Xiv bob. Tizim xavfsizligi (firewall)
Windows brandmauer dasturlari
Download 3.63 Mb.
|
LSB 14-BOB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strongswan – bu, krossplatforma, ya’ni ko’p funksionalli va keng foydalaniladigan Linux , FreeBSD , OS X
Windows brandmauer dasturlari:
Agnitum Outpost Symantec Firewall Zone Alarm 14.33-rasm. Firewall parametrlarini sozlash. 14.2. Ipsec va Ldap dasturini o’rnatish va unda ishlash. IPsec (Internet Protocol Security) — ma'lumotlarni himoya qilish uchun protokollar to'plami. Ip-paketlarning haqiqiyligini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish), yaxlitligini tekshirish va shifrlash imkonini beradi. IPsec shuningdek, internetda xavfsiz kalitlarni almashish uchun protokollarni ham o'z ichiga oladi. Asosan, u VPN ulanishlarini tashkil qilish uchun ishlatiladi. IPsec ikki rejimda ishlashi mumkin: transport va tunnel. Transport rejimida faqat IP-paket ma'lumotlari shifrlangan yoki ro’yhatdan o’tkaziladi, asl nom saqlanadi. Transport rejimi odatda hostlar orasidagi aloqani o'rnatish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, boshqa yo'llar bilan tashkil etilgan tunnellarni himoya qilish uchun shlyuzlar orasida ham foydalanish mumkin. Tunnel rejimida barcha original IP-paket shifrlanadi: ma'lumotlar, sarlavha, marshrut ma'lumotlari va keyin yangi paketning ma'lumotlar maydoniga kiritiladi, ya'ni inkapsulatsiya sodir bo'ladi. Tunnel rejimi masofadagi kompyuterlarni virtual xususiy tarmoqqa ulash yoki virtual xususiy tarmoqning turli qismlarini birlashtiradigan kanallar o'rtasida ochiq aloqa kanallari (masalan, Internet) orqali xavfsiz ma'lumotlarni uzatishni tashkil qilish uchun ishlatilishi mumkin. IPsec usullari bir-biridan farq qilmaydi. Xuddi shu tugunda transport rejimidan foydalanishi mumkin. 14.34-rasm. IPsec yprdamida VPN tunelini tashkil etish. Linux Serverning barcha distributivlarida IPsec ni o’rnatish, sozlash va unda ishlash mumkin. Buning uchun ikki xil rejimda ishlashimiz mumkin, ya’ni grafik rejimda hamda konsol rejimda. Grafik rejimda ishlash oddiy foydalanuvchilar uchun qulay, kosol rejimda asosan dasturchilar uchun mo’ljallangan, sababi bir qancha buyruqlar qatorini kiritishi va natija olishlari mumkin. Grafik rejimda esa, faqatgina foydalanuvchi interfeysida ko’rsatilgan ko’rsatmalarga tayangan holda amalga oshirish mumkin. IPsecni o’rnatishda qo’shimcha dasturlar, utilitalar kabilardan foydalanish ham mumkin. Masalan, Strongswan – bu, krossplatforma, ya’ni ko’p funksionalli va keng foydalaniladigan Linux, FreeBSD, OS X, Windows, Android va iOS kabi operatsion tzimlar o’rtasida VPN tashkil etishdan iborat. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling