Xii bob. Potoklar


Potokli funksiyalarning ishlashini amalga oshirish dasturlarini tuzish


Download 116.5 Kb.
bet3/16
Sana25.06.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1654625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
LSB 12-BOB

12.2. Potokli funksiyalarning ishlashini amalga oshirish dasturlarini tuzish.
C tilining asosiy xususiyatlaridan biri oldindan rejalashtirilgan fayllar strukturasi yo’qligidir. Hamma fayllar, baytlar ketma-ketligi deb ko’riladi. UNIX operasion sistemasida har bir qurilmaga «Maxsus fayl» mos keladi, shuning uchun C bibliotekasidagi funksiyalar fayllar bilan ham, qurilmalar bilan ham ma’lumot almashinishi uchun foydalaniladi. C tili bibliotekasida kiritish–chiqarish, quyi darajadagi kiritish, chiqarish va portlar uchun kiritish–chiqarish, oqimli daraja tizim xususiyatlariga bog’liq bo’lishi uchun bu yerda qaralmaydi.
Oqimli kiritish va chiqarish. Oqimli chiqarish va kiritishda ma’lumotlar bilan almashish baytma-bayt amalga oshiriladi. Lekin tashqi xotira qurilmalari bilan almashish oldidan belgilangan ma’lumotlar bloki orqali amalga oshiriladi. Odatda bu blokning minimal hajmi 512 yoki 1024 baytga teng bo’ladi. Diskdan ya’ni fayldan o’qishda ma’lumotlar operasion tizim buferiga yoziladi, so’ngra baytma-bayt yoki ma’lum porsiyalar bilan foydalanuvchi dasturiga uzatiladi. Diskka ya’ni faylga yozishda buferga yig’iladi, so’ngra diskka bir murojaat qilinganda yagona blok sifatida uzatiladi. Buferlar operativ xotira qismlari sifatida yaratiladi, shuning uchun ma’lumot almashishi diskka to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishiga ko’ra tezroq amalga oshadi. Shunday qilib oqim bu buferlash vositalari va fayldir.
Oqim bilan ishlashda quyidagi vazifalarni bajarish mumkin.
Oqimlarni ochish va yopish;
 Simvol, qator, satr, formatlangan ma’lumot ixtiyoriy uzunlikdagi ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish va fayl oxiriga yetganlik shartini tahlil qilish;
 Buferlash va bufer hajmini boshqarish;
 Ko’rsatkich oqimdagi o’rnini aniqlash yoki yangi o’ringa ko’chirish.

Bu vazifalarni bajaruvchi funksiyalardan foydalanish uchun dasturga stdio.h – faylini ulash lozim.


Dastur bajarilishi boshlanganda avtomatik ravishda quyidagi oqimlar ochiladi:
 Standart kiritish oqimi stdin;
 Ctandart chiqarish oqimi stdout;
 Xatolar haqida ma’lumotlar standart oqimi stderr;



Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling