Xitoy Xalq Respublikasi
Download 36.69 Kb.
|
xitoy xalq Respublikasi
Xitoy Xalq Respublikasi Reja: Kirish Xitoy xalq Respublikasining geografik joylashuvi Xitoy xalq Respublikasining tarixi Xitoy xalq Respublikasininh iqtisodiyoti Xitoy Xalq Respublikasining axolisi Xulosa Kirish Tayvan (台灣), Xitoy Respublikasi (中華民國), yoki Tayvan Respublikasi (台灣共和國) – Tinch okeanning davlat. Poytaxti – Taypey. Rasmiy til — xitoy (mandarin) tili. Aholi buddizm, daosizm va xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Pul birligi — Yangi Tayvan dollari. Orol haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1—2-asrlardagi Xitoy manbalarida uchraydi. 1590-yilda Tayvanni portugallar bosib olib, Formoza (goʻzal, nafis) deb ataganlar. 1624-yildan gollandlar nazoratida boʻldi. 1861-yilda ulardan ozod etilib, maʼmuriy jihatdan Xitoyning Futszyan provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 1887-yilda esa alohida provinsiya qilib ajratiddi. 1894—95 yillardagi Yaponiya — Xitoy urushidan soʻng orol yaponlarga oʻtdi. Ikkinchi jahon urushida yaponlar yengilgach, Tayvan 1945-yilda Xitoyga qaytarildi. 1949-yilda XXR tashkil etilgach, magʻlub boʻlgan gomindanchilar Tayvanga oʻrnashib oldilar va "Xitoy Respublikasi hukumati"ni tuzdilar. Tayvanda amal qilinadigan konstitutsiyaga muvofiq Tayvan hukumati orolni 6 yil muddatga saylangan prezident boshkaradigan "Xitoy Respublikasi" deb nomladi. XXR hukumati esa Tayvan maʼmuriyatiga "bir davlat — ikki sistema" shaklini taklif etdi. Unga muvofiq orol tinch yoʻl bilan yagona Xitoy yurisdiksiyasi ostidagi oʻz ijtimoiy tizimiga ega maʼmuriy rn boʻlishi lozim. Tayvan hukumati esa bunga qarshi va u "bir mamlakat — ikki hokimiyat" shaklini taklif etmokda. Tayvanning oliy boshqaruv organlari — Milliy majlis va 5 asosiy palata (yuan) dan iborat. Prezident, Milliy majlis va palatalar 6 yil muddatga saylanadi. 40 dan ortiq partiya roʻyxatga olingan, yetakchi partiyalar — demokratik progressiv partiya, gomindan partiyasi (Millatparvar partiya). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Tayvan iqtisodiy oʻsish va eksport boʻyicha dunyoda eng yuqori surʼatlarga ega boʻlib, iqtisodiy jihatdan kuchli maʼmuriy tuzilmaga aylangan. Hozirda Tayvan Sharqiy Osiyoning "Toʻrt kichik iqtisodiy ajdari — Koreya Respublikasi, Singapur va Syangan guruhidagi yangi industrial mamlakat hisoblanadi. 1991-yildan Osiyo Tinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga aʼzo. Tayvanning yalpi ichki mahsuloti 270 mlrd. dollardan ziyod boʻlib, jahonda 20-oʻrinni egallaydi. Iqtisodiy oʻsish surʼati — 65,1%. Kompyuter, elektron uyroʻzgʻor apparaturasi, kiyimkechak, poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish. boʻyicha jahon xoʻjaligida yetakchi oʻrinni egallaydi. Tayvan elektronika tarkibiy kismlari, mebel, toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo, aniq mashinasozlik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, sement, oʻrmonyogʻochsozlik, poʻlat eritish. Yirik sanoat shaharlari: Taybey, Szilun, Taychjun, Gaosyun. Kamfara ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda 1oʻrinda. Hududining 24% ekin maydoni. Asosiy ekini — sholi, shuningdek, shakarkamish, batat, ananas ham yetishtiriladi; choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Download 36.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling