Xitoy Xalq Respublikasi davlat pul tizimi Reja Pulining tarixi Pul tizimining elementlari


Download 25 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi25 Kb.
#1600629
1   2   3   4   5
Bog'liq
топшириқ(1)

Xitoy pul agregatlari
Xitoyda markazlashgan pul siyosatidan pul taklifini rag‘batlantirish siyosatiga o‘tilmoqda, qo‘shimcha pul massasini yo‘qotish; qat’iy pul siyosatidan moslashuvchan pul siyosatiga o‘tish.

1950-60 yillarda Xitoyda sibiq sovet modelidan andiza olinib, markazlashgan pul siyosati olib borildi. 1977 yilda mamlakatda bozor taklifini rag‘batlantirish siyosati amalga oshirilib, u qo‘shimcha pul massasini yo‘qotishga qaratilgan edi. 26 yil davomida Xitoydagi mavjud bo‘lgan rejali iqtisodiyotda yuanning qiymati barqaror bo‘lib, muomalada naqd pullar massasi 1952 yilda 2,75 mlrd. yuandan, to 1978 yilda 21,2 mlrd. yuangacha ko‘paydi, ya’ni 6,71 marta.1

Xitoydagi yangi asosiy monetar siyosatidagi asisiy yo‘nalishlar 1983 yilda Umumxitoy banklar boshqaruvchilarining konferensiyasida belgilangan edi. 1979 yildan to 1996 yillargacha Markaziy bank pul sistemasiga ta’sirini o‘tkazish uchun ikkita asosiy dastakalardan foydalangan: kreditni tartibga solish va naqd pullar emissiyasi.

2004-05 yillarda Xitoyda sotib olish qobiliyati yuqoriligi boiz, tez sur’atlarda naqd pullar massasining muomalada ko’payishi namoyon bo‘ldi. 2005 yilda Xitoy tomonidan, qayta moliyalashtirish stavkalarining shakllanishi bilan, uzoq vaqt davomida bozor omillarini kuchaytirish siyosati e’lon qilindi. 2006 yil mart oyining oxirida, pul massasidagi M2 agregetining umumiy pul hajmining taklifi 31000 mlrd. yuanni, M0 agregetining pul taklifi 6300 mlrd. yuanni; kredit pullarning umumiy hajmi 1260 mlrd. yuanni2 tashkil etdi. Mamlakat valyuta zaxirasi 875,1 mlrd. doll.3 gacha o‘sdi. Asta-sekinlik bilan, yuanning kursi dollar kursiga nisbatan o‘sib (kuniga o‘rtacha 0,01%ga). 2005 yilning iyul oyidan, Xitoy rasmiy tarzda valyuta savatchasi asosida shakllanadigan mo‘’tadil valyuta kursiga o‘tishni boshladi.



Xitoy Xalq Respublikasining pul birligi - yuan (jenminbi) hisoblanib, u 10 tzyao va 100 fenga bo‘linadi. Hozirgi kunda (2009y.noyabr holatiga ko’ra) 1 dol. - 6,8 yuanga teng bo‘lib, 2000 y. da mamlakat pul massasining muomaladagi hajmi 200 mlrd.yuandan ko’p bo’lgan. Davlatning valyuta bozori – uning moliya bozorini asosiy qismidir. XXR da valyuta bozori asosiy iqtisodiy islohotlar tizimining keng yoyilishi bilan boshlanadi. 1970-yillarning oxirida, iqtisodiy islohotlar boshlanishi bilan, mamlakatdagi xo‘jalik mexanizmini qayta qurish sohasida - asosiy strategik qurol sifatida, reja va bozor mexanizimlaridan foydalanish maqsad qilib qo‘yildi. Bunda, iqtisodiyotni rejali boshqarish, asos qilib olinib, bozor usuli esa, unga qo‘shimcha qilib belgilandi. 1980-yillarning II- yarmiga kelib, bu shior bir qadar o‘zgardi, ya’ni, bozor mexanizmlaridan foydalanish bir muncha oshdi. Lekin, baribir, mamlakatdagi direktiv rejalashtirishning ahamiyatli roli hamon saqlanib qoldi.

1979 yilda XXR da, davlat valyuta nazorati boshqarmasi tuzildi, 1980 yilning 18 dekabrida esa, XXR Davlat Kengashi tomonidan, XXR da valyuta nazorati bo‘yicha vaqtinchalik holat o‘rnatildi, 1982 yilga kelib, XXR da Davlat Kengashining qarori bilan, bu boshqarma, Xitoy Bankiga, davlat va kollektiv korxonalarga valyuta borasida bitimlar tuzishni topshirdi. Ammo lekin, Xitoydagi qo‘shma korxonalarga esa, bunday xuquq berilmadi.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling