Xi-bob. Kondagi kompressor va nasos stansiyalari XI kondagi kompressor stansiyalari haqida asosiy tushunchalar
Download 86.02 Kb. Pdf ko'rish
|
13-ma\'ruza
XI.2-rаsm. Mаrkаzdаn qоchmа
vеntilyatоr. 1-so’rish qismi; 2-hаydаsh qismi; 3 - tаyanch; 4 - uzаtmа shkivi. XI.3-rаsm. Mаrkаzdаn qоchmа vеntilyatоrning ishchi g’ildirаgi . XI.4. Neft konidagi nasos stansiyalari va qurilmalari Quvurlardan suyuqlikni haydovchi nasos stansiyalari eng murakkab inshootlar turiga kiradi. Nasos stansiya tarkibiga nasoslar, saqlagich ombori, mexanik ustaxona, elektr energiya podstansiyasi, qozonxona, suv ta’minoti tizimi, kanalizasiya tizimi, har xil turdagi binolar kiradi. Neft va neft mahsulotlarini quvurlardan haydash uchun porshenli va markazdan qochma nasoslar ishatiladi. Porshenli nasoslar yuqori foydali ish koeffisiyentiga ega bo‘lib, u yuqori qovushqoqlik suyuqliklarni haydaganda ham o‘zgarmaydi. Bunday nasoslardagi hosil bo‘ladigan tazyiq sarfga bog‘liq emas. Shu bilan birga porshenli nasoslarning bir necha kamchiliklari ham mavjud. Bulardan asosiylari - yuqori bosimli, katta sarfga ega bo‘lgan nasoslarning gabarit o‘lchamlari juda katta bo‘ladi, buning natijasida nasosning massasi ham keskin oshib ketadi. Bunday katta gabaritdagi va o‘ta og‘ir bo‘lgan nasoslar uchun quriladigan nasos stansiyasi binosi ham juda katta bo‘lishi kerak. Shuningdek, porshenli nasoslarda haydalayotgan suyuqlik oqimi bir maromda bo‘lmaydi, agar suyuqliklarda mexanik moddalar bo‘lsa nasosni ishdan chiqishiga olib keladi. Markazdan qochma nasoslar porshenli nasoslarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Nisbatan kichik qobiqda katta tazyiq va sarfli nasoslar yaratish 165 mumkin, yo‘naltiruvchi quvur yopiqligida ham ishga tushirib yuborish mumkin, nasos o‘qini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroyuritkich o‘qiga ulash mumkin, ya’ni qo‘shimsha uzatkichlarni hojati yo‘q. Yo‘naltirilayotgan suyuqlik miqdorini sekin- asta o‘zgartirib borish mumkinligi, gabaritlari uncha katta bo‘lmaganligi hamda suyuqlik tarkibida mexanik moddalar bo‘lsa ham haydash mumkinligi markazdan qochma nasoslarni keng qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda. Magistral neft quvurlaridagi nasos stansiyalari juda katta murakkab inshoot bo‘lganligi tufayli bunday stansiyalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ustaxona, omborxona, suv va kanalizasiya ta’minoti tizimlari ham qurilishi kerak bo‘ladi. Asosiy inshootlardan hisoblangan omborxona odatda bir nesha (4-6 ta) 5000- 10000 м 3 li saqlagichlardan iborat bo‘ladi. Shuningdek, nasos stansiyalar yong‘indan saqlanish uchun maxsus ochiq hovuzlar va boshqa kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Download 86.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling