Xitoy demografik siyosati: zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari


Tadqiqot  mavzusi  bo’yicha  adabiyotlar  sharhi


Download 372.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana08.01.2022
Hajmi372.98 Kb.
#247679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
xitoy demografik siyosati zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari

Tadqiqot  mavzusi  bo’yicha  adabiyotlar  sharhi.  Demografik  tadqiqotlar 

o‘tkazilishi  har  bir  davlat  uchun  zaruriy  ilmiy  yo‘nalishga  aylandi.  Ushbu 

davrda yirik demograf olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga E.Rosset, R.Pressa, 

U.Laplas,  A.Ketle,  A.Giyyar,  S.Novoselskiy,V.Bunyakovskiy,  G.Syundberg, 

V.R.Smulevich,  D.I.Valentey.  Ya.N.Guzevatey,  A.E.Boyarskiy,  A.Ya.Kvasha, 

O‘zbekistonda esa E.S.Timm, A.A.Shoroxova, M.K.Qoraxanov, I.R.Mullajonov 

va  boshqalarni  kiritish  mumkin

4

.  Bunday  manbalarga  D.K.Shelestovning 



«Демография:  история  и  современность»,  V.Borisovning  «Демография» 

nomli  kitoblari  hamda,  «Демографический  эциклопедический  словарь» 

kitoblarini  misol  qilib  keltirish  joizdir.

5

 Bu  manbalarda  qayd  etilishicha, 



demografiya  fanining  paydo  bo‘lishi,  asosan,  XVII  asrning  ikkinchi  yarmidan 

boshlanadi. Tug‘ilishning shahar va qishloqdagi farqlari, aholi migratsiyasi tahlil 

etilgan.  Shuningdek,  J.Graunt  birinchi  bo‘lib,  o‘limning  matematik  jadvalini 

ishlab  chiqqan.  Ushbu  asar  o‘z  zamonasida  ziyolilar  tomonidan  juda  ijobiy 

baholangan. Uch yil mobaynida asar to‘rt marta qayta chop etilgan. Kitob Qirol 

Karl  II  ga  juda  ma‘qul  kelgan  va  muallif    J.Grauntni  qirollik  jamiyatiga  qabul 

qilgan. 

J.Grauntning  bu  kichik  hajmli  kitobchasi  bir  emas  uch  fanning 

rivojlanishiga  zamin  yaratdi.  Bu  fanlar  demografiya,  statistika  va  sotsiologiya 

                                                           

4

 

Волкова А.Г. Демографические прогнозы. – 



М.: 

Статистика, 

1973. – 243 c; 

Вишневский А.Г., Волкова 

А.Г.  Воспроизводство  населения  СССР

.  –


  М.:  Финансы  и  статистика,  1983.  –  320  c;  Вишневский  А.Г. 

Демографическая модернизация России 1900-2000. – М.: Новое издательство, 2006. – 

 608 c

.

 



5

 

Борисов В.А. Демография. – М., 1999. – 390 c; Демографический энциклопедический словарь. – М.,1985. 



– С.409-413. 

 


 

fanlari  edi.  J.Graunt  olib  borgan  tadqiqotning  davomchisi  sifatida  fanda 



«Siyosiy arifmetika» yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Mazkur fan jamiyatdagi hodisa va 

jarayonlarni miqdoriy qonuniyatlarini o‘rgangan.   

XVIII-XIX 

asrlarda 

jamiyat 

xayotidagi 

demografik 

jarayonlarni 

o‘rganishga 

qiziqish 

kuchaydi. 

Taniqli 


iqtisodchilar, 

tarixchilar, 

siyosatshunoslar, astronomlar, shifokorlar,  matematiklar  tomonidan demografik 

jarayonlarni o‘rganishga  doir qator  tadqiqotlar olib  borildi. Nihoyat  X1X  asrda 

A.Giyyar  yangi  vujudga  kelgan  fanga  nom  berdi.  Uning  1855  yilda  Parijda 

«Inson  statistikasi  elementlari,  yoki  qiyosiy  demografiya»,  deb  nomlangan 

kitobi  chop  etildi.  Bu  asarda  demografiyaning  mustaqil  fan  sifatida  maqsadi 

yoritilgan. A.Giyyar asarida demografiyaga ko‘p jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi 

insonlarning  tabiiy  va  ijtimoiy  tarixi  va  ularning  umumiy  harakati  jismoniy, 

fuqarolik  va  ahloqiy  holatini  matematik  tarzda  o‘rganuvchi  fan,  deb  ta‘rif 

berilgan.  1851-1922  yillarda  yashab  ijod  etgan  olim  Jan  Bertilьon 

(A.Giyyarning  nabirasi)  tomonidan  ham  demografiyaning  fan  sifatidagi 

o‘rganuvchi  predmetiga  baho  beriladi.  Olim  1881  yilda  yozilgan  «Fransiya 

aholisi harakatining statistikasi» nomli asarida «Demografiya jamoa xayoti» ni 

o‘rganish  bilan  shug‘ullanadi.  Uning  maqsadi  jamiyatning  rivojlanishi,  qayta 

tiklanishi  va  nihoyat  inqirozga  uchrab,  barham  topishlarning  sabablarini 

o‘rganish.  U  xalqning,  ham  jismoniy,  ham  ahloqiy  tuzilishini  ko‘rib  chiqadi: 

odamlar  qanday  va  nima  uchun  nikoh quradilar, qay  miqdorda  ko‘payadilar va 

farzandlarini tarbiyalaydilar va h.k. kabi muammolarni tadbiq etadi. Va nihoyat, 

u  insonlar  necha  yoshda,  qanday  vaziyatda,  qaysi  sabablarga  ko‘ra, 

o‘lishlarining sabablarini yoritadi» deb yozadi.  

Demografiyani predmetiga oid A.Giyyar va J.Bertilonlarning hulosalaridan 

ko‘rinib  turibdiki,  demografiya  juda  keng  qamrovli  fan  bo‘lib,  insonning 

xayotiga  tegishli  juda  ko‘p  muammolarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ana  shunday 

qarashlar  XX  asrning  70  yillariga  qadar  mavjud  edi.  Keyinchalik 

demografiyaning  o‘rganish  doirasi  bir  oz  torayib,  aniqlanib  bordi.  Nihoyat 




10 

 

demografiya  aholining  tabiiy  harakatini,  ya‘ni  uning  takror  barpo  bo‘lishini 



atroflicha o‘rganadigan fan, degan xulosaga kelindi. 

O‘zbekistonlik 

iqtisodchi 

olimlar 


Q. Abdurahmonov 

va 


H. Abdurahmonovlar  ―demografik  siyosat‖  tushunchasiga  quyidagicha  ta‘rif 

bergan:  ―demografik  siyosat  deganda,  hozirgi  davr  hamda  uzoq  muddatli 

istiqbol uchun aholining takror barpo bo‘lishi va dinamikasi sohasida muayyan 

bir sifat  va  miqdorga  erishishni  nazarda  tutuvchi  birlashgan  vositalar  va  fikrlar 

birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimi tushuniladi‖

6

. Bu ta‘riflarning 



tahlili  demografik  rivojlanish  jarayonlarini  davlat  tomonidan  aniq  maqsadli 

tartibga  solish  zarur  degan  xulosaga  kelish  imkonini  beradi,  bu  turli  tartibga 

soluvchi vositalar tizimidan foydalanish orqali ta‘sir etishni nazarda tutadi. 

Rossiyalik  olimlar  B.A.  Rayzberg,  L.Sh. Lozovskiy  va  E.B.  Starodubseva 

fikriga  ko‘ra,  davlat  organlari  timsolida  davlatning  iqtisodiy  obyektlarga, 

jarayonlarga  va  ularda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  ta‘siri  iqtisodiy  subyekt 

harakatlarini tartibga keltirish, qonunlarga amal qilinishini ta‘minlash davlat va 

jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.  




Download 372.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling