Shunga ko‘ra barcha birlamchi elektr
ta’minotlarida qoplovchi induktiv qurilmalar o‘matilgan va ular zanjirga ulangan ta’minlovchi parametrlariga qarab avtomatik ravishda o‘z induktivliklarini o‘zgartirib turadilar
Elektr zanjirining barcha elementlari — aktiv va induktiv qarshiliklar kuch transformatorlari, kabel va havo liniyalari, 10—15 metr va undan uzun shinalar, ko‘p chulg‘amli tok transformatorlari avtomatik uzgich g‘altaklari, rubilniklar, avtomatik uzgichlar o‘tish kontaktlari, ayniqsa, nimstansiya
komplekti transformatorlarining razemlari va boshqalar ekvi- valent almashuv sxemasiga kiritiladi.

Maksimal tok uzgichlari nominal toki 50 A gacha bo‘lganda qarshiligi q=2 MOm ni tashkil qilsa, toki 1000 A va undan ortiq bo‘lganda esa bu qarshilikni hisobga olish shart bo‘lmay qoladi. Boshqa elementlar (rubilnik kontaktlari, avtomatlari) qarshiliklari spravochniklardan oli- nadi. Amaliy hisob-kitoblarda bu qarshiliklar inobatga olinmasligi mumkin
QT tokini aktiv usullar bilan cheklashni tokni cheklovchi uzgich apparatlarini qoMIashdan boshlaymiz. Bunday appa- ratlarga yuqori va past kuchlanishlarda qo‘llanuvchi eruvchi himoyalagichlar va ko‘pgina turdagi avtomatik uzgichlar kiradi. Ular yordamida tokni uzishga ketadigan 0,01 vaqt daqiqadan kam va shunga ko‘ra apparatning chiqish qismi- dagi QT toki o‘zining zarbaviy qiymatigacha o‘sa olmaydi (2.14-rasm). Tok cheklovchi apparatdan o‘tayotgan tokning miqdori shunchalik kichikki, apparatdan keyin joylashgan apparat va o‘tkazgichlar termik tekshiruvdan o‘tkazilmaydi. Tok cheklovchi apparatdan keyindagi zarbaviy tok qiymatini apparatning uzish vaqti orqali aniqlanadi yoki apparat kirish qismidagi QT toki va katalogdan olinadigan qiymatlar asosida topiladi. Bu usul QT tokini cheklash bo‘yicha eng samarali va iqtisodiy arzon usul hisoblanadi. Uning qo‘llanishi apparatning uzish «qobiliyati» bilan cheklanadi.
Pasl kuchlanish tarafida issiqlik (bimetall) avtomatik aj- ratgichlar, odatda, uzgichlar tokining kichik nominal qiyma- tida uzgich orqasidagi QT tokining qiymatini keskin pasay- tiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |