida
Sayohatga chiqamiz
Gullar terib barglardan
Gerbariylar yig’amiz
Rasm va texnologiya fani ustozlarga
Q.Kamron.:Quyosh osmon zamin tuproq
Ranglarin siz tanitgan siz
Rasm chizsak xatolarin
Hech og’rinmay o’rgatgansiz
Musiqa fani ustoziga
Oltinoy:Musiqa sehridan bahra olishni
O’rgatdingiz to’g’ri ijro qilishni
Bu kun qoshingizda qilurmiz ta’zim
Qalblarga nur sochgan aziz muallim
1-boshlovchi:Ushbu ustozlarga doimo qo’limiz ko’ksimizda ta’zim qilamiz
Qo’shiq
2-boshlovchi:Endi mehribon onajonlarimiz sevimli buvijonlarimizga atalgan qo’shiqni eshitsak
“Onajon” qo’shig’i
1-boshlovchi:Aziz ustozlar qadrli mehmonlar! Mana bugungi tadbirimiz ham poyoniga yetib qoldi
2-boshlovch:Bizga bilim bergan ustozlarimizga yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiramiz.Aziz ustozlar! Hamisha el-yurt ardog’ida bo’ling!
1-boshlovchi:Yurtimiz tinch,elimiz obod, osmonimiz musaffo bo’lsin! Ona Vatanimiz gullab yashnasin!
2-boshlovchi:Tadbirimizda qatnashganlaringiz uchun barchangizga tashakkur ishor qilamiz.Xayr,sog’-salomat bo’linglar.
Tadbir qizlarning “Lazgi”raqsi bilan yakunlanadi.
Download 21.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling