MA’LUMOTNOMA
Biror tashkilot, korxona yoki muassasada bo`lgan voqea, mavjud holatlarni aniq dalillar asosida tasdiqlash yoki ular haqida talab etilgan joyga ma’lumot berish maqsadida tuziladigan, shuningdek, fuqarolarning ish joyi, lavozimi, oylik maoshi miqdori, o`qish joyi, mutaxassisligi, kursi, yashash joyi, turmush sharoiti, oilaviy ahvoli kabilar to`g`risida ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat. Ma’lumotnomalar ham mazmuni va vazifasiga ko`ra ikki turga bo`linadi. 1. Xizmat ma’lumotnomalari. 2. Shaxsiy ma’lumotnomalar.
Xizmat ma’lumotnomalari korxona yoki muassasa faoliyatiga oid voqea-hodisalar, mavjud holat, ishlab chiqarish va boshqa sohalar bo`yicha turli-tuman ma’lumotlarni qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan boqg`iq xizmat ma’lumotnomalarini qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan boqg`iq xizmat ma’lumotnomalarini qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan bog`liq xizmat ma’lumotnomalari talab etilayotgan mavzu doirasidagi dalillar, raqamlar, ma’lumotlar asosida tuziladi.
Shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarning ayrim turlari korxona, muassasa, tashkilot, qishloq va mahalla kengashlari tomonidan avvaldan tayyorlab qo`yilgan andozalarga to`ldirib beriladi. Ularga tegishli ma’lumotlar qayd etilib, imzolanadi va muhr bosiladi. Bunday andozalarning qulayligi shundaki, uning o`zida qaysi tashkilot tomonidan berilayotganligi yozib qo`yilgan bo`ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda fuqaro o`qiyotgan o`quv yurti, ishlayotgan korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati, yashayotgan joyi bo`yicha mutasaddilar tomonidan uning qayerda, qaysi fakultet, bo`lim, kursda o`qishi, qayerda va kim bo`lib ishlashi, oylik maoshi, yashash joyi, uy-joy sharoiti, moddiy-maishiy ahvoli, oila a’zolari va boshqa shu kabilar to`g`risida ma’lumot berilib, mavjud holat tasdiqlanadi. Shuningdek, tibbiy muassasalar ham shaxsning salomatligi yoki betobligi haqida shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarni berishlari mumkin.
Shaxsiy ma’lumotnomalarning zaruriy qismlari:
- ma’lumotnoma beruvchi tashkilot nomi, uning manzili;
- ma’lumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
- hujjat nomi - ma’lumotnoma;
- ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- matn (unda tasdiqlanayotgan voqea, dalillar, ma’lumotlar, holat qisqa ravishda bayon etiladi);
- hujjatning qayerga taqdim etilishi haqidagi qayd,
- ma’lumotnomani tasdiqlovchi mutasaddilarning lavozimi, familiyasi, ismi, imzosi va muhr.
O`zbekiston Respublikasi Oliy
va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand davlat universiteti
2016-yil 12-yanvar N 131
Universitet hiyoboni, 15.
MA’LUMOTNOMA
Fattoyeva Feruza Hamid qizi Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti sirtqi bo`lim ikkinchi mutaxassislik yo`nalishi to`rtinchi kurs talabasi hisoblanadi. U 2016-yil 2-yanvardan
12-yanvargacha qishki imtihonlar sessiyasi mashg`ulotlarida ishtirok etdi.
Ma’lumotnoma Samarqand viloyati Narpay tumanidagi ikkinchi g`isht zavodi ma’muriyatiga taqdim etish uchun berildi.
SamDU
bo`limi boshligi: imzo Hasanov O.U.
Muhr
Do'stlaringiz bilan baham: |