Xix asr oxirigacha toshkent shahrida qurilgan
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
143-147
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-1, December - 2022 145 qismlari me’morchilikning yuksak darajaga ko‘tarilganini, inshootlar badiiy hunarmandlar tomonidan jozibador bezatilganligini ko‘rsatadi. Ilk o‘rta asrlarda saroylar shahar qal'asidan tashqarida qurilgan bo‘lsa, X asrdan boshlab saroylar shahar tarkibida barpo etilgan. XIV asrdan me’morchilik yana rivojlana boshlagan. Arxitekturada yangi uslub vujudga kelgan. XIV — XV asrlarda masjidlarning hovlilari ko‘p ustunli ayvonlar bilan o‘ralgan, madrasalar peshtoqli qilib qurilgan. Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli hovli atrofi ko‘p ustunli ayvon va hujralar bilan o‘ralgan. XVI asrda arxitektura inshootlari turlari yanada takomillashgan, ko‘plab jamoat binolari - karvonsaroylar, ko‘prik, sardoba, shaharlarda hammom, tim va boshqa savdo rastalari qurila boshlangan, monumental binolarning tarhi, qiyofasiga o‘zgartishlar kiritilgan. Toshkent shahri hududida rivojlangan Oʻrta asrlarda koʻplab me’moriy yodgorliklar qad koʻtargan boʻlib, ular an’anaviy me’morchilik uslubida qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Hususan, Shayx Zayniddinbobo me’moriy maqbarasi, Zangiota majmuasi, Xoja Ahror Valiy jome masjidi, Shayx Xovand Tahur yodgorlik majmuasi, Baroqxon madrasasi, Koʻkaldosh madrasasi, Ibroxim ota maqbarasi, Abulqosim madrasasi, Muin xalfa bobo maqbarasi, Xayrobod eshon maqbarasi, Xoʻja A’lambardor madrasasi, Xoʻja Baxriddin maqbarasi, Choʻlpon ota masjid maqbarasi, Shayxontohur majmuasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Hazrati Imom majmuasi, Hofiz Koʻxakiy madrasasi kabi oltinga teng meroslarimiz ajdodlarimizning yuksak mahoratidan darak beradi. Ushbu me’moriy inshootlar XIX asr oxirigacha qurilgan. Shayx Zayniddinbobo me’moriy maqbarasi 1164-1259 yillarda hayot kechirgan Shayx Abu Bakr Zayniddin Ko’yi Orifon Toshkandiy nomiga qurilgan. Arxeologik tekshirishlarga ko’ra, yodgorlik yonida joylashgan chillaxona XIII asrga, maqbara o’rnida bo’lgan xonaqoh XIV asrga oid. Maqbara devori asosi XVI asrda qurilgan, tepasi va peshtoqi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ta’mirlangan. XIV asrda yashagan Markaziy Osiyolik mutafakkir Zangi otaning asli ismlari Oyxo’ja ibn Toshxo’ja bo’lgan. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob Eshonning avlodi hisoblanadi. Ranglari qora bo’lgani uchun zangi (zanji) deyishgan. Yodgorlikni Amir Temur qurdirgan, keyinchalik qo’shimcha qurilishlar qilingan. Zangiota majmuasi madrasa (XVIII-XIX asrlar), masjid (1870) va minora (1914-1915) hamda Anbar bibi maqbarasidan iborat. Peshtoqi Ulug’bek davrida (XV asrning birinchi yarmi) qurilgan. Peshtoq, darvozaxona, ziyoratxona va go’rxona saqlangan. Zangi otaning ayollari Anbar bibi Xorazm shohi Bug’roxonning qizi bo’lib, u dastlab Zangi otaning ustozlari va piri murshidlari Sulaymon Boqirg’oniy (Hakim ota)ning ayollari bo’lgan. XV asr boshlarida qurilgan Anbar bibi maqbarasi peshtoq, ziyoratxona hamda go’rxonadan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling