Xiva xonligining tugatilishi va xxsr faoliyati


Download 119.54 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi119.54 Kb.
#1334534
1   2   3
Bog'liq
6-маъруза

Junaidxon 1919-yilning aprelida sovet hukumatiga sulh tuzish to'g'risida taklif kiritdi. 9-aprelda Junaidxon Xiva yaqinidagi Taxta qal'asida joylashgan qarorgohida RSFSR bilan Xiva xonligi o'rtasida yarash bitimini imzoladi. Bu bitimni tuzish uchun kelgan sovet hay'ati a'zolari Lutsenko, Golub, Xristoforov, Fedko va Turkiya kapitani Muhammad Kozimbekdan iborat edi.

  • Junaidxon 1919-yilning aprelida sovet hukumatiga sulh tuzish to'g'risida taklif kiritdi. 9-aprelda Junaidxon Xiva yaqinidagi Taxta qal'asida joylashgan qarorgohida RSFSR bilan Xiva xonligi o'rtasida yarash bitimini imzoladi. Bu bitimni tuzish uchun kelgan sovet hay'ati a'zolari Lutsenko, Golub, Xristoforov, Fedko va Turkiya kapitani Muhammad Kozimbekdan iborat edi.
  • G.B. Skalov buyrug'i bilan sovet qo'shinlari 1919-yil 25-dekabrda mustaqil davlat - Xiva xonligi hududiga bostirib kirdilar. Qizil armiyaning katta kuchlari N. Shaydakov va N. Shcherbakov qo'mondonligida Xiva xonligining shimoliy va janubiy chegaralaridan hujum qilib, 1920-yil boshlarida shahar va qishloqlarni bosib oigan. Junaidxon qo'shinlari G'ozovot tumanida mag'lubiyatga uchradi va Qoraqum cho'liga chekindi. 1-fevralda xonlik poytaxti Xiva jangsiz ishg'ol qilingan. Bu paytda Said Abdullaxon va uning amaldorlari biron qarshilik ko'rsatmadilar.
  • 1920-yil 1-fevralda Said Abdullaxon qizil askarlar va yosh xivaliklar talabi bilan taxtdan voz kechganligi to'g'risidagi manifestni imzoladi. 2-fevralda manifest xalqqa o'qib eshittirildi va majlis chaqirilgunga qadar hokimiyat Muvaqqat inqilobiy hukumat (qo'mita) qo'liga o'tganligi e'lon qilindi.
  • Xorazm Xalq Sovet Respublikasi. Xonlikda amal qilgan monarxiya tuzumi o'rniga davlatchilikning demokratik tamoyillarini shakllantirishda Butun Xorazm xalq vakillarining qurultoylari o'ziga xos o'rin egalladi. Birinchi qurultoy 1920- yil 26-30-aprel kunlari Xiva shahrida bo'lib o'tadi. Unda 200 ga yaqin delegat qatnashgan. Qurultoyda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi - XXSR tuzilganligi tantanali ravishda e’lon qilinib, 15 kishidan iborat XXSR hukumati - Xalq Nozirlar Kengashi (rais Polvonniyoz Hoji Yusupov] tuzildi.
  • 1920-yil 30 aprelda qurultoyning oxirgi majlisidaXXSRning muvaqqat konstitutsiyasi (kirish so'zi, 13 bob, 37 moddadan iborat bo'lgan) qabul qilinadi. Konstitutsiya Xorazm tarixidagi birinchi konstitutsiya bo'lib, unda ilk marotaba keng xalq ommasining siyosiy huquqlari tenglashtirildi. Respublikada demokratik erkinliklar qonuniy tus oldi.
  • Sovet davlatining turli ig'vogarlik va harbiy xurujlariga qaramay, yosh xivaliklar hukumati bir yilcha faoliyat ko'rsatdi. 1921-yil 6-martda qizil askarlar Xiva shahrida namoyish uyushtirib, davlat to'ntarishini yasadi. Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq yosh xivaliklar hukumati ag'darib tashlandi va inqilobiy qo'mita tuzildi. Bolsheviklar xalq nozirlarini qamoqqa olib, ko'pchiligini otib tashladi. Umuman olganda, XXSR mavjud bo'lgan qariyb 5 yil davomida bolsheviklar tomonidan XXSR MIQ raislari va hukumat boshliqlari bir necha martadan o'zgartirildi. Xorazmda o'tkazilgan bunday davlat to'ntarishlari oqibatida o'zbek xalqining ko'plab asl farzandlari qatag'on qilindi.

Download 119.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling