Xiva xonligida davlat boshqaruvi
Хоразмнинг Нодиршоҳ томонидан босиб олиниши. XVIII асрнинг иккинчи ярмида сиёсий тараққиёт
Download 49.32 Kb.
|
Xiva xonligida xarbiy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Бекович-Черкасский экспедициясининг ҳақиқий мақсади ва вазифаси нимадан иборат эди
Хоразмнинг Нодиршоҳ томонидан босиб олиниши. XVIII асрнинг иккинчи ярмида сиёсий тараққиёт
O’tgan mavzumizda ko’rganimizdek, XVII asr oxiri – XVIII asr boshlariga kelib, Xiva xonligida juda katta siyosiy parokandalik, ziddiyat, qarama-qarshiliklar kuchaygan bir holat hosil bo’lgan edi. O’z navbatida bu holat, shimolda Rossiya, janubda Eron va janubi-sharqda Xivaga qo’shni bo’lgan Buxoro amirligining Xivaga nisbatan ko’z olaytirishiga sabab bo’layotgan edi. Ayniqsa, bunday ko’rinish, mudhish holat 1715-1728-yillarda Xivada hukmronlik qilgan Sherg’ozixon davrida g’oyatda kuchayadi. Dastlab, Xiva xonligiga qarshi o’zining bosqinchilik hamlasini Rossiya podshosi Pyotr I boshlab berdi. U 1714-1717-yillarda knyaz Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida Xiva xonligiga qarshi juda katta qo’shin jo’natadi. Sherg’ozixon o’ta ayyorlik bilan ish yuritib 1717-yil 29 avgust kuni Bekovich-Cherkasskiyni va uning ikki safdoshini boshlarini qilichdan o’tkazadi. Rus askarlari ham yo’llarda qirib tashlanadi. Kallasi olingan uch kishining boshlari Xivadagi bozorda osib qo’yilib xalqqa namoyish qilinadi. Sherg’ozixon o’z g’alabasini suyunchilab Bekovich-Cherkasskiy kallasining terisini shilib, ichiga somon tiqib Buxoro xoniga yuboradi. Ammo, Buxoro xoni Rossiya bilan aloqasini yomonlashuvidan cho’chib, bu holatni yomon qarshi oladi va qaytarib yuboradi. Bu voqea o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Rossiyani Xivaga nisbatan xavfi kuchayadi. Муаммоли савол: Бекович-Черкасский экспедициясининг ҳақиқий мақсади ва вазифаси нимадан иборат эди? Sherg’ozixondan so’ng xonlik taxtiga qozoq-chingiziylardan bo’lgan Elbarsxon (1728-1739) chiqadi. “Xonlar o’yini” davri boshlanadi. Ya’ni qozoq-chingiziy xonlari dashtdan ma’lum muddatga olib kelib qo’yish, keyin esa ma’qul kelmasa tezda almashtirish odati paydo bo’ladi. 1747-1757-yillarda qozoq xonlaridan bo’lgan Botirning o’g’li Sulton Qoyip (G’oyib) Xiva xoni edi. U qabila boshliqlarining separatizmini bostirishga urindi, lekin og’ir soliqlardan norozi bo’lgan xalq qo’zg’oloni boshlangach, Xivadan qochib ketishga majbur bo’ladi. Bu qo’zg’olonning asosiy harakatlartiruvchi kuchlari bo’lgan dehqonlar zakotchilarni ushlab o’ldiradilar. Ular og’ir ahvolga Qoyip sababchi deb tushunardilar. Haqiqatda esa, xonlikning ekonomikasi feodal tarqoqlik natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan edi. Og’ir ahvol natijasida aholining ko’pchiligi qo’shni mamlakatlarga qochib ketadilar. Ariqlar buzilib, ko’pgina erlarga ekin ekilmaydi. Feodallarning o’zboshimchaligi va ochlik natijasida, hatto xonlikning poytaxti Xivada aholi soni juda kamayib ketadi. Qabilalar o’rtasidagi janjalllarni to’xtata oladigan markazlashgan feodal hokimiyatni vujudga keltirish zarurati tug’iladi. Hokimiyat uchun kurash kuchayib ketadi. Ana shunday bir vaziyatda, XVIII asrning 60-yillarida o’zbek qabilasi qo’ng’irotlaridan bo’lgan inoqlar Xivada shahar boylari va ruhoniylarining yordamida, katta lavozimlarni egallab oladilar. Inoq Muhammadamin (1763-1790 yillar) 1770 yilda turkmanlarning, 1782 yilda esa buxoroliklarning hujumini muvaffaqiyatli bostiradi. Nomiga xon bo’lib turgan Abulg’ozi nomidan ish yuritayotgan Muhammadamin qushbegi, mehtar va otaliq bilan birga butun hokimiyatni o’z qo’liga oladi, ma’muriy, moliya va harbiy ishlarni xondan mustaqil ravishda yuritadi. 1804 yildan boshlab Xivada Qo’ng’irot o’zbeklarining sulolasi rasmiy ravishda xon taxtini egalladi. Xiva inoqi Muhammadamin itoatsiz feodallar ustidan g’alaba qozongandan boshlab Xiva xonligida xo’jalik va savdo ishlari yo’lga tushib qoladi, ko’chib ketgan aholi mamlakatga qaytib kela boshlaydi. Download 49.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling