Xix asr oxiri XX asr boshlarida aqsh
AQSH ning Amerika qit`asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun kurashi
Download 31.91 Kb.
|
1 2
Bog'liqXIX asrda AQSH
AQSH ning Amerika qit`asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun kurashi.
O`z mamlakatining juda katta resursalarini va Rossiyadan sotib olgan Alyaskani (1867 yil Aleksandr II 7,2 mln. dollorga sotgan) o`zlashtirish bilan band bo`lgan AQSH sarmayadorlari mustamlakalar va o`z ta`sir doiralarini qo`lga kiritishga boshqa Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdilar. Ularning e`tibori Kariib havzasi va Tinch okean mamlakatlarga qaratildi. Bu yo`ldagi birinchi qadam Tinch okeaninging Markaziy Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo`lgan dengiz yo`llari kesishgan joydagi Gavayi orllarini 1898 yilda bosib olinishi bo`ldi. AQSH ning Tinch okeanda hukmronlik kurashi XIX asrning 60 yillarida, aniqrog`i fuqarolar urushidan so`ng boshlandi. 1866, 1867, 1871 yillarda Koreyaga bir necha marta hujum qildi. Nihoyat 1882 yilda u bilan tengsiz shartnoma tuzdi, bu shartnomaga muvofiq Koreya 3 ta portini AQSH savdosi uchun ochib qo`ydi, diplomatik vakillarini qabul qildi va Koreya AQSH fuqarolari uchun daxlsizligini tan oldi. Shunday qilib bu yerga Amerika maslahatchilari, missionerlar, o`qituvchilari va albatta kapitali kirib kela boshladi. AQSH Samoa orollarini 1889 yilda (Sharqiy Samoani) bosib oldi. Gavaya orollari uchun uzoq kurash olib bordi. U bilan 1875 yil savdo shartnomasi tuzildi. Ammo inglizlar va fransuzlar ham bu strategik qulay joyga ega bo`lishga intildilar. AQSH faol harakat qilib, Gavaya bu shartnomada o`z yeriga uchinchi bir davlarni kiritmaslik majburiyatini oldi. Bu orolda qand ishlab chiqarilardi. Amerikalik qand zavodlari egalik qilib oldi. AQSH bu muhim joyni batamom qo`lga kiritishga qaror qildi. 1893 yil Gavayaga “Dengiz peyodalari” tushurildi, monarxiya ag`darib tashlandi, “amerikacha inqilob” g`alaba qildi, respublika e`lon qilindi va hukumat tuzildi. AQSH shu tarzda va Gavayani zab etdi. 1898 yili Gavaya arxenelogi anneksiya qilindi. Qishloq xo`jaligida asosiy tarmoq 1 mln. ga ekin maydoni bor. Shakarqamish (1 mln. tonna qand), ananas, banan, kofe, gulchilik, sholi, chorvachilik rivojlangan. XIX asr oxiriga borib AQSH kapitalislari Meksika va Markazi Amerika mamlakatlaridan ancha manfaatdor bo`lib qolgan edilar. AQSH Lotin Amerikasidagi siyosati asosida “Hamma Amerika manfaatlari bitta” degan g`oya yotar edi. 1889 yilda AQSH davlat Departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda Panamerika konferensiyasi bo`ldi. Lotin Amerikasi mamlakatlari delegatlari AQSH dan qo`rqqanlgi va unga ishinchsizlik ko`zi bilan qaraganligi, AQSH ning Amerika davlatlari bojxona bitimini tuzishga qaratilgan harakatini yo`qqa chiqardi. O`zaro qulaylik tug`dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan –bir aniq natijasi xalqaro Amerika Respublikalari se`zdi degan asotsiasiya tuzishdan iborat bo`ldi. AQSH ning g`arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan bosqinchilik siyosati shu tariqa paydo bo`lgan. 80 yillarda Venesuelda bilan Britaniya Gveniyasi o`rtasidagi ziddiyat juda kuchayib ketganda, AQSH “Monro doktrina”siga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o`z vositachilik qilmoqchi bo`lganligini Amerikaga taklif qiladi. Janubiy Amerika xususidagi Angliya – Germaniya ziddiyati, Uzoq Sharq Angliya –Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi Angliyani AQSH ga yaqinlashtirdi. 