Xayr, maktabim
Download 1.64 Mb.
|
so\'ngi qong\'iroqqa
XAYR, MAKTABIM Mayli, jaranglayver soʻnggi qoʻngʻiroq Orzuim – bank sohasida ishlash. Buning uchun matematika fanini puxta oʻrganish zarur. Shu bois darsdan keyin qoʻshimcha mashgʻulotlarga qatnayman. Ammo, bir kuni ona tili ustozimiz Farida Qodirova “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida insho yozishni topshirdi. Vatan – bu mening oilam, Vatan – bu men oʻqiyotgan maktab, Vatan – bu mening mahallam, men tugʻilgan Oʻzbekiston, degan satrlar bilan qogʻozni qoraladim-u, sanoqli kunlardan keyin vatanimning bir boʻlagidan uchirma boʻlishimni oʻylab gʻalati boʻlib ketdim. Maktabning har bir yoʻlagi, ustozlar sabogʻi, doʻstlar diydori qanchalar aziz ekanligi koʻz oʻngimdan oʻta boshladi. Shoʻxliklarimiz oshib ketganda sinf rahbarimiz Saxovat opa bir gapni koʻp takrorlardi: “Agar yillar oʻtib maktab sogʻinchi sizni bu sinfxonalarga yetaklab kelsa-da, sizga hech kim dars oʻtmaydi. Qoʻngʻiroq chalinmaydi”. Bu gaplar magʻzini endi tushunayapman. Oʻquv yili tugashi yaqinlashgan sayin qoʻngʻiroq yana necha marta chalinarkan, deb kunlarni hisoblashga tushdim. Onamiz kabi mehribon oʻqituvchilarimizning ham faxriga aylanish uchun yaxshi kasb, yaxshi hunar egallash har birimizning orzuimiz. Bu istaklarimizning ushalishi arafasida tilimda faqatgina shu soʻzlar aylanyapti – jaranglayver, soʻnggi qoʻngʻiroq! Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling