Xivchinlilar sinfi.Yashil evglena va volvokslarning tuzilishi , harakatlanishi va ko’payishi Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi - Xivchinlilarga tabiatda juda keng tarqalgan va xilma-xil tuzilgan bir hujayralilar kiradi. Hamma xivchinlilarning harakat organoidlari bitta yoki bir nechta xivchinlilar hisoblanadi. Xivchinlilar sitoplazmadan hosil bo’lgan qilga o’xshash ingichka o’simtalardan iborat. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazmaga ajraladi. Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq va elastic qobiq – pellikulani hosil qiladi . Ko’pchilik xivchinlilar tanasi doimiy shaklga ega bo’lishi bilan sarkodalilardan farq qiladi. Shu bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo’lmaydi va ular sarkodalilarga xos bo’lgan psevdopodilar hosil qilish xususiyatiga ega. Sarkodalilar hayot siklining ayrim davrlarida xivchinli gametalar hosil qilishi ilgari ko’rsatib o’tilgan edi. Xivchinlilar va sarkodalilar o’rtasida bu o’xshashlik ikkala sinfni bitta sarkomastigoforalar tipiga birlashtirish uchun asos qilib olingan.
- Xivchinlarning tuzilishi elektron mikroskop ostida tekshirilganda ular ikki qismdan iborat ekanligi aniqlandi. Xivchinning lokomotor (harakatlanish ) funksiyasini bajaruvchi uzun qismi tana sirtida joylashgan. Uning kalta bazal tanachasi ektodermada joylashgan bo’lib, kinetosoma (harakatlantiruvchi tana) deyiladi. Tashqi tomondan xivchin uch qavat membrana bilan o’ralgan. Bu membranalar hujayra membranalari bilan bog’langan bo’lib ularning davomi hisoblanadi. Xivchinning membranasi ostida 9ta fibrillalar(tolalar) halqa hosil qilib joylashgan.
Har bir fibrillalar o’zaro yopishgan ikkita naychadan iborat. Ular periferik fibrillalar deyiladi. Xivchinning markazi bo’ylab yana ikkita fibrilla o’tadi. Markaziy fibrillalar ektoplazma sirtidagi aksial donachadan boshlanadi. Markaziy fibrillalar tayanch, periferik fibrillar esa lokomotor harakatlanish funksiyasini bajaradi. - Har bir fibrillalar o’zaro yopishgan ikkita naychadan iborat. Ular periferik fibrillalar deyiladi. Xivchinning markazi bo’ylab yana ikkita fibrilla o’tadi. Markaziy fibrillalar ektoplazma sirtidagi aksial donachadan boshlanadi. Markaziy fibrillalar tayanch, periferik fibrillar esa lokomotor harakatlanish funksiyasini bajaradi.
- Xivchinlilar hayvonlar bilan o’simliklar dunyosini bog’lab turuvchi zveno hisoblanadi. Bu sinf doirasida morfologik jihatdan o’zaro yaqin bo’lgan ayrim turlar ham modda almashinuvining turli guruhlariga mansub bo’lishi mumkin. Xivchinlilar har xil muhitda hayot kechirishga moslashgan 8000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari dengizda yashaydi va planktonning asosiy qismini tashkil qiladi. Chuchuk suv havzalarida ham xivchinlilar ko’p tarqalgan . Suv havzalarida xivchinlilarning turlari va ularning massasi suvning organik chiqindilar bilan ifloslanishiga bog’liq bo’ladi. Xivchinlilar orasida ko’p turlari har xil hayvonlar va odamning ichagi , qoni terisi va jinsiy bezlar yo’lida parazitlik qiladi. Oziqlanish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga binoan xivchinlilar ikkkita kenja sinf – o’simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarga ajratiladi.
Yashil evglena - Evglenasimonlar oziqlanish usuliga ko’ra juda xilma-xil bo’ladi. Ular orasida fotosentiz qiluvchi turlardan tortib , haqiqiy hayvonlarga o’xshash vakillari bor. Chuchuk suv havzalarida ayniqsa , kuchli ifloslangan suvlarda turli xil evglenalar uchraydi. Evglenalar sitoplazmasining sirtqi qavati qattiq pellikula qobiq hosil qiladi. Ayrim vakillari masalan, evglenaning pellekulasi juda yupqa va elastic bo’lganidan ularning tanasi qisqarishi , cho’zilishi yoki egilishi mumkin. Fakus (phasis)ning qobig’i qalin bo’lib, egiluvchan emas. Ko’pchilik turlari (evglenalar) pellekulasida chiziqli xoshiyalarni ko’rish mumkin.
- Evglenalar tashqi muhit sharoiti o’zgarishi bilan bir xilda oziqlanishdan ikkinchi xil oziqlanishga o’tishi mumkin. Yorug’lik va zarur kimyoviy elementlaar yetarli bo’lganida ular avtotrof oziqlanadi, ya’ni yashil o’simliklar singari fotosentiz qiladi. Evglenalar organik moddalar yetarli bo’lgan qorong’u muhitda o’tkazilganda xlorofillni yo’qotib, rangsizlanadi. Endi ular atrofdagi muhitdan tayyor organik birikmalarni pellikulasi orqali shimib ola boshlaydi , ya’ni saprofit ( geterotrof ) oziqlanishga o’tadi. Agar bunday evglenalarni yana yorug’ joyga chiqarilsa , qisqa vaqtdan so’ng ular yashil raangga kirib , avtotrof oziqlanishga o’tadi. Odatda organik birikmalar bilan ifloslangan suvlarda evglenalar bir vaqtning o’zida avtotrof hamda geterotrof oziqlanishi mumkin.
- Shunday qilib , organik olam taraqqiyotining tuban bosqichlarida hayvonlar bilan o’simliklarning oziqlanish usuli o’rtasida keskin farq b’lmaydi. Bu hodisa ularning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqishini ko’rsatadi.
- Evglenasimonlarning ayrim turlari xlorofilini tamoman yo’qotganligi sababli avtotrof oziqlanish xususiyatiga ega emas. Ulardan ba’zilari saprofit oziqlansa, boshqalari esa (masalan, Peganema , Urceolus avlodi turlari ) oziq moddalarni yutib , haqiqiy hayvonlar singari oziqlanishga o’tgan.
Volvoks
Do'stlaringiz bilan baham: |