1899 yil Venesuella masalasi hal qilindi. XIX asr oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Hokimiyat tepasida mahkam o`rnashib olgan guruhlar mamlakatda hukmronlik qilish bilan qanoatlanmay qoldilar. AQSH jahonni hududiy jihatdan bo`lib olishdan ancha kechikkanligi sababli putuxdan ketgan Ispaniya monarxiyasida mustamlakalarni tortib olishni mo`ljalladi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroliAmerika kapitalistlarining havasini keltiradi, chunki AQSH ning iqtisodiyotiga ancha kapital sarlagan edi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasida Kuba sohillariga 1898 yil 15-fevral kechasi Amerika “Meyn” kreseri harbiy kemasi yuborildi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma`lum sababga ko`ra portlab ketdi. Natijada 260 kishi halok bo`ldi. 100 ga yaqin yarador bo`ldi. AQSH hukumati bo`lgan hodisa aybini Ispanlarga qo`ydi va 1898 yil aprel oyida Ispaniyaga urush e`lon qildi. Bu dunyoni qaytadan bo`lib olish boshlagan birinchi urush edi. Urush atiga 3 oy davom etdi va mag`lub bo`lgan Ispaniya monarxiyasining ichidan chiriganligini ko`rsatdi. 1898 yil 10-dekabrda Parijda imzolangan sulh shartnomasiga ko`ra Filippin orollarini AQSH Puerto-Riko, Guvam orollarini oldi. Kuba AQSH ga qaram bo`lib qoldi. Pilippin uchun 20 million dollor pul berdi. 1901 yilda AQSH Angliyani bu hududda egallaganini tan olganligi haqida shartnoma tuzishga majbur bo`ldi. Kanal qurilishidan shug`ullanayotgan fransuzlar bankrotga uchradi va AQSH Fransuz aksionerlik jamiyatining kanalini qurish bo`yicha barcha aksiyalarni sotib oldi. Shu yo` bilan AQSH kanal qazish, foydalanish va boshqarish huquqiga ega bo`ldi. Biroq bu hudud Kolumbiyaga tegishli bo`lib, Kolumbiya senati AQSH ni bu yerdan chiqib ketishini talab qildi va shartnomani ratifikatsiya qilmadi. Shundan AQSH Panamada isyon uyushtirdi va isyonchilarga yordam berish uchun Panama sohiliga harbiy kreyser yubordi. Kolumbiya qo`shinlarining yo`li kesildi. Panama “mustaqil” deb e`lon qilindi, AQSH esa uni darhol tan oldi. Panama hukumati AQSh bilan shartnoma tuzib, kanal va boshqa inshoatlar qurish huquqini unga topshirdi. Buning evaziga 10 million dollor pul oldi va yiliga 250 ming dollor renta olib tiradigan bo`ldi. Kanal qurilishi 10 yil (1904-1914 y.y) davom etdi. 1914-yil 15 – avgustda birinchi ishchi kema so`zib o`tdi. 1920-yil 12- iyunda kanal rasman ochildi. Kanal uzunligi 81.6 km. Kema kanalni 4-8 soatda suzib o`tadi. 1 sutkada 36 tacha kema o`tadi. AQSH XX asr boshlarida jahonda ekspanseya siyosatini kuchaytirib yubordi. 1899 yil sentabrida AQSh davlat kotibi Xeyni Angliya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Fransiyaga yuborildi. U “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosatini targ`ib qila boshladi. “Dollor diplomatiyasi” AQSH ning Lotin Amerikasini asoratga solishga qaratilgan siyosati. “Yordam berish” “Katta to`qmoq” “G`arbiy yarim sharning politsiyasi” AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarida tanho hukmronligini o`rgatish uchun kurash olib bordi. Bunda u Monro doktrinasiga tayanib ish ko`rdi. AQSH Prezidenti Teador Ruzvelt (1901 -1909) “Katta to`qmoq” siyosatini ishlab chiqdi va uni o`tkazdi. BU yo`lga muvofiq kongresda “Amerika mamlakatlaridan birida tartibsizliklar ro`y bersa xalqaro politsiya rolini bajarish AQSH ning burchidir” degan so`zlarga amal qildi. Shu bilan AQSH moliya va sanoat kapitalining Lotin Amerikasi mamlakatlariga bostirib kirishiga yo`l ochib berdi. 1907 yilda San-Damengoni tengsiz shartnoma tuzishga majbur qildi. Unga muvofiq bojxona va moliya nazorati AQSH ga o`tdi. Huddi shu tartib 1911 yil Meksikada joriy etildi. Shu yil oxirida AQSH ning Meksikaga sarflangan kapitali 1,5 milliard dollorga yetdi. Gvatemala, Kosta –Reka, Naharagua asoratli zayonlar bedi. Ularning ichki ishlariga aralasha boshladi. AQSH iqtisodiy –moliyaviy diplamatik va harbiy tazyiq o`tkazish usullarini sekin –asta ishlata borib, Markaziy Amerika mamlakatlarini yarim mustamlakaga aylantirdi, ular AQSH ga hom-ashyo yetkazib beradigan agrav mamlakatga aylandilar. “Ochiq eshiklar” siyosati kabilar XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi AQSH diplomatsiyasi siyosatini asosini tashkil etdi. XX asr boshlariga kelib xalqaro maydonda kuchlar joylashishida yangicha o`zgarishlar bo`ldi. Ilgari iqtisodiy jihatdan ilg`or bo`lgan Angliya, Fransiya bir muncha yosh davlatlar Germaniya, AQSH, Yaponiya tomonidan asta –sekin qisib qo`yila boshladi. Rosiya bilan Yaponiya o`rtasida Manjuriya masalasida tortishuv kelib chiqdi. Yaponiya bu masalada Angliya bilan bitim tuzmoqchi bo`ladi. Angliya bilan Yaponiya har qanday sharoitda bir –biriga yordam berishga kelishib oldilar. Rossiya –Yaponiya o`rtasida 1903 yil 30-iyunda Tokioda muzokarolar boshlandi. Ruslarning murosa tomon intilishini hisobga olmay, Yaponiya 1904 yil 24-yanvarda muzokaralar to`xtatib, urush e`lon qilmasdan urush boshladi. Urush Xitoy va Koreya hududida avj olib ketdi. Birinchi zarbani Port –Arturga berdilar. Yaponiya –AQSH, Angliya –Yaponiya yordamida urushga yaxshi tayyorgarlik ko`rdi. 1904 yil 20-dekabrda Port –Artur yaponlarga taslim bo`ldi. Qal`ada 17 ming kishi o`ldirildi. 1905 yil Rus floti Sutsima yonida mag`lubiyatga uchradi. Chorizm siyosiy jihatdan zaiflashganligi va harbiy muvofaqiyatsizliklarga uchraganligi tufayli Rossiya –Fransiya ittifoqi Fransiya uchun ahamiyatini bir muncha yo`qotdi. Ana shunday bir vaziyatda Fransiya bilan Angliya “til topishdi”lar. 1904 yil 8-aprelda ular o`rtasida bitim tuzildi. 1907 yil ularga Rossiya qo`shildi. Shunday qilib “Uchlar bitimi” – Antanta degan bitim imzolandi. 1905 yil 23-avgustda AQSH ning Port-Smut shahrida Yaponiya bilan Rossiya o`rtasida sulh tuzildi. XX asr boshlariga kelib, monopolistik rejalar tashkil topishi jarayoni ko`paydi, bu birlashmalar xalq xo`jaligining eng muhim tarmoqlarini o`z ichiga oladi va mamlakat AQSH prezidenti T.Ruzvelt vositachiligida AQSH ning Port-Smut shahrida sulh muzokaralari bo`ldi. Rossiyadan Soxalin orolining bir qismini Yaponiyaga berishga va Yaponiyaga 1,2 mlrd. ien tovon to`lash talab qilindi. Lekin rus qo`mondonligi bunga ko`nmadi. Faqat Saxolinni bir qismini Yaponiyaga berishga rozi bo`ldi. Bitimga ko`ra Koreya Yaponiyaga o`tdi. Port Artur Yaponiya ijaraga berildi. 1910 yil Yaponiya Koreyani to`la istilo qilib oladi. Yaponiya Birinchi jahon urushiga tayyorlana boshladi. Download 31.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling