Xiva Assalomu alaykum, aziz ota-ona!


Download 21.53 Kb.
Sana24.02.2020
Hajmi21.53 Kb.




22.02.2020, Xiva
Assalomu alaykum, aziz ota-ona!

Men 8-maktabda faqat bir yillik ish tajribasiga ega o’qituvchiman, farzandingizga 2 oylik amaliyot davrimda nemis tili fanidan darsga kirganman. O’quvchilarga nemis tilini o’rgatish uchun jon-jahdim bilan mehnat qilganman, mehnatimga achinmayman, faqat u rohat bermasa achinaman. Siz ham xuddi shundaysiz, farzandingiz kamoli uchun tinmay mehnat qilyapsiz, rohatini ko’rish nasib etsin. Ko’rib turganingizdek “farzandingiz”, u sizniki, siz uni 24 soat yonida bo’lasiz, men ularga 45:00 minut dars o’tib, “o’quvchim” deb ardoqlaganim kabi, siz ham uni “dilbandimdeb suyasiz, albatta. Ikki oylik tajribam shuni ko'rsatadiki, farzandingiz allaqachon o'zini kattalardek tutayapti, kitobga bo'lgan qiziqishini telefonga qiziqish bilan almashtirmoqchi, ko'proq pul topish yo'llarini izlash bilan o'z sevimli mashg'ulotlaridan voz kechayapti. Keling, birlashamiz. Ularga hali u hayotning baland-pastini, oq-u- qorasini bilmaydigan bolalarcha beg'ubor qalbi borligini, hozir ularning bilim olishi uchun ENG MA'QUL payt ekanligini, dunyoda "ILMDAN BOSHQA NAJOT YO'Q" ligini anglatishga harakat qilamiz. Bu gaplarimni ota-onalar majlisida aytmoqchi edim aslida, vaqtingiz yo'q bo'lishi mumkin deb yozayapman. Hech qisi yo'q, o'zim yetkazayapman bu varaqani. Shunday varaqlar orqali uyida siz men bergan topshiriqlarni qay darajada tayyorlayotganini tekshirib borasiz, men esa siz uni qay darajada nazorat qilayotganingizni tekshirib boraman.

Maqsadim nemis tili to’garagi ochish edi, buni farzandingizning sinfiga kirib e'lon berganman, e'lon varaqalarini nemis tili xonalarining eshigiga ilib chiqqandim. "Puli hali aniq emas, o'rtacha 50 -60 ming so'm orasida bo'lishi mumkin" deganim ularni qo'rqizib qo'ydimi? Buni bilmayman. Lekin u endilikda hammaga bepul. Balki bu tilni o'rganishiga uni siz undab ko'rarsiz? Menimcha ular qatnashishni xohlashmaydi, ularning nazdida nemis tili ingliz tili yonida xuddi “yo’qolib ketadigan”, “hech kim bu til bilan gaplashmaydigan” til bo’lib ko’rsanadi. Lekin ular hali yosh, siz kabi bu tilda gaplashuvchi xalq - “Germaniyaning 82 milliondan ortiq aholisi hech qachon yo’q bo’lib ketmasligini, Germaniyaning dunyoda yetakchi, rivojlangan davlatlardan biri ekanini” bilishmaydi. Balki, birlashib o’rgatarmiz, bu kurs umuman bepul. “Farzandimga chet tillaridan ingliz tilini o’rgatmoqchi edim-da” demoqchimisiz, mayli o’rgatavering, lekin, albatta ularning universitetda talaba bo’lishini xohlaysiz to’g’rimi? Bilasizki, endi universitetga kiruvchi abituriyentlarning davlat imtihoni tarkibiga “ona tili va adabiyot” va “tarix” fanlari ham qo’shildi. Men bu fanlardan ham ularga saboq berishga harakat qilmoqchiman, bir hafta davomida ularni bu to’garakka yuborib ko’ring, natijasini ko’ramiz, bir haftada buni qay darajada eplay olishimiz namoyon bo’ladi, agar biz kutgan natijaga erisholmasak, shu bir haftada to’xtaymiz, agar farzandingizning o’qishida o’zgarish sezsangiz, men ham buni payqasam “GRAND SARI OLG’A” deb farzandingizning talaba bo’lish baxtini birgalikda qarshi olamiz.
Agar rozi bo’lsangiz quyidagi telefon raqamlariga 27-fevralga qadar“sms” tarzida farzandingizning ism-sharifini yozib yuboring, to’garak o’tilish xonasi, soatini o’quvchilar bilan birgalikda kelishib olamiz.

+99899 962 08 98



+99894 116 00 98
E’tiboringiz uchun katta rahmat, hurmat bilan Kumushxon Maratova.
Ota: ________________________________ Imzo: _______
Ona: ________________________________ Imzo: _______


Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling