Xi bob. Sotish siyosati
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usuli
Download 301.68 Kb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor
o‘ziga kerakli tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga ega: - chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda kataloglar bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish; - shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interyer, uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish; - “qulay do‘konlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish. Sotish kanallarining bosqichlari, subyektlari strukturasi (a’zolari) tarqatish kanali tarmog‘ining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Vositachining turi aniqlangandan so‘ng vositachi qaysi tashkilot nomidan kimning hisobiga operatsiyalarni bajarayotganini bilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday yondashuvda 4 turdagi vositachilardan foydalanish mumkin: 1) diler(o‘z nomidan va o‘z hisobidan ishlaydi); 2) distribyuter(boshqa firma nomidan va o‘z hisobiga); 3) komissioner(o‘z nomidan va boshqalar moliyaviy mablag‘i hisobiga) 293 4) agent, broker (boshqasi nomidan va o‘zga firma hisobiga) faoliyat ko‘rsatadi. Download 301.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling