Xizmat ko‘rsatish sifati (Quality of Service, QoS) telekommunikatsiya sohasining


Download 140.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi140.14 Kb.
#1029210
Bog'liq
akademik yozuv islmjonov jahongir 2



Xizmat ko‘rsatish sifati (Quality of Service, QoS) telekommunikatsiya sohasining
butun taraqqiyoti mobaynidagi eng muhim mavzulardan biri hisoblanib kelingan.
Yaqin vaqtlargacha Internet xizmati ko‘rsatuvchilar va boshqa yirik kompaniyalar
nutqiy axborot, videotasvir va boshqa turdagi trafiklarni uzatish uchun alohida
tarmoqlar qurishga majbur bo‘lganlar. Hozirgi kunga kelib, barcha tarmoqlarning
IP (Internet Protokol) protokol asosidagi ma’lumotlarni paketli shaklda uzatuvchi
yagona tarmoqqa birlashayotgani hech kimga sir emas.
Eng katta IP tarmoq bu, shubhasiz, Internetdir. Internet va korporativ Intranetlar
o‘sishda davom etayotgan ekan, shu bilan birga, noan’anaviy turdagi xabarlarni
uzatishga yo‘naltirilgan ilovalar soni ham ortib bormoqda. Bunga IP tarmoq orqali
nutqni uzatish (Voice over IP, VoIP) yoki videokonferensiyani misol qilish
mumkin. Demak, Internet foydalanuvchilari va turli tarmoq ilovalari soni kun
sayin ortib borishi bilan mavjud tarmoqlar qatorida yangi paydo bo‘layotgan
ilovalar va xizmatlarni qo‘llab — quvvatlay olish ham zarur bo‘ladi.
Paketlar kommutatsiyasining paketli tarmoq orqali bir vaqtning o‘zida har xil
turdagi trafiklarni (ovoz, tasvir va matn) uzatish uchun qo‘llanilishi, talab
qilinayotgan xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashning yangi usullarini ishlab
chiqishni dolzarb masalaga aylantirdi. QoS usullari tutilishlarga sezgir
trafiklarning (masalan, ovozli) tutilishlar darajasini pasaytirish va shuningdek,
o‘rtacha tezlikni ta’minlab berishlari kerak. Qo‘yilgan vazifaning murakkabligi
shundaki, paketlar kommutatsiyasi usuli aslida tutilishlarga sezgirligi past bo‘lgan,
ya’ni tarmoqning oraliq qurilmalari (masalan, marshrutizatorlar) buferlarida
yuzaga keladigan tasodifiy tutilishlar katta xalaqit tug‘dirmaydigan trafiklar uchun
mo‘ljallangan.
UFTT (Umumiy Foydalanish Telefon Tarmog‘i) qurishda va tatbiq etishda
kafolatlangan xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash shundan iboratki, telefon
chaqirig‘iga xizmat ko‘rsatish barcha belgilangan me’yorlarga shu-ningdek, nutqni
uzatish sifat ko‘rsatkichiga mos kelishi kerak. Bu me’yorlar majmui ITU
(International Telecommunication Union — Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi) va
ETSI (European Telecommunications Standarts Institute — Yevropa
Telekommunikatsiya Standartlari Instituti) hujjatlarida keng yoritib berilgan.


Elektr aloqada xizmat ko‘rsatish sifatiga aloqador standartlar orasida asosiy
o‘rinlardan birini ITU ning E.800 tavsiyasi egallaydi.
1. Ishchi tavsiflararo (unumdorlik, ishonchlilik, yo‘qotishlar, tutilishlar) va
tarmoqlararo tavsiflar o‘rtasida aloqa tuzilmasini aniqlovchi ITU ning G.1000
tavsiyasiga qo‘shimcha ravishda ITU G.1010 tavsiyasi oxirgi foydalanuvchiga
yo‘naltirilgan ilova talab qiladigan parametrlarni o‘zida namoyon qiladi
([url=http://www.itu.int]www.itu.int[/url]).
UFTT da xizmat modeli“bog‘lanish o‘rnatish” tamoyiliga asoslangan edi va
bundan keyingi X.25, Frame Relay va “virtual kanallar” modeliga asoslangan
Keng Polosali Integral Xizmat Ko‘rsatuvchi Raqamli Tarmoqlar (Broadband
Integrated Services Digital Network, B-ISDN) kabi ma’lumot uzatish
texnologiyalari keng tarqaldi. B-ISDN tarmoqlarida ITU’ning I.356 va I.610 kabi
tavsiyalari hamda ATM forumi xizmat ko‘rsatish sifati parametrlari va ularni
tarmoqning oxirgi punktlari o‘rtasidagi ulanishda aniqlash usullarini ko‘rsatib
beradi.
Bugungi kunda hammaga ma’lumki, kanallar kommutatsiyasi va paketlar
kommutatsiyasi asosidagi tarmoqlar IP protokollar oilasiga asoslangan umumiy
infratuzilma yaratish tomon asta-sekinlik bilan harakat qilmoqda. Bu jarayon esa
“konvergensiya” nomini oldi. Konvergensiya tufayli vujudga keladigan
infratuzilma telefon, televideniye va Internet tarmog‘idan an’anaviy
foydalanuvchilar ilovalarining trafiklari transportini ta’minlay oladi. Lekin, hozirgi
kunda konvergensiya jarayoni sekin yuz bermoqda.
Bunga sabab, tarmoqlar va xizmatlar konvergensiyasini hamda bugungi kunda
kelgusi avlod tarmoqlari sifatida qaralayotgan IP asosidagi yagona tarmoq qurish
jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri hisoblangan- zarur xizmat ko‘rsatish
sifatini ta’minlash muammosidir. Kelajakda IP tarmoqlarda konvergensiya
imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun tarmoq resurslarini taqsimlashning
va trafiklarni boshqarishning yangi usullarini ishlab chiqish zarur. Bu esa, o‘z
navbatida, oxirgi foydalanuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan ko‘p sonli va xilma-
xil ilovalar uchun xizmat ko‘rsatishsifat ko‘rsatkichining turli darajalarini
ta’minlash imkonini beradi.
Quyida xizmat ko‘rsatish sifati bilan ta’minlangan IP tarmoqlarning asosiy
afzalliklari sanab o‘tilgan:
• mavjud va paydo bo‘layotgan multimediya xizmatlari hamda ilovalarni qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlash. Masalan, ovozni IP tarmoq orqali uzatish (VoIP) kabi bir
qator yangi ilovalar xizmat ko‘rsatish sifatiga-aniqlangan talablar qo‘yadi.
• xizmat ko‘rsatish kafolatini va tarmoq trafigini differensiyalashni ta’minlash.
Bu xususiyat audio, video va ilovalar trafiklarini yagona IP tarmoq miqyosida
birlashtirish uchun zarur hisoblanadi.
• Internet xizmati ko‘rsatuvchilar uchun mijozlarga qo‘shimcha xizmat turlarini


taqdim qilishga yo‘l ochadi.
• xususiy Virtual Tarmoqlar (Virtual Private Networks — VPNs) kabi yangi
texnologiyalar rivojida sezilarli rol o‘ynaydi.
Tarmoq trafigi oxirgi punktlar ilovalari paydo qiladigan turli oqimlardan iborat
bo‘ladi. Bu ilovalar bir-biridan xizmat ko‘rsatishga va tarmoq ishchi tavsiflariga
bo‘lgan turli talablari bilan farqlanadi. Shuningdek, tarmoqdagi QoS bilan bog‘liq
muammolarni hal qilish uchun, tarmoq ilovalarining qay turiga mansubligini bilish
kerak.
IP tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini standartlashtirish bo‘yicha ITU’ning
hujjatlarida, yo‘naltirilgan IP protokollariga asoslangan tarmoqlar uchun QoS ni
ta’minlash muammosi yechimlari quyidagi bosqichlardan iborat:
• IP tarmoqlarning kelishilgan, umumiy ishchi tavsiflar va me’yorlarni yaratish;
• “terminal-terminal” tuzilmasida belgilangan xizmat ko‘rsatish sifat
ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi tarmoq mexanizmlarini tatbiq qilish;
• signalizatsiya protokolida xizmat ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichining me’yoriy
qiymatining tanlanishi;
• qo‘llab-quvvatlovchi tarmoq mexanizmlar tuzilmasini ishlab chiqish.
2002-yilda ITU-T yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlardan birinchisiga aloqador
xalqaro standartlarni e’lon qildi. ITU Y.1540 tavsiyasi IP tarmoqlarda paketlarni
uzatish uchun standart tarmoq tavsiflarni aniqlaydi. ITU Y.1541 tavsiyasi esa


Y.1540 tavsiyasida aniqlangan parametrlar uchun me’yoriy qiymatlarni belgilab
beradi. Shuningdek, bu tavsiya ilovalariga bog‘liq holda xizmat ko‘rsatish
sifatining oltita sinfi ko‘rsatilgan.
Bu tavsiyalar telekommunikatsiya sohasidagi barcha operatorlar, provayderlar,
tarmoq qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va oxirgi foydalanuvchilar uchun juda
muhim hisoblanadi. Tarmoq operatorlari va provayderlar ulardan
loyihalashtirishda, joriy qilishda va oxirgi foydalanuvchilarning xizmat ko‘rsatish
sifatiga bo‘lgan talablariga mos holda IP tarmoqlarni baholashda foydalanadilar.
Ishlab chiqaruvchilar bu tavsiyalarga suyangan holda, tarmoq provayderlari
talablariga javob beruvchi qurilmalarni ishlab chiqaradilar.
Nihoyat, foydalanuvchilar esa, ayniqsa, korporativ mijozlar Y.1540 va Y.1541
tavsiyalarni iste’molchilarning talablariga mos holda real IP tarmoqlar tavsiflarini
baholashda qo‘llaydilar [Г. Г. Яновский «Качество обслуживания в сетях
IP»//«Вестник связи», № 1, 2008].
Y.1540 tavsiyasida foydalanuvchilar tomonidan baholanadigan oraliq xizmat
ko‘rsatishsifatiga (manbadan qabul qiluvchigacha) ularning ta’sir darajasini
belgilab beruvchi quyidagi tarmoq tavsiflari ko‘rib chiqiladi [Ш.Вегешна,
«Качество обслуживания в сетях IP»//«Вестник связи», №1, 2008, M.:
Издательский дом «Вильямс», 2003].
• tarmoqning unumdorligi;
• tarmoq va tarmoq elementlarining ishonchliligi;
• tutilishlar;
• tutilishlar variatsiyasi (djitter);
• paketlar yo‘qolishi;
• paketlar uzatilishidagi xatoliklar;

Download 140.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling