- Madaniyatning ravnaq topishi
- Gupta davlati davrida arxitiktura, ayniqsa ibodatxona va saroylar qurilishiga alohida e'tibor berildi. Ammo madaniyat yodgorliklari turli hujumlar oqibatida vayron qilingan, yo'qotilgan. Ayrim madaniy yodgorliklarning hozirgacha yetib kelgan ba'zi bir binolarga qarab ularning juda mohirlik bilan qurilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan: baxaybat yaxlit toshlarning ichini gor - gor qilib oyib ishlangan Ellara va Alanta ibotxonalari o'shanday qurilishlar jumlasidandir .Ibodatxonalar ichida qadimiy hind va budda afsonalaridan olib ishlangan haykallar benihoya ko'p bo'lib, bularda kishilarning figuralari ifoda etilgan. Bu figuralar o'zinig go'zalligi va ulug'vorligi bilan katta taassurot qoldiradi. Gupta davrida rassomlar va ustalar metalga pardoz berishning yuksak mahoratini egallaganlar. Er.av. IV asrning oxiri va V asr boshlarida quyma temirdan ishlangan udtun hozirga qadar yaxshi saqlangan.
- Gupta davrida fan taraqqiyotiga katta e'tibor berildi. Bir qancha hind munajjimlari (astranomlari) nomi butun dunyoga mashhur edi. Bular orasida V-VI asrlarda yashagan, grek fani va astronomiyasi bilan tanish bo'lgan Aryabxata, Varaxamixira va Braxmagupta ayniqsa mashhurdir. Hindistonda bu davrda tabobat ilmi, giyoh bilan davolash rivoj topgan edi. Adabiyot, poeziya, drama yuksak darajada rivojlandi. IV asning oxiri va V asrning I-yarmida geniol hind shoiri Kalidasining asrlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Kalidasi ayniqsa "Alqishlangan Shakuntala" dramasi dong qozondi. Bu asarida nihoyatda nazokatli va shu bilan bir vaqtda o'z yo'lida uchragan ogir mashaqqatli to'siqlarni yenga olgan jo'shqin jasoratli oddiy hind ayolining ajoyib obrazi berilgan. Bu asar Garbiy Yevropaga 1789 yilda ma'lum ma'lum bo'lishi bilanoq qadimiy hind adabiyotiga nisbatdan katta qiziqish uygotdi. Shunday qilib, Hind madaniyatining taraqqiyoti nafaqat Osiyo davlatlarida, balki Garbiy Yevropa madaniyati taraqqiyotiga ma'lum darajada ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |