Xiva xonligida kengash (Devon) tarkibi. Reja: Xiva xonligida davlat boshqaruvi


Download 23.44 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi23.44 Kb.
#1711036
Bog'liq
Xiva xonligida kengash (Devon) tarkibi. Reja Xiva xonligida dav


Xiva xonligida kengash (Devon) tarkibi.
Reja:

  1. Xiva xonligida davlat boshqaruvi.

  2. Xiva xonligida kengash (Devon) tarkibi.

1.Xiva xonligi xon tomonidan boshqariladigan, yakka hokimchilikka asoslangan davlat edi. Xonlikdagi eng oliy unvon xon boʻlib, u maʼmuriy-siyosiy, xarbiy va diniy vakolatlarga ega edi. Buxoro va Qoʻqon xonligidan farq qilib, Xiva xoni huzurida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Kengash (Devon) mavjud boʻlgan. Eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar aʼzo boʻlgan bu kengashning vakolati cheklangan, barcha qarorlar amalda xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada, lekin yirik saroy amaldorlarining, qabila boshliqlarining, mahalliy xokimlarning davlat boshqaruviga koʻrsatadigan taʼsirini eʼtirof etish zarur.


Davlat boshqaruvida xondan keyin inoq, otaliq va biy muhim ahamiyatga ega amaldorlar hisoblanar edilar. Inoqlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeining oshishi , XVII asr oʻrtalarida boshlandi.
Xiva xonligida naqib, amir ul-umaro, mextar, (saroydagi xizmatkorlar boshligi) qushbegi, beklar begi, devonbegi, otaliq, bek, parvonachi, dasturxonchi, eshik ogʻasi, shotir, yasovulboshi, udaychi, mingboshi va boshqa bir qancha Mansablar ham mavjud boʻlgan. Xonlikdagi barcha mansablarni kushni oʻzbek xonliklaridagi singari xarbiy, xarbiy-maʼmuriy va diniy unvonlarga boʻlish mumkin.
Xiva xonligida barcha farmonlar oʻzbek tilida eʼlon qilingan, davlat ishlari, xujjatlarining barchasi oʻzbek tilida yozilgan. Bu bilan u xujjatlar yurtishi fors-tojik tilida yuritilgan Buxoro va Kukon xonliklaridan farq qilgan.
Xiva xonligi maʼmuriy jihatdan XVI-XVII asrlarda viloyatlarga boʻlingan boʻlsa, XVIII asr oxiri XIX asr boshlaridan boshlab, davlatdagi asosiy maʼmuriy birliklar - bekliklar deb yuritila boshladi I davrda xonlikda 16 ta beklik va ikkita noiblik mavjud edi. Beklikni noibliklarni xon tayinlaydigan beklar va noiblar boshqargan. Xiva shaxri esa bosh vazir - inoqning shaxsan izmida boʻlgan.
Abulgʻozi Baxodirxon I Xiva taxtini egallagandan keyin oʻzaro urush va janglarni bartaraf qilish uchun davlat boshqaruvi boʻyicha islohotlar oʻtkazdi. Amudaryo quyi qismida yashayotgan barcha axoli toʻrt guruhga (toʻpga) - uygur-nayman, qoʻngʻirot-qiyot, nukus-mangʻit va qangʻli-qipchoqga boʻlindi. Har toʻpga alohida hudud, sugʻoriladigan ariq va kanallar aniqlab berildi. Har bir toʻpdan 4 ta dan, yaʼni har bir qabila ittifoqidan bitta namoyanda davlat boshqaruvi va maʼmuriy ishlarga jalb qilindi. Davlat boshqaruv tizimi ham oʻzgartirildi. Oʻzbek zodagonlaridan 360 nafar kishi turli davlat mansablari va amallariga tayinlandi. Qabila boshliqlaridan 30 nafar kishi xon noibligi va yordamchiligiga jalb qilindi va ularga turli unvon va vazifalar berildi. Inoqlar mavqeining oshib borishi ham shu davrga toʻgʻri keladi.
Yakka xokimlikka asoslangan xon hokimiyati va uning ayonlari katta ijtimoiy huquqlarga ega edi. Lekin bu mustaxkam qonunlar bilan kafolatlanmagan boʻlib, xokimiyatga, yaʼni cheklanmagan ijtimoiy huquqlarga ega boʻlishga intiluvchi kuchlar tomonidan doimiy ravishda xon hokimiyatiga katta xavf mavjud edi.
2. Qoʻqon xonligi Oʻrta Osiyoning katta hududini egallagan davlat edi. Uning shimoliy chegaralari XIX asr boshlarida Rossiya bilan, gʻarbda - Xiva xonligi, ja- nubda - Buxoro amirligi, sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh boʻlgan. Davlatni dastlab “biy” unvoniga ega hukmdorlar, 1805 yildan, yaʼni Olimxon davridan boshlab xon boshqargan. Xon rasman cheklanmagan huquq ega boʻlsada, ammo shunga qaramasdan u saroyda katta nufuzga ega amaldorlar fikri bilan hisoblashishga majbur edi. Saroy amaldorlari va qoʻshin boshliqlarining xonga taʼsiri kuchli edi. Bu holat, ayniqsa, Hudoyorxonning taxtda oʻtirgan birinchi davrida Musulmonqul qipchoqning mingboshi va otaliq lavozimini egallagan yillarida (1845-1852) va Aliqulning amirilashkarligi va vazirligi davrida yaqqol koʻzga tashlandi.
Davlatni boshqarishda saroy amaldorlari katta roli, uynaganlar. Mullo Olim Maxdum Xoji “Tarixi Turkistoniy” asarida xonlikdagi amaldorlarni quyidagi 24 darajaga boʻladi: mingboshi va amirilashkar (harbiy vazir), qushbegi - xon maslahatchisi yoki viloyat hokimi, parvonachi - xon maslahatchisi, shigʻovul - vaziri ilmia, qozi, mudarris, aʼlam, shayx ul-mashoyixlar ishini nazorat qilgan, xudoychi - xonga beriladigan ariza va shikoyatlarga masʼul shaxs, tunkator - xon qarorgoxni tungi posbon, noib - sarbozlar boshligʻi, otaliq, dodxoh mextarboshi, sharbatdor, dasturxonchi, xazinachi, maxramboshi, eshikogʻasi, ponsadboshi, tuqsabo, devonbegi, mirza boshi, sarkar, miroxurboshi, yuzboshi, bakovulboshi, daxboshi. Bu mansablardan tanqari yana bir kancha maʼmuriy, harbiy va diniy mansablar mavjud edi.
Manbalarning guvohlik berishicha, xon saroyida muhim ishlarni koʻrib chiqadigan Kengash toʻzilgan boʻlib, unga mingboshi boshchilik qilgan. Aʼzolari dasturxonchi, risolachi va yana baʼzi muhim amaldorlar boʻlgan. Davlatni boshqarishda bu kengashning ham oʻrni katta edi. Saroy amaldorlari ichida mingboshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy vazir), kushbegi - xon maslahatchisi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), - shigovul (vaziri ilmiya), xudoychi, tunkdtor, noib (sarbozlar boshligi) kabi yuqori lavozimlar faoliyat yuritgan.
Maʼmuriy jihatdan xonlik bekliklarga bulinib, ularni Qushbegi mansabida turgan odam boshqargan. Margʻilon, Namangan, Andijon, Oʻsh, Oʻratepa, Xoʻjand, Toshkent va Turkiston bekliklari xonlikning asosiy maʼmuriy birliklari edi.
Mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan tarixiy asarlar Xiva xonligida ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xalq hayoti va turmush tarzi, madaniyatini chuqurroq anglab yetishga, Rossiyaga qaramlik sharoitida o‘zlikni saqlab qolishga bo‘lgan intilishni aniqlashga xizmat qiladi. Biroq, ushbu tarixnavislar asarlari o‘z davri obyektiv va sub’ektiv sabablariga ko‘ra ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, ularda Xiva xonlarining qo‘shni xalqlarning yer-suvlarini, mol-mulkini xonlikka tortib olish siyosati qo‘llab- quvvatlanadi, ularning milliy ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan harakatlari qoralanadi. Chunki ularning faoliyati xon boshqaruvi siyosati bilan uzviy bog‘liq edi.Shunday bo‘lsada, manbalarni o‘rganish jarayonida mahalliy tarixnavislar ma'lumotlarni imkon qadar haqqoniy yoritishga harakat qilganliklarini ko‘rish mumkin. Bu holatni Ogahiy asarlarida xonlarning davlat boshqaruvidagi faoliyati xususidagi ma’lumotlarida, Bayoniyning Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning mustamlakaga aylantirilgan bir paytda tarixiy jarayonga o‘zining dadil munosabat bildira olganligida ko‘rish mumkin.
Mahalliy mualliflar asarlarida ma'lum bir sohaga oid ma’lumotlar asarning turli qismlarida uchrab, bu tadqiqotchilar uchun noqulaylik keltirib chiqaradi, biroq shuni ta'kidlash lozimki, ushbu xolat ular asarlarini hukmdorlar topshirig‘iga binoan xronologik tartibda yozganliklari bilan izohlanadi. Shu jihati bilan ham ushbu tarixiy asarlar Xiva xonligi tarixini haqqoniy va ilmiy asosda o‘rganishda muhim manba hisoblanib, o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Sobiq sovet davrida arxiv hujjatlarini o‘rganish, arxeologik va etnografik tadqiqot va izlanishlar olib borish, qo‘lyozma manbalarni o‘rganish sohasida faoliyat olib borilgan. Garchi, bu davrda tarixiy voqealarga partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan kommunistik mafkura asosida yondashilgan bo‘lsada,
xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yer egaligi, dehqonchiligi va irrigatsiyasi, me'moriy yodgorliklari va amaliy san'ati masalalari keng yoritilganini aytish joiz. Biroq, Xiva xonligidagi madaniyat, savdo, shaharsozlik masalalari yetarli darajada tadqiq etilmagan. Xonlikning davlatchilik tarixi siyosiy sabablarga ko‘rao‘rganilmagan. Chunki sobiq Ittifoq hududida davlatchilik yagona bo‘lgan bir sharoitda davlatlarning tarixi, milliy mansubligi mavhum shaklda aks ettirilgan.
XX-asr 50-yillarining boshlarida tarix muammolarini o‘rganishda konyukturaviy munosabat natijasida “chorizmning mustamlakachi bo‘lishiga qaramay, rus bo‘lmagan xalqlarning, xususan O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shibolinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, degan soxta fikr qaror topgan va tarixchi olimlar tomonidan “kiritilishi”, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” kabi atamalar ishlatila boshlangan. 60–80-yillarning birinchi yarmida tadqiqotlarning muammoviy doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina masalalar qator tadqiqotlarda yoritilgan bo‘lsa, 80- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “qayta qurish” munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarda “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipi tiklana borishi bilan qator respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni xususan, Xiva xonligini bosib olish masalasi, davlatchilik tarixi, mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash kabi masalalarga e'tibor kuchaygan.
1916 yildagi Xiva qo‘zg‘oloni xususida sovet davrida ham turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ushbu qo‘zg‘olon 1930 yilda yozilgan P. Alekseenkov asarida “Rossiya imperializmiga qarshi milliy ozodlik harakati” sifatida baholangan bo‘lsa, 1950 – 1960 yillarda G‘. Nepesov, O. Sodiqov asarlarida bu qo‘zg‘olon dastlab ijobiy, keyin «reaksion» deb atalgan bosqichlarga ajratilgan.Shu tarzda bir qo‘zg‘olonga bir tuzumning o‘zida bir-biriga zid ikki xil baho berilgan.T.G.To‘xtametov esa ularning fikrini tanqid qilib, 1916 yilgi voqealarni “butunlay ikki feodal guruh o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash edi” deb ta'riflagan.
XIX asrda xorijlik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarda Xiva xonligining geografik joylashishi, siyosiy ahvoli, harbiy salohiyati masalalariga katta e'tibor qaratilgan, madaniyat, xalqning turmush tarzi masalalari esa nisbatan kam o‘rganilganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga xorij tadqiqotlarining deyarli barchasida Rossiya O‘rta Osiyoni, jumladan Xiva xonligini qurol kuchi bilan zabt etganligi qayd qilingan. Biroq, ushbu tadqiqotlarning o‘zida ham mustamlakachilik kayfiyati tasvirlanganini aytish joiz.
Mustaqillik yillarida Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini yoritishda birlamchi manbalarga, arxiv hujjatlari ma'lumotlariga asoslanib, ilmiy adabiyotlar, risola va maqolalar nashr qilindi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Tadqiqotlarda xonlikda kechgan siyosiy jarayonlar, mamlakatda olib borilgan islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, Xiva xonligining xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma'lumotlarni qamrab olgan.
Download 23.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling