Aholi umumiy daromadlari hajmida
Transfertlardan olingan daromadlar transfertlarning ulushi
Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.
2022- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga ko‘ra, transfertlardan olingan daromadlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal o‘sish sur’ati 142,9 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, joriy davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 29,7 % ni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davrda ijtimoiy transfertlarning o‘sish sur’ati 135,2 % ni tashkil etdi va bunga ijtimoiy transfertlar tarkibida 71,5 % ulushga ega bo‘lgan pensiyalar asosiy ta’sir ko‘rsatdi.
2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda pensiyalarning o‘sish sur’atlari 124,4 % ni tashkil etdi.O‘tgan davr mobaynida pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘zgarishi aholi umumiy daromadlarining 3,6 % ga o‘sishi imkonini berdi.
Ijtimoiy transfertlarning o‘sish
shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, barcha hududlarda ushbu daromad turi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan, Qashqadaryo (143,9%), Namangan (143,7%), Jizzax (142,7%), Surxondaryo (140,4%), Andijon (139,1%), Sirdaryo (137,9%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (136,3%) respublika darajasidan yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
2022- yil yanvar-iyun oylarida i jtimoiy transfertlarning o‘sish sur’atlari
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida stipendiyalarning ijtimoiy transfertlar tarkibidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.
|
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 8,5 trln. so‘m miqdorida nafaqa va moddiy yordamlar ajratilgan. Shundan 41,1 % i Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va 58,9 % i esa respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.
turlicha.
hisobidan bo‘lsa, jami
Do'stlaringiz bilan baham: |