Xiva qo‘ng‘irotlari sulolasining siyosiy tarixi


Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar


Download 32.98 Kb.
bet6/12
Sana22.06.2023
Hajmi32.98 Kb.
#1648176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xiva

Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar. Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor xonning o‘zi edi. Ko‘p hollarda shaxsan xon boshchiligida, ayrim hollarda taniqli sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori harbiy-ma’muriy lavozim amir ul-umaro edi. Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori sarkarda yasovulboshilik mansabi edi. Xonlikda ular ikki kishi bo‘lib, biri yovmud turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdirlarga qo‘mondonlik qilar edi. Xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning doimiy o‘rinlari bo‘lmas edi. Lekin ular xon huzurida bo‘ladigan tor kengashda mehtar, qo‘shbegi va devonbegi bilan bir qatorda qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar, eshikolari itoat etganlar.
Yasovulboshidan keyingi harbiy unvon mingboshi edi. Harbiy yurishlar paytida mingboshilarga katta ma’suliyat yuklangan. Ya’ni, ular qo‘shinni aytilgan yerga to‘plashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida qo‘shinning ma’lum guruhiga yo‘lboshchilik qilishi lozim bo‘lgan. Shuning uchun ham arxiv hujjatlariga ko‘ra mingboshilar yaxshi in’omlar olganlar.
Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qal’alar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular ma’muriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qal’alar kutvol (qal’abon) qo‘lida edi.
Xiva qo‘shinlarida sarkardalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Sarkardalar bir necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lgan navkarga boshchilik qilganlar. Yurishlar paytida sarkarda boshchiligida tug‘ (bayroq) qo‘tarib borilgan. Bayroq ko‘tarib boruvchilarga tug‘begi boshchilik qilgan. Qo‘shinda yuzboshi, panjshohboshi (ellikboshi), dahboshi (o‘nboshi), qorovul, mahram, navkar kabi vazifalar bo‘lgan.
Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklari bois katta yer egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qo‘shinida dehqonlardan olinadigan navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa ko‘chmanchi xalqlar askarlari ham bo‘lib, ular xonga majburiy ravishda ma’lum miqdorda askarlar berganlar.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling