Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif
I BOB. XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) SINFIGA UMUMIY TAVSIF
Download 1.46 Mb.
|
2 5375585160777435407
I BOB. XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) SINFIGA UMUMIY TAVSIF
1.1. Xivchinlilar sinfi vakillariga umumiy tavsif, ularning tarqalishi, ekologiyasi va amaliy ahamiyati Xivchinlilar (Mastigophora) -sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi bo`lib, bu sinf vakillari oziqlanishi va moddalar almashinuvi xususiyatlariga qarab 2 ta kenja sinf — o`simliksimon xivchinlilar va hayvonsimon xivchinlilarga ajratiladi. O`simliksimon xivchinlilarni botaniklar tomonidan o`simliklar dunyosiga kiritiladi. Xivchinlilarga 13 ta turkumga birlashtiriladigan 8000 dan ortiq, tur kiradi. Xivchinlilar tabiatda keng tarqalgan sodda hayvonlar bo`lib, ularning o`zlariga xos tuzilish xususiyatlari-tanalarida xivchini bo`lishi bilan xarakterlanadilar. Xivchin-ingichka ipsimon yoki sochsimon ko`rinishidagi sitoplazmaning o`simtasi bo`lib, uning uzunligi xivchinli hayvon tanasining uzunligidan ancha ortiq bo`ladi. Xivchinning xakatlanish vazifasini bajaruvchi uzun qismi tananing tashqi tomonida joylashadi. Tashqi tomondan xivchin, uch qavat membrana bilan o`raladi. Ichki qismida 11 juft tolalar bo`lib ulardan ikkitasi xivchinning markazida, 9 tasi periferiyada joylashadi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda (1.1-rasm). Kattaligi 2—3 mkm dan (leyshmaniya) 1 mm gacha (ayrim opalinalar) bo`lgan turlari uchraydi. Xivchinlari 1 tadan bir necha mingtagacha hosil qilishi mumkin (ko`p xivchinlilar turkumi-polymastigina), xivchinlarining uzunligi esa bir necha 10 mkm gacha yetishi mumkin. Ayrim xivchinlilar xivchini asosida kinetoplast (kelib chiqishi bilan mitoxondriyalarga yaqin bo`lgan DNK saqlovchi organoid) bo`ladi (kinetoplastidlar turkumi). Ko`pchilik dengiz va barcha parazit xivchinlilarning qisqaruvchi vakuoli bo`lmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va ko`p yadroli (opalinalar) xivchinlilar ham bor. Odatda, bo`yiga 2 ga bo`linish orqali jinssiz ko`payadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (bo`linadigan individlar ajralib ketmaydi) koloniya hosil bo`ladi. Ko`pchilik xivchinlilarda jinsiy ko`payish gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban xivchinlilarda jinsiy ko`payish izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qo`shilishi), boshqalarda geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qo`shilishi)dan iborat. Erkin yashovchi xivchinlilar (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman tuproqda uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega (ayniqsa, plankton xivchinlilar). Ko`pchilik xivchinlilar suvlar ifloslanishining biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha xivchinlilar odam va hayvonlarda parazitlik qilib, og`ir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va boshqalar)ga sabab bo`ladi. Ayrim xivchinlilar termitlar ichagida simbioz yashab, qiyin hazm bo`ladigan oziq moddalarning hazm bo`lishiga yordam beradi. Xivchin ko`pgina hollarda faqat bitta, ba’zan esa kamdan-kam hollarda sakkiztagacha bo`lishi mumkin. Sarkodalilardan xivchinlilar tanasini ma’lum shaklga ega bo`lishi bilan farqlanadi. Buning sababi, xivchinlilarning ektoplazmasining tashqi qismi birmuncha mustahkam elastik pellikula -qobig`iga ega bo`lishligidir. Xivchinlilar ichida moddalar almashuviga qarab juda xilma-xil formalarini uchratamiz. Bu hayvonlar oziqlanish usullariga ko`ra autotroflarga, geterotroflarga bo`linadilar. Shunday qilib bu sinf vakilari ichida o`simlikka o`xshash oziqlanuvchilar, hayvon sifatida oziqlanuvchilari ko`p uchraydi. Xivchinlilar sinfi vakillari quyidagi umumiy belgilar bilan boshqa sinf vakillaridan farqlanadi: 1. Tanasi aniq shaklga ega bo`lib, oval, shar yoki duksimon shaklda bo`ladi, chunki hujayra qobigi pеllikulasi bor. 2. Harakat organlari - xivchin. Bular bitta, ikkita, ba`zan undan ortiq bo`lib, odatda gavda oldida ba`zan orqasida joylashgan. 3. Bularning ovqatlanishi golofit yoki o`simlik tilida golozoy - hayvonlar singari va saprofit, ya`ni murakkab organik moddalarning parchalanishidan hosil bo`lgan mahsulot bilan ovqatlanadi. 4. Noqulay sharoitda sistaga o`raladi va ko`payishi jinssiz va jinsiy usullarda amalga oshadi. Autotrof holda oziqlanuvchi xivchinlilar tanasida xlorofillar bo`ladi. Bunday xivchinlilarning tashqi tomonidan klechatkadan tuzilgan qobig`ini o`rab turishi ularni o`simliklarga yaqinligini ko`rsatib turadi. Geterotrof xolda oziqlanuvchilarda xlorofill bo`lmaydi.Bu guruh hayvonlar ichida ba’zilari chiriyotgan moddalar bilan oziqlanadilar. Geterotrof holda oziqlanuvchi xivchinlilar tipik hayvon sifatida hayot kechirib, mayda suv o`tlar, bakteriyalar bilan oziqlanadilar. Bunday oziqlanishga yordam beradigan tanada alohida organellalar-og`iz, halqum, oziq hazm qiluvchi vakuollar bo`ladi. Bunday oziqlanish usuliga golofit usuli oziqlanishi deyiladi. Golofit usulda oziqlanuvchi hayvonlar tanasida qizil dog`-ko`zi bo`ladi. Bu ko`z yorug`likni payqashga xizmat qiladi va hayvon yorug`likka qarab harakat qiladi. Chuchuk suvda yashovchi xivchinlilarda qisqaruvchi vakuollar bo`ladi. Qisqaruvchi vakuollar vaqt o`tishi bilan to`lib turadi. Unda vakuollar qisqarish natijasida alohida rezervlarga berib o`z suyuqligini tashqariga chiqarib yuboradi. Barcha sodda hayvonlarda bo`lganidek xivchinlilarda ham noqulay sharoitga moslanish-sista hosil qilish xususiyati kuzatiladi. Noqulay sharoit tug`ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib sistaga aylanadi. Xivchinlilarning ko`payishi.Aksariyat ko`pchilik xivchinlilar jinssiz yo`l bilan ko`payadi. Bunday ko`payishda odatda avval hayvon hujayrasi mitoz bo`linishini boshdan kechiradi. Shundan so`ng yuqoridan past tomon (uzunasiga) ikkiga ajraladi. Hosil bo`lgan ikkita hayvonni bittasiga eski xivchin o`tib, boshqasidan xivchin yangidan hosil bo`ladi. Boshqa hollarda bo`linayotgan hujayraning xivchini tushib ketadi, yosh hujayralarda yangidan hosil bo`lishi mumkin. Bir qancha hollarda hayvonlar sista davrida ham ko`payadi. Bu vaqtda ular xivchinini tashlab, yumaloqlanadi va tana sirtiga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sista hosil qiladi. Sista ichida hayvon tanasi bir necha marta ketma-ket bo`linadi. Hayvon tanasi o`smasdan bo`linganidan juda kichik hujayralar hosil bo`ladi. Hujayralarni shu usulda yiriklashmasdan ketma-ket bo`linishi palintomiya deyiladi. Palintomiya ko`p hujayralilar tuxum hujayralarining maydalanishiga olib keladi. Phytomastiguna kenja sinfi vakilari ko`pincha koloniya bo`lib yashaydi. Koloniya bo`linayotgan xivchinlilarni bir-birlaridan batamom ajralib ketmasligi oqibatida sodir bo`ladi. Koloniyalar goho daraxtsimon (Dinobryon, 1.2-rasm) bo`lsa, goho sharsimon, ovalsimon va boshqa shakllarda uchraydi. Koloniyani 4 ta yoki 10000 dan ko`proq hujayralar hosil qiladi. Jinsiy ko`payish ko`pgina o`simliksimon xivchinlilarda uchraydi. Bunda yadrodan hosil bo`lgan jinsiy gametalar o`zaro qo`shilish natijasida yangi xivchinlilar paydo bo`lishi kuzatiladi. Gametalar shakli, katta-kichikligi jihatidan bir-biridan farq qilmasligi mumkin. Bunday gametalar qo`shilishi izogam kopullatsiya deyiladi. 1.2-rasm. Dinobryon Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling