«Lug‘ati Navoiy»
1990 yilda navoiyshunos olima S.G‘aniyeva Tehron universiteti markaziy kutubxonasi bilan tanishish jarayonida fanda ma’lum bo‘lmagan o‘zbekcha - turkcha («Lug‘ati Navoiy») qo‘lyozmani aniqladi. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan bu lug‘at 70 betdan iborat bo‘lib, chiroyli nasta’liq xatida bitilgan. Lug‘at oxirida tuzuvchining ismi sharifi va asar tarixi aniq ko‘rsatilgan: Rajab ibni Muhib Ali. Shomlu. tarixi 1599 yil.
Ushbu lug‘at arab - fors alifbosi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda Alisher Navoiy asarlaridagi mingga yaqin so‘z turkcha, ixcham, sodda izohlangan.
Lug‘at 24 harfga bo‘lingan. Har bir harfga 20 tacha misol keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |