Xizmat kursatish texnologiyasi jarayonining puxtaligi


Download 75.76 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi75.76 Kb.
#1022153
  1   2   3   4
Bog'liq
XIZMAT KURSATISH TEXNOLOGIYASI JARAYONINING PUXTALIGI




XIZMAT KURSATISH TEXNOLOGIYASI JARAYONINING PUXTALIGI
MA’RUZANING
rejasi
1. Texnologiya operasiyalarining puxtaligini baholash
2.Texnologiya operasiyalari puxtaligini sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash. 3.Texnologiya jarayonlarining puxtaligini baholash

Texnologiya jihozlarining puxtaligi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish bilan bir qatorda unumdorlikni pasayishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun texnologiya tizimlari puxtaligi faqat sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha emas, balki bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot) hajmi bo‘yicha ham ko‘rib chiqiladi.


Puxtalik nazariyasi usullarini texnologiya tizimlari xossalarining taxliliga qo‘llash texnikaviy hujjatlar talablariga mos keladigan belgilangan hajmdagi mahsulot tayyorlashni (belgilangan miqdordagi ishni bajarishni) ta’minlaydi.
Texnologiya tizimi – bu texnologiyaviy ta’minot vositalari, ishlab chiqarish ob’yektlari, texnologiya jarayonlari va operasiyalarini bajarish uchun zarur va yetarli bo‘lgan, yuklatilgan vazifalarni texnik hujjatlar talablariga mos ravishda bajarishga tayyor holatda bo‘lgan vositalar va ijrochilar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Texnologiya tizimi tushunchasi bitta operasiyani bajarish yoki alohida operasiyalardan tashkil topgan qandaydir jarayonni bajarish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Masalan, avtomatik yo‘nish texnologiya tizimiga dastgoh, moslama, asbob, detal (material yoki xomaki mahsulot), sozlovchi, ishchi kiradi. Bitta operasiyaning texnologiya tizimiga nazorat vositalari va nazorat o‘tkazuvchi ishchi ham kirishi mumkin. Texnologiya jarayonining texnologiya tizimi barcha alohida operasiyalarning elementlarini, shuningdek zavod (yoki cex) ichki transport vositalarini ham, mexanizasiya vositalari va yordamchi operasiyalarni avtomatlashtirish vositalari va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
Texnologiya tizimi va uning elementlarining xossalari va ko‘rsatkichlari ishlash jarayonida, ya’ni operasiyalarni bajarish vaqtida o‘zgarib boradi. Shuning uchun texnologiya tizimi ma’lum paytda ishchan yoki ishlamaydigan holatda bo‘lishi mumkin. Agar texnologiya tizimi bir vaqtning o‘zida texnikaviy xujjatlarda belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga mos mahsulot tayyorlashni va vaqt birligi ichida yaroqli mahsulotni belgilangan hajmda tayyorlashni ta’minlay olsa, uni ma’lum paytda ishchan holatda bo‘ldi deb aytamiz. Agar tizim bu talablarning birortasini bajarishni ta’minlay olmasa, u ishlamaydigan holatda deb hisoblanadi.
Agar muayyan ishlov berish operasiyasidan keyin nazorat operasiyasi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu nazorat jarayonida nuqsonli mahsulotlar topilsa va ular yaroqsizlarga ajratilsa, bunday hodisalar texnologiya operasiyasining tayyorlangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlamay qolishi sifatida ko‘rilmasligi kerak. Aynan bunday hodisalar unumdorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlamay qolishga olib kelishi mumkin. Aks holda, ishlab chiqarish nuqsonlari nazorat operasiyasi jarayonida ma’lum bo‘ladigan, 100 % ga yaqin yaroqsiz mahsulot beruvchi texnologiya jarayoni ham yuqori puxtalikka ega deb topilishi mumkin.
Ayrim paytlarda texnologiya tizimi sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishchan bo‘lishi va unumdorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlamaydigan holatda yoki buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham texnologiya tizimini ishlamaydigan holatda deb hisoblash kerak.
Xuddi mashinalardagi kabi texnologiya tizimlarida ham ishlamay qolishlar to‘satdan va asta-sekin sodir bo‘lishi mumkin.

Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling