Xiva san’at obidalari Reja
Download 79.8 Kb.
|
Xiva san\'at obidalari
IX-XIII asrlarda[tahrir]
Xiva manzarasi Shahar Xorazmshoxdar davri (12–13-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220–21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlaritomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi. Oʻzbek xonliklari davrida[tahrir] 1511 yilda Xiva arabshoxiylar oʻzbek sulolasi boshqargan davlat tarkibiga kirdi. 1598 yilda, shahar birinchi boʻlib Xiva xonligining poytaxtiga aylanganda, bu kichik mustahkam shahar edi. Abulgʻoziyxon (1643-1663) davrida Xivaga poytaxt maqomi berildi. 16–19-asrlarda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, Oʻrta va Yaqin Sharq shaharlari bilan savdo aloqalari oʻrnatildi. 17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: "Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" va "Shajarai tarokima" asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub. Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uz. 2200 m, bal. 6– 8 m, tag zaminining qalinligi 5–6 m. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uz. 650 m, eni 400 m, jami 26 ga maydonga ega. Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842 yil Olloqulixon davrida (1825– 42) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, Misgarlik, Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120 qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi. Download 79.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling