Xiii-mavzu. Korxona faoliyatini boshqarish asoslari
Download 286.63 Kb.
|
13-MAVZU
XIII-MAVZU. KORXONA FAOLIYATINI BOSHQARISH ASOSLARI13.1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mehnat jamoasi tomonidan mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi . Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farqlanadi: fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona; jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi; davlat mulkiga asoslangan korxona. Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta'sischilar uyushmasiga asoslangan kushma korxona ham tashkil etiladi. Kushma korxona ta'sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar ham krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog’liq holda korxonalar yirik, urta va kichik bulishi mumkin. Kichik korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari qonun tomonidan belgilab quyiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari ham mavjud. Korxonalar kungilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba'zi ishlab chiqarish, xo’jalik vazifalarini markazlashgan holda bajarish topshiriladi. Korxonalar xalq xujaligining sanoat, qishloq xujaligi, kurilish, transport, aloqa, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta'minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaqtning o’zida bir necha hil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste'mol sifatlariga ega bo’lgan mahsulotlar bilan kam sarf qilib ta'minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta'minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yulida korxona quyidagilarga erishishi lozim: ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni har tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish; jamoani ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy sohaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yuqori unumdor mehnat uchun imkoniyatlar yaratish, mehnatga qarab taqsimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muhitni himoya qilish va yaxshilash; mehnat jamoasining uz-o’zini boshqarish, har bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xaqqiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziktirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga qiziqish uygotish. Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vakili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bulmasa, jamoa qarori bilan ta'sis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan holda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarni bajargan holda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bulinmasi shu bulinma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani ta'sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan holda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shahar xoqimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat ruyxatidan o’tgan kundan boshlab ta'sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan hisoblanadi. Davlat ruyxatidan utish tuman, shahar xoqimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ruyxatidan utkazilganligi tug’risida un kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat royxatiga kiritish maqsadida e'tibor beriladi. Korxona davlat ruyxatidan utish uchun hokimiyatga uni ta'sis etish tug’risida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar takdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ruyxatdan utkazilmasa, yoki ruyxatdan utish rad qilingan takdirda, ta'sischi rad etish asoslanmagan deb hisoblagan holda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ruyxatidan utkazish uchun qonunda kursatilgan miqdorda badal olinadi. Tuplangan mablaglar korxona ruyxatidan utgan shahar, tuman byudjetiga utkaziladi. Yangi ta'sis etilgan korxona yuridik shaxs hisoblanadi, uz shaxobchasini ochish, shuningdek joriy hisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashkiliy birliklar ta'sis etish huquqiga ega bo’ladi. Bunday bulinmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi mahalliy hokimiyatlar bilan belgilangan tartibda hal etiladi. Korxona uz ta'sischisi tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maqsadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari kursatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq, qonunga zid bulmagan boshqa qoidalar ham kursatilishi mumkin. Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari hamda kiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofiq unga tulik mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo’ladi. Ta'sischilarning pul va moddiy badallari, mahsulot sotish va xizmat ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar karzlari; byudjetdan kapital quyilma va dotatsiyalar, tashkilot va fuqarolarning begaraz va xomiylik badallari, qonun tomonidan takiklanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat qiladi. Korxona qonunchilikka muvofiq holda yer, suv, yer osti, urmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me'yorlari va talablariga uz faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida kushimcha mablaglarni jalb qilish uchun qimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega. Davlat korxona mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini faqat qonunda kursatilgan hollardagina tortib olinishi mumkin. Korxonaning mulkiy huquqiga fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan qaytariladi. Davlat mulk qo‘mitasi va uning rahbarligida to’zilgan joylardagi mulk kumitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul qiladi va bu jarayonni tartibga soladi. Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari kulami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mehnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloqa va o’zaro ta'sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashkiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik hisobi, moddiy texnika ta'minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona qadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi katnashuvi, fan-texnika taraqqiyoti va mahsulot sifatini oshirish, mehnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mehnatni va unga haq tulashni tashkil etish, kredit va hisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni himoya qilish, hisob, hisobot, nazorat, korxonaning yuqori tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar bilan munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni kamrab oladi. Mehnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yullarini baholash uchun mos me'yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me'yorlar vositasida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga utish sharoitida korxona xo’jalik mexanizmi barcha bo’ginlarning ishini yaxshilash bo’yicha tartiblar amalga oshirilmokda: korxona boshqaruvining butun tizimi puxtalashtirilmokda, xo’jalik faoliyati yakuniy natijalarga qaratilmokda, boshqarishning tashkiliy tartibi, tamoyil va usullari takomillashtirilmokda; mehnatni tashkil etish va haq tulashning ilmiy asoslari joriy etilmokda; korxona faoliyati me'yor va ko’rsatkichlari uzgarmokda; korxonini boshqarishda oshkoralik va demokratizm kengayishi, har bir ishlovchi daromadi uning qushgan hissasi va korxona faoliyati natijasi bilan aniqlanishi muvoffaqiyatli unumdor faoliyat uchun asos yaratmokda, qator iqtisodiy va tarbiyaviy masalalar hal etilmokda. Korxonani texnikaviy jihatdan qayta jixozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, hamda bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta'minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resrslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniqlab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste'molchilar, savdo va moddiy ta'minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan mahsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki uz savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baholovchi muhim me'yor buyurtma va shartnomalarni uz vaqtida bajarishdir. Korxona talabni o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim. Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mehnat faoliyatini kuchaytirishning muhim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muhim yunalishi bulmogi lozim. U, shuningdek, mehnatkashlar, ular oilasi, urush va mehnat fayriylarining mehnat va turmush sharoitini yaxshilash haqida gamxurlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini qondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi. Korxona o’z ijtimoiy faoliyatini mahalliy tuman va shahar hokimiyatlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Yangi xo’jalik mexanizmini shakllantirishni butun boshqaruv tizimini islox kilmay amalga oshirib bulmaydi. Bu isloxot faqat korxonalar iqtisodiy xayoti boshqaruvining markaziy bug’inlari tarkibi va vazifalar, iqtisodiy ta'sir va rag’batlantirishning tashqi ko’rinishini uzgartiribgina kolmay, balki iqtisodiy tizim munosabatlarini yangilashi ham lozim. “Struktura” (tarkib) lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq ravishda joylashishi, to’zilishini bildiradi. Boshqarish tarkibi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan boglangan turli boshqaruv organlari va bug’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar to’ziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga buysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish tarkibi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday tarkib odatda «boshqaruv apparati tarkibi» deb yuritiladi. U biror–bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va x.k.) bo’limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish tarkibi ishlab chiqarish tarkibi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, obektlari va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi. Tashkiliy tarkiblarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bug’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi. Boshqarish bug’ini – bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil tarkibiy bo’limlaridir. Boshqarish bosqichi – bu iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’gindir. Masalan: Vazirlik birlashma korxona tsex uchastka Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy tarkiblari ma'lum. (13.1-chizma). Boshqarish tarkiblarining tashkiliy turlari Download 286.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling