Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
-rasm. Asosiy aktivlarga investitsiyalar YaIMdagi ulushi sifatida, foizda
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
11.1-rasm. Asosiy aktivlarga investitsiyalar YaIMdagi ulushi sifatida, foizda
11.1-rasm investitsiya faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi ma’lumotlariga ko‘ra investitsiyalarning YAIM ulushi 2000-2013 yillarda o‘rtacha 22,5%ga teng eng katta ijobiy o‘zgarish kuzatiladi. Keyingi o‘rinda 2013 -2020 yillarda o‘rtacha 22,7%ga , 2018-2019 -2020 yillarda o‘rtacha 35,23% ga teng bo‘lgan. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.); qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); davlat byudjeti mablag‘lari; chet elliklar mablag‘lari. Mamlakatimizda aholi jon boshiga 2020 yilda 4044,8 ming so‘mni tashkil qilib, 2013 yilga nisbatan 4 barobar oshgan. Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o‘zgarib bormoqda. Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag‘larining ulushi kamayib, korxona mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag‘larining ulushi oshib bormoqda. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. 22,9 26,8 20,5 20,1 21,4 19,9 19,1 20,9 24,5 25,4 22,2 20,1 20,3 21,1 21,3 21,3 21,1 23,9 30,6 38,3 36,8 0,0 5,0 10,0 15,0 20,0 25,0 30,0 35,0 40,0 45,0 Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladilar. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling