Xis tuyg'ularning rivojlanishi Reja


Download 34.91 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2023
Hajmi34.91 Kb.
#1640228
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xis tuyg\'ularning rivojlanishi

7. Yuksak hislar


Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo`lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o`z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, intellektual, estetik hislarga ajratiladi.
Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o`rinni egallaydi. Axloqiy hislar. Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o`zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini bilib va tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib qayg`uradi. Kishilar hayoti va faoliyatida o`zaro yordamlashish, hamjihatlik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o`rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. O`rtoqlik hissining rivojlanishida mehnatga bo`lgan munosabat hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O`rtoqlik munosabatlarining yuksak cho`qqisi do`stlik hissida namoyon bo`ladi. Do`stlik hissi o`rtog`iga mehribonlikda, uni ko`rish, u bilan gaplashish, o`z fikr hissiyotlari bilan o`rtoqlashishida namoyon bo`ladi. Haqiqiy do`stlik hissi do`stiga nisbatan yuksak talabchanlik bilan bog`liqdir. Xato va kamchiliklarni tuzatishda ham yordam berish do`stlikka yaqin bo`lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir. Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy - psixologik asosi hisoblanadi.


Xulosa:
Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan yoki buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq», 1998.
2. Islom Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». – «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.
5. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999.
6. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998.



Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling