Xiv-asrning ikkinchi yarmi va xvi-asrda movaraunnahrda tarbiya va maktab


Download 182.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi182.75 Kb.
#1375230
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-maruza Uzluksizdan



XIV-ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI-ASRDA 
MOVARAUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB 
 
REJA
1.XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar 
taraqqiyoti. 
2.Soxibqiron Amir Temurning ma’rifiy karashlari va uning pedagogika 
fanida tutgan o‘rni. 
3.Mirzo Ulugbekning ilmiy merosi va uning ta’limiy-tarbiyaviy karashlari. 
4.Zaxiriddin Muhammad Boburning ma’rifiy-axlokiy karashlari. 
 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
«Markazlashgan davlat»; «Madrasa va maktab», «ilm-fan», «madaniyat
san’at», «Amir Temur tuzuklari», «Ziji Ko‘ragoniy», «Ulug‘bekning ta’lim 
isloxatlari», «Boburnoma», «Esdaliklar» 
Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida 
Movarounnaxr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan- madaniyat, 
ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo‘lgan Movarounnaxr xalqi 
XIV asrning boshlariga kelib Mo‘g‘ul istilochilari zulmidan kutila boshladi. 
Movarounnaxrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul 
istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Maxmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, 
Samarkand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada 
Sarbadorlar uzoq muddat xatto xokimiyatni ham boshqarib turdilar. 
XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal xokimlar o‘rtasida 
nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. 
Xokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va 
amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, 
mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. 
Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini Amir 
Temur o‘z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og‘ir kurashdan 
so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida 
Amir Temur say’i xarakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida 
nizolarga barxam berildi va Movarounnaxrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan 
yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi. 
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning feodal 
tarqoqligiga barxam berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV 
asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa 
boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan davr 
Movarounnaxr tarixida aloxida o‘rin egalladi. 
Markazlaiaan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnaxrda 
yana fan va madaniyat, maorif kaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun xam 
1. XIV-XVI asrlarda asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik 
fikrlar taraqqiyoti. 


tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish 
davrining ikkinchi boskichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy 
Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. 
Amir Temur xukmronligi davrida jaxonning ko‘plab shaxarlaridan 
Samarqandga xunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi
va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng 
foydalanildi.Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog‘u-rog‘lar, 
madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o‘rganishga 
qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, 
xuquqiy, targ‘ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muxim asarlar 
yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar ^ayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, Al-
Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim 
madaniyatini o‘rganishga xarakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni 
mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish ishlariga, shaxarlar 
o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi. 
Soxibqiron Amir Temur say’i xarakati tufayli Samarqand shaxri yangidan 
qayta tiklandi. Shaxarda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, 
shaxar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i 
Nav kabi bog‘ va saroylar barpo etildi. 
Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent atrofida 
kanallar qazildi- Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular 
jumlasidandir. 
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, 6yezakli-badiiy buyumlar ishlab 
chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi. 
Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa,
tarix, huquq,astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, 
musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat — tadbirkorlik
tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy 
bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘iildi. 
Amir Temur xukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, 
ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-
tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muxim omil bo‘ldi. 
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa 
rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning 
xam ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, 
Samarqand va G‘ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz 
bo‘lib keldi. 
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar xaligacha yaqqol 
ko‘zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu 
farzdir». Shu sababli xam, biz xech ikkilanmay XIV asrning ikkinchi yarmi va XV 
asr Markaziy Osiyo tarixida uyg‘onish davri bo‘lib tarix saxifalaridan o‘rin oldi deya 
olamiz. 
Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish ro‘y 
berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli 
asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi. Ulug‘bek olimlarga xomiylik 


qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi ayniqsa astronomiya va matematika fanlari 
bo‘yicha muxim ishlarni amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo 
etildi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur 
Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Bexzod, 
tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod cho‘qqilariga 
ko‘tarildilar. 
Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi Samarqandiy, ya’ni 
Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnaxrning madaniy va ilmiy xayotida katta rol 
o‘ynadi, uning «Risolai dar falaqiyot» deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi 
jaxonga mashxur bo‘ldi va uni o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar. 
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, falsafa, 
tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, 
Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir, Davlatshoh Nizomiddin 
Shomiy, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-
fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn 
Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga 
ko‘chib o‘tdilar. Xirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Xirotda 
fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu yerda shoirlar, 
musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar yetishib chiqib, jahon ilmu fani olamida nom 
qozondilar. 
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar yuzaga 
keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va 
qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan 
boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. 
uquvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, 
Xuroson, G‘ijduvon va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u yerda ham diniy, 
ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa chiqargan 
holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-ma’rifat, ta’lim-
tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot darajasiga 
erishgan deb aytaolamiz. 
Sizlarga mu’lumki, uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida Kun 
kechirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib 
o‘rniga qo‘yish imkonidan mahrum edi. 
Mustaqilligimiz sharofati ila 
bunday nomaqulchiliklarga chek qo‘yildi. 
Tarixni xolisona o‘rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor 
haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo‘ldik... 
Darhaqiqat o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur nomi tariximiz 
sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad 
xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni 
qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z 
bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi. 

Download 182.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling