Xiii mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi


Download 489.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi489.97 Kb.
#1193982
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi

Ekologik-iqtisodiy samara qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy 
natijalari va ularni keltirib chiqargan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut ekologik-iqtisodiy 
zarar miqdorini inobatga olgan holda tuzatishlar kiritilgan qiymati sifatida hisoblab 
chiqiladi. 
Ekologik iqtisodiy samara vaqtning ma’lum bir davri uchun qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni, qishloq xo‘jalikning tabiiy 
muhitga yetkazgan zararini hamda qishloq xo‘jaligini iqtisodiy jihatdan nooqilona 
(noratsional) holda yuritish natijasida tabiiy muhitning sifat tavsiflari yomonlashuvi 
oqibatida olinmay qolgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti qiymatida ifodalanadigan 
zararni taqqoslash asosida hisoblab chiqiladi. 
Ekologik-iqtisodiy samara (E
I
) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
E
I
=P-Z
I
-U
k
(13.19)
bunda P – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy natijasi, so‘m; 
Z
I
– iqtisodiy natijani taqozo etgan amaldagi xarajatlar, so‘m; 
U
k
– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sifati pasaygan tabiiy muhitdan 
foydalanganligi oqibatida hosil bo‘lgan ekologik-iqtisodiy zarar, so‘m. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining umumiy (absolyut) ekologik-iqtisodiy 
samarasi. 
Qishloq xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy natijalari va ularni keltirib chiqargan 
xarajatlar o‘rtasidagi tafovutlar qishloq xo‘jaligi tabiat muhitiga yetkazgan ekologik 
zararni iqtisodiy baholash miqdorini inobatga olgan holda tuzatilgan to‘liq ekologik-
iqtisodiy samaraning yillik hajmini ekologik-iqtisodiy samara tufayli vujudga kelgan 
xarajatga, jumladan tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining to‘liq hajmiga nisbati 
bilan aniqlanadi. U quyidagi formula bo‘yicha so‘mda hisoblab chiqiladi. 
(13.20) 
bunda E
1
– to‘la ekologik-iqtisodiy samara, so‘m; 
Z
p
–ekologik-iqtisodiy samara keltirib chiqargan, tabiatni muhofaza qilishga 
sarflarni ham o‘z ichiga oladigan xarajatlar, so‘m. 
Ekologik-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichining eng katta miqdoriga ega 
bo‘lgan variant eng samarali deb hisoblanishi lozim. 
Qiyosiy 
ekologik-iqtisodiy 
samaradorlik 
umuman 
qishloq 
xo‘jaligini 
rivojlantirish variantlarini yoki ishlab chiqarish va atrof muhitni muhofaza qilishning 
talab qilingan darajasiga eng kam xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan alohida 


189 
tadbirlarni iqtisodiy baholashda aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
qiyosiy ekologik-iqtisodiy samaradorligini hisoblashning zaruriy sharti real 
taqqoslash, ya’ni o‘zaro o‘lchash mumkin bo‘lgan variantlarni (atrof muhitning 
me’yordagi sifatiga erishiladigan aynan bir hudud doirasida va h.k) tanlashdan iborat. 
Ishlab chiqarishning ekologik-iqtisodiy samaradorligi ahamiyatli darajada 
tabiatdan foydalanishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqligi va ekologik xavfsizligini uyg‘unlashtirish imkonini beradigan 
iqtisodiy mexanizm bilan belgilanadi. 

Download 489.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling