Xemoretsepsiya (xemo shretseptorlar)


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1572901
Bog'liq
Xemoretsepsiya - Vikipediya



Xemoretsepsiya
Xemoretsepsiya (xemo... shretseptorlar)
— bir yoki koʻp hujayralilar ixtisoslashgan
hujayralarining tashqi muhitdagi hayot
uchun muhim boʻlgan kimyoviy
moddalardan taʼsirlanishi. X.ning
dastlabki jarayoni taʼsirlovchi kimyoviy
modda bilan hujayra membranasidagi
xemoretseptor oqsil oʻrtasidagi taʼsirdan
iborat. X. — evolyutsiya jihatidan eng qad.
retsepsiya tipi, barcha tirik organizmlar
uchun xos. Koʻpchilik hayvonlar uchun 2


xil X.: interoxemoretsepsiya (koʻp
hujayralilar ichki muhitini, jumladan,
gormonlar, mediatorlar, antigenlar va
boshqalarni analiz qiluvchi) va
eksteroxemoretsepsiya (tashqi kimyoviy
taʼsirlarni qabul qiluvchi) xos. Yuksak
tuzilgan organ izmlarda ixtisoslashgan
kimyoviy sezgi organlari — hid bilish, taʼm
bilish paydo boʻladi. Bu xiddagi organlar
umurtqali hayvonlar va bir qancha
umurtqasizlar (mas, hasharotlar)da bor.
Bundan tashkari, kam ixtisoslashgan X. —
gavda qoplamining taʼsirlovchi
moddalarga nisbatan umumiy kimyoviy
sezgirligi ham mavjud.

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling