Xizmat ko‘rsatish sifati (Quality of Service, QoS) telekommunikatsiya sohasining butun taraqqiyoti mobaynidagi eng muhim mavzulardan biri hisoblanib kelingan


Download 102.82 Kb.
bet2/2
Sana16.12.2020
Hajmi102.82 Kb.
#168252
1   2
Bog'liq
uftt


Tarmoq unumdorligi yoki ma’lumotlar uzatish tezligi yoki “1” sekund yoki “iga” bitlarda o‘lchanuvchi uzatishning samarador tezligini belgilaydi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu parametrning qiymati o‘tkazish polosasi deb xato nomlanuvchi, tarmoqning maksimal o‘tkazish xususiyati bilan mos kelmaydi.

Tarmoq va tarmoq elementlari ishonchliligi. Foydalanuvchilar har doim aloqa tizimlaridan yuqori darajadagi ishonchlilikni kutadilar. Tarmoq ishonchliligi “tayyorlik” koeffitsiyenti bilan baholanadi. Ideal holatda tayyorlik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lishi kerak, ya’ni, tarmoqning 100 foiz tayyorligini ko‘rsatadi. Amaliyotda tayyorlik koeffitsiyenti 0 va 9 raqamlari bilan ifodalanadi. Masalan, 0,999 tarmoqqa yiliga 9 soat kirish imkoniyati bo‘lmasligini bildiradi. UFTT tarmog‘ining tayyorlik koeffitsiyenti 0,99999 bilan ifodalanadi, bu esa yiliga 5,5 minut deganidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy qurilmalar asosida, ya’ni serverlar, marshrutizatorlarda qurilgan IP tarmoqlarda 0,99999 tayyorlik koeffitsiyentini ta’minlash jiddiy muammolardan biri sanaladi. Buning sababi shuki, IP tarmoqlarda axborotni qayta ishlash UFTT dagi kabi apparat ta’minotiga emas, balki dasturiy ta’minotga asoslangan.



IP paket yetkazishdagi tutilish (IP paket transfer delay, IPTD). IPTD parametri (t2-t1) vaqt oralig‘i ya’ni, ikkita jarayon yuz berish vaqtlari o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bu yerda, t1 — paketning tarmoq kirish nuqtasiga kirish vaqti, t2 — paketning tarmoq chiqish nuqtasidan chiqish vaqti va (t2-t1)Tmax.

Umumiy holda, IPTD parametri muvaffaqiyatli uzatilgan va shuningdek, xatoliklarga ega bo‘lgan barcha paketlarning manbadan qabul qiluvchigacha yetkazishga sarflangan vaqt bilan aniqlanadi.



IP paketlar yetkazishning o‘rtacha tutilish parametri uzatilgan va qabul qilingan paketlarning tutilishlarining o‘rta arifmetik qiymati orqali aniqlanadi. O‘rtacha tutilish qiymati tarmoqda uzatilayotgan trafikka, foydalanish imkoni bo‘lgan tarmoq resurslariga va ko‘p hollarda, o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Yuklanishning ortishi va kirish imkoni bo‘lgan tarmoq resurslarining kamayishi tarmoq tugunlarida navbatning oshishiga va bu o‘z navbatida paketlar yetkazilishida o‘rtacha tutilish vaqtining oshishiga olib keladi.

Nutqiy va videoaxborotlar tutilishga sezgir trafiklarga misol bo‘la oladi. Agar paket yetkazishdagi tutilish belgilangan Tmax qiymatdan oshib ketsa, bunday paketlar tashlab yuboriladi. Real vaqt ilovalarda masalan, IP telefoniyada bu holat nutq sifatining yomonlashishiga olib keladi. IP paketlarning o‘rtacha tutilishi bilan bog‘liq cheklovlar Voice over IP(VoIP), videokonferensiya va boshqa real vaqtilovalarda muhim rol o‘ynaydi.

IP paketlar tutilishi variatsiyasi (IP paket delay variation, IPDV). Vk parametr IPDV tutilish variatsiyasini tavsiflaydi. Bu parametr k indeksli IP paket uchun, shu paketning tarmoq kirish va chiqish nuqtalari orasidagi tutilishning absolyut qiymati Xk va tutilishning belgilangan etalon qiymati, d1, 2, orasidagi farq orqali aniqlanadi, ya’ni:

Vk = Xk — d1,2

Manba va qabul qiluvchi o‘rtasida IP paket yetkazilishidagi etalon tutilish vaqti, d1, 2 mazkur tarmoq nuqtalari orasida birinchi IP paket yetkazilishidagi tutilishning absolyut qiymati orqali aniqlanadi. IP paketlar tutilish variatsiyasi, ya’ni djitter, ketma-ket jo‘natilgan paketlar qabul qiluvchiga betartib vaqtda yetib borishida namoyon bo‘ladi. IP telefoniya tizimida bu holat tovushda buzilish paydo bo‘lishiga va nutqni farqlash imkoniyatining yomonlashishiga olib keladi.



IP paketlar yo‘qolish koeffitsiyenti (IP packet loss ratio, IPLR). IPLR koeffitsiyenti yo‘qolgan paketlar umumiy sonining uzatilgan va qabul qilingan paketlar umumiy soniga nisbati orqali aniqlanadi. IP tarmoqlarda paketlar yo‘qolishi ularning uzatilishidagi tutilish qiymatining me’yoriy qiymat ya’ni, Tmax dan oshib ketgan holda yuzaga kelishi mumkin. Agar paketlar yo‘qolsa, qabul qilayotgan tomon talabi bo‘yicha ular qayta jo‘natilishi mumkin. VoIP tizimlarida qabul qiluvchiga Tmax’dan katta tutilish vaqti bilan yetib kelgan paketlar tashlab yuboriladi. Bu esa o‘z navbatida qabul qilinayotgan nutqda buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunga asosiy sabablardan biri, tarmoq tugunlarida navbatning oshib ketishidir [А.В.Розляков, «IP-telefoniya», M.: EKO- TRENDZ, 2003].

IP paketlar xatoligi koeffitsiyenti (IP packet error ratio, IPER). IPER koeffitsiyenti xatolik bilan qabul qilingan paketlar sonining barcha qabul qilingan paketlar soniga nisbati orqali aniqlanadi.

Y.1541 tavsiyasida kuzatish mobaynidagi tarmoq tavsiflarining haqiqiy qiymatlarini o‘lchash bilan bog‘liq parametrlar tizimi keltirilgan. Ko‘pincha, IP telefoniyada uzatish tezligi 50 paket/s bo‘lgan holda kuzatish intervali 1 — 20 s tartibda olinadi. Tutilish, djitter va yo‘qolishlarni o‘lchash uchun olinadigan interval esa 60 s dan kam bo‘lmasligi kerak.

Y.1541 tavsiyasi xizmat ko‘rsatish sifati sinflari va ilovalar o‘rtasida moslik o‘rnatadi. Ular quyidagilar:
• Sinf 0 — yuqori darajali interaktivlik bilan xarakterlanadigan, djitterga sezgir bo‘lgan real vaqt ilovalari. Masalan, VoIP va videokonferensiya;
• Sinf 1 — interaktiv, djittergasezgirreal vaqt ilovalari (VoIP, videokonferensiya);
• Sinf 2 — yuqori darajali interaktiv ma’lumotlar tranzaksiyasi. Masalan, signalizatsiya;
• Sinf 3 — interaktiv ma’lumotlar tranzaksiyasi;
• Sinf 4 — past darajali yo‘qotishli ilova. Masalan, qisqa tranzaksiya, ma’lumotlar massivi;
• Sinf 5 — IP tarmoqlardan an’anaviy foydalanish.

Tarmoqning asosiy xususiyatlaridan biri turli ilovalar talab qilayotgan xizmat ko‘rsatish sifati darajasini ta’minlashdir. Bu darajalar tarmoq unumdorligi tavsiflari — o‘tkazish polosasi, tutilishlar, paketlar yo‘qolishiga ko‘ra quyidagi uchta sinfga bo‘linadi [Ш.Вегешна, «Качество обслуживания в сетях IP»//«Вестник связи», №1, 2008, M.: Издательский дом «Вильямс», 2003].



Ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazish (best effort service). Paketning borish vaqtini va hattoki, uning belgilangan punktga yetib borishini kafolatlamasdan tarmoq tugunlari o‘rtasidagi aloqani ta’minlash. Lekin, paketlarni tashlab yuborish faqatgina, marshrutizatorning kirish yoki chiqish navbati buferida yuklanish ro‘y bergandagina sodir bo‘lishi mumkin. Shuningdek, paketlarni kafolatlanmagan shaklda yetkazish hozirgi kunda Internetni qo‘llab — quvvatlaydigan birdan — bir xizmat turidir. Unumdorlikning birmuncha past bo‘lishiga qaramasdan, axborot uzatishga yo‘naltirilgan ko‘pchilik ilovalar (masalan, FTP protokoli yordamida axborot almashinishni ta’minlovchi ilova) uchun bu xizmat yetarli hisoblanadi.

Differentsiyal xizmat ko‘rsatish (Differentiated service). Xizmat ko‘rsatishni differensiyallash trafiklarni xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab sinflarga ajratadi. Har bir trafik sinfi tarmoq tomonidan shu sinf QoS mexanizmlariga mos holda qayta ishlanadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, differensiyal xizmat ko‘rsatish ko‘rsatiladigan xizmat kafolatini o‘z-o‘zidan ta’minlamaydi, ya’ni, trafik har biri o‘z mavqeiga ega bo‘lgan sinflarga taqsimlanadi. Shu sababli ham, differensial xizmat ko‘rsatish ko‘p hollarda yumshoq QoS (soft QoS) deb yuritiladi. Differensial xizmat ko‘rsatishni jadal trafikli ilovalar mavjud tarmoqlarda qo‘llash qulaydir.

Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish (Guaranteed service). Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishtrafik oqimlari tomonidan xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan maxsus talablarni qondirish maqsadida tarmoq manbalarini rezervlaydi. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishga mos ravishda trafikning barcha harakat trayektoriyasi bo‘ylab tarmoq manbalarini dastlabki rezervlash bajariladi. Kafolatlangan xizmat ko‘satishni tarmoq manbalariga bo‘lgan qat’iy talablari tufayli ko‘p hollarda qattiq QoS (hard QoS) deb ham ataydilar. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan ilovalarga ovozli axborotni va videotasvirni uzatishni amalga oshiruvchi multimediya ilovalari kiradi.

Nutqni Internet orqali uzatishga mo‘ljallangan interaktiv ilovalar yetarli darajada, agar paketlar orasidagi tutilish 100 ms dan ko‘p bo‘lmasa, yaxshi ishlashi mumkin. Masalan, Internet — telefoniya ilovasi uchun o‘tkazish polosasi eng kamida 8 kbit/s bo‘lgan va paketlar orasidagi tutilish vaqti 100 ms dan yuqori bo‘lmagan axborot uzatish kanali zarur.



Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, IP tarmoqlarda talab qilingan xizmat ko‘rsatish sifati muammosi yechimlariga kafolatlangan o‘tkazish polosasi taqdim qilinishi, tarmoq mexanizmlarining, ya’ni, marshrutizatorlar va shlyuzlarning unumdorligining oshirilishi, yuqori o‘tkazish xususiyatiga ega magistral liniyalar ishlatilishi va tarmoq resurslaridan samarali foydalanilishi orqali erishish mumkin.
Download 102.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling