Xitoy va Hind kalendari


Qadimgi Xitoy va Hind kalendarlari


Download 70.5 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1567594
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi xitoy kalendari

Qadimgi Xitoy va Hind kalendarlari.Qadimgi Xitoyda ikki xil: oy va quyosh kalendari mavjud bo`lgan. Oy kalendari mil. avvalgi III-ming yillikda vujudga kelgan. Xitoy dehqonlari bahor kelganligini Gidra deb nomlangan yulduz chiqishidan bilganlar. Yilni 4 davrga (faslga) bo`lganlar: bahor, yoz, kuz va qish. Kalendar tuzilishida oy fazalaridan foydalanilgan. Yil 12 qamariy (lunno`y) oydan iborat bo`lgan. 19 yilda bir sikl tamomilangan. Shu 19 yilning 7 yilida 13-oy ham mavjud bo`lgan. Xitoy astronomlari mil. avvalgi VI asrda yangi oy chiqishi bilan yozgi quyosh ko`tarilishi har 19 yilda yoki 235 qamariy (lunno`y) oyida sodir bo`lishini kuzatganlar.
Xitoyda 4 ming yil ilgari quyosh kalendari mavjud bo`lganligi to`g`risida ma`lumot mavjud. Bu kalendar dinastiya nom bilan Sya, deb nomlangan. Tarixchilar shunga o`xshash bo`lgan oy-quyosh kalendari bo`lganligi va u mil. avvalgi 2696-2397 yillarda qo`llanila boshlaganligini aytishadi. Oy-quyosh kalendarida ham 19 yillik (7-yilida 13-oy mavjud bo`lgan) sikl bo`lganligini hisobga olsak, Yuqorida biz oy kalendari, deb hisoblagan yil hisobi ham oy-quyosh kalendari ekanligini tushunib olamiz. Oy-quyosh kalendarida 19 yilda 1 sikl yakunlangan. Har 3,6,8,11,14,16,19-yillarga 13-oy qo`sqilgan. Oy kunlari 30 yoki 29 kundan iborat bo`lib, 1 oy ikki qismga: tszi (aniq) va ki (noaniq)ga bo`lingan. Mil. avvalgi 2397 yildan (taxminan) 19 yillik sikl bilan birga 60-yillik sikl ham joriy qilingan. Unga ko`ra har ikki yil tabiatning 5 unsuri nomni olgan:daraxt, olov, yer, temir va suv.

1 -yil-o`similik sifatidagi daraxt. 2-yil-qurilish materiali sifatidagi daraxt.


3-yil-tabiiy yong`in (olov). 4-yil-xo`jalik o`chog`idagi olov.
5-yil-tabiiy temir. 6-yil-temir buyum.
7-yil-tabiiy yer. 8-yil-ishlangan yer.
9-yil-tabiiy oqin suv. 10-yil-turg`un suv.
Besh tabiat unsuriga belgi qo`yiladi:
1. Daraxt-MU.
2. Olov-XU.
3.Yer-TU.
4.Temir-TSZIN.
5.Suv-SHUY.
Xitoy kalendarida12 hayvon nom bilan bog`liq muchal ham mavjud: sichqon, sigir, yo`lbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qo`y, maymun, tovuq, it, to`ng`iz.
O`n yillik tabiat unsurlari va 12 yillik muchal asosida 60 yillik sikl kelib chiqadi: Daraxt-sichqon. Daraxt-sigir. Olov-yo`lbars. Olov-quyon. Temir-ajdarho.
Temir-ilon. Temir-ot. Temir-qo`y. Suv-maymun. Suv-tovuq. Daraxt-it.
Daraxt-to`ng`iz. Olov-sichqon. Olov-sigir. Yer-yo`lbars. Yer-quyon.
Temir-ajdaho. Temir-ilon. Suv-ot. Suv-qo`y. Daraxt-maymun. Daraxt-tovuq.
Olov-it. Olov-to`ng`iz. Yer-sichqon. Yer-sigir. Temir-yo`lbars. Temir-quyon.
Suv-ajdaho. Suv-ilon. Daraxt-ot. Daraxt-qo`y. Olov-maymun. Olov-tovuq.
Yer-it. Yer-to`ng`iz. Temir-sichqon. Temir-sigir. Suv-yo`lbars. Suv-quyon.
Daraxt-ajdaho. Daraxt-ilon. Olov-ot. Olov-qo`y. Yer-Maymun. Yer-tovuq.
Temir-it. Temir-to`ng`iz. Suv-sichqon. Suv-sigir. Daraxt-yo`lbars. Daraxt-quyon.
Olov-ajdarho. Olov-ilon. Yer-ot. Yer-qo`y. Temir-maymun. Temir-tovuq. Suv-it.
Suv-to`ng`iz.
Ushbu kalendarning tuzilishi Mil.avvalgi 2696-2697 yilda imperator Xuan Di tomonidan tashkil etilgan deyiladi. Xitoy munajjimlari, faylasuflari ko`p yillik kuzatishlar natijasida, yillarning qanday kelishi, shu yillarda tabiatning insonga ta`siri yoki qaysi yilda tug`ilgan inson xarakteri qanday bo`lishini aniqlaganlar.
Qadimgi Xitoyda ham qamariy kalendardan foydalanilgan. Dastlab Xitoy dehqonlari baxor kirib kelishini Gidra yulduzining chiqishhi bilan boshlangan va xo‘jalik yili 4 mavsumga bo‘lingan: baxor, yoz, kuz, qish. Keyinchalik 3 ming yillikda vaqtni hisoblashda oy fazasidan foydalanilgan, 1 yil 12 qamariy oydan iborat bo‘lgan. Xitoy kalendarida, shuningdek, 13-oy kiritilgan. Har 19 yil davomida 7 yili 13 oydan bo‘lgan.
Xitoy astronomlari birinchi bor eramizdan avvalgi VI asrda yangi oy, yozgi Quyosh turishi bilan har 8 yilda emas, balki har 19 yilda yoki 235 qamar oyig’a muvofiq kelishini aniqlaganlar.
Shunday qilib, qadimgi xitoyliklarning qamariy-shamsiy kalendari bo‘lgan. Keyinchalik taxminan eramizdan avvalgi III asrda Xitoy qishloq aholisining o‘z xo‘jalik yili bo‘lib, 24 mavsumga bo‘lingan.1
Bundan tashqari har bir yil xayvonlar nomi bilan atalib, hisob 60 yillik sikl bo‘yicha olib borilgan. Mavsumiy qishloq xo‘jaligi kalendari dehqonlarga ekin yig’ish, qishloq xo‘jalik ishlarida vaqtni belgilashlarini osonlashtirgan. Bizning davrimizda ham qishloq joylarida axyon-axyonda mavsumiy kalendar ko‘llaniladi.
Kalendar yillarini iklim mavsumiga qarab bo‘linishi Xitoy kalendarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chjan Go zamonida (eramizdan avvalgi IV-III asrlarda) kalendar tizimi aniqlangan, hamda takomillashgan.
Kalendarning keyingi rivojlantirish goyalari Lo Sya–Xun, Den Pin, Sima Syan Kxi, Tszi Chun-chji, Go Shou-Tszin nomlari bilan bog’liq. Eramizdan avvalgi 104 yilda Xitoyda kalendar islohoti o‘tkazilib va “Taychu-li” kalendari joriy etilgan. Uni yaratishda taniqli olimlar Lo Sya Xun, Den Pin va Sima Syanlar ishtiroq etgan.
Qamar oyining o‘rtacha davomiyligini 29.43/81 sutkaga tengligi qabul qilindi. U Hozirgi ahamiyatdan atigi 24 soniya farq qiladi. Yilning davomiyligi 365,25 sutka o‘zgarishsiz qoldi. Bu kalendar ba’zi bir o‘zgarishlar bilan 200 yil amal qildi. Xitoy xronologiyasini aniqlash uchun tayanch nuqta bor. Yilnomalarda quyosh kuyganligi tilga olingan. Hozirgi zamon astronomlarining hisobi bo‘yicha, bu voqea eramizdan avvalgi 776 yilda yuz bergan. Sima Syaning “Tarixiy yozishmalari” bizgacha saqlanib qolgan.
Xitoy tarixi bo‘yicha adabiyotlar o‘rganilganda voqealarni yozib borishning o‘ziga xosligiga duch kelinadi. Xitoyda qadimgi davrlarda eramizning boshlariga qadar yagona vaqt hisobi yuritilmagan, ularda aloxida era ham yo‘k edi. Tarixiy voqealarni yozib borish yil sikllari va imperatorlar xukmronligi davri va sulolalar bo‘yicha olib borilgan.
Xitoyda yil hisobi an’anasi – afsonaviy imperator Yaoning taxtga o‘tirgan yili, eramizdan avvalgi 2357 yildan boshlangan. Quyida Xitoy tarixi fanida qabul qilingan qisqacha xronologik jadvalni xavola qilamiz.



Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling