Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari: - Hujjatning nomi (Telegramma ).
- Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar).
- Telegramma yetib borishi zarur bo‘lgan joy manzili, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi.
- Matn.
- Jo‘natuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas).
- Xabar jo‘natuvchining manzili.
- Matn kimning nomidan jo‘natilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning imzosi.
- Muhr.
- Sana.
Telefonogramma - Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida bo‘ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog‘ozining bir turi hisoblanadi.
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari: - Manzil.
- Hujjatni yo‘llovchi muassasaning nomi.
- Telefonrgrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari.
- Qabul qilish vaqti.
- Nomi.
- Tartib raqami.
- Sana.
- Matn.
- Imzo chekkan shaxs.
XATLAR - Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir.
Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: - javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar).
- javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).
- Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda, xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko‘rsatiladi.
- Ikkinchi qismida xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi.
- Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |