Xizmati bino va inshootlarining joylashtirilishi


Yo‘ldagi binolar va yordamchi inshootlar bo‘yicha


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1787774
1   2   3
Bog'liq
3 slayd

Yo‘ldagi binolar va yordamchi inshootlar bo‘yicha:
devorlar va qoplamalar materiallarini 40 foizgacha 
almashtirgan holda binolarning nuqsonlari va 
shikastlanishlarini tuzatish, suvoqlarni to‘g‘rilash va 
tirqishlarni ta’mirlash, to‘siq, devor, pol, shift, tom, eshik, 
pech, quduq, suv quvuri, kanalizatsiya va gaz tarmog‘i, aloqa 
liniyalarining ayrim elementlarini almashtirgan holda bo‘yash, 
oqlash, oyna qo‘yish, ta’mirlash;
ishlab chiqarish binolari va yo‘ldagi binolarning tashqi 
devorlarini qisman tiklash;


Avtomobil yo‘llarini jihozlash, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha:
etishmayotgan yo‘l belgilarini tiklash va yangidan o‘rnatish hamda yo‘l qatnov qismining gorizontal yo‘l belgilarini 
chizish, shuningdek yakka tartibdagi loyihalash tablosini tiklash va o‘rnatish;
to‘xtash, bekat maydonchalari qurish va mavjudlarini tiklash, avtobus bekatlarida avtopavilonlar, hojatxonalar, 
avtomobillarning to‘xtash va to‘xtab turish maydonchalari, piyodalar o‘tish joylari hamda yo‘lkalar, piyodalar va 
velosipedchilar yo‘lkalari, aholi punktlaridan o‘tadigan yo‘l uchastkalarida shovqindan himoya qilish qurilmalarini 
qurish va ularni ta’mirlash;
ayrim to‘siqlar va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish hamda ayrim konstruktiv elementlarini almashtirgan holda 
ularni ta’mirlash;
harakatni dispetcher orqali va avtomatlashtirilgan boshqarish elementlari va tizimlarini o‘rnatish, tiklash va 
takomillashtirish, avtonom va masofadan turib boshqariladigan belgilarni va axborot almashib turadigan tabloni, 
svetofor obyektlarini yangidan o‘rnatish va mavjudlarini tiklash;
harakatlanish uchun xavfli avtomobil yo‘llarida gorizontal egri joylarda virajlar qurish;
avtomobil yo‘llari va ularning ayrim uchastkalari, yo‘l yechimlari, dam olish maydonchalarini, avtobus bekatlari, 
kuzatish maydonchalari va boshqa obyektlarni me’moriy-badiiy bezash, jihozlash va obodonlashtirish;
avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va tonnellarda elektr yoritqichlarni 
ta’mirlash va tiklash;
yo‘l radio aloqasi hamda texnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani ta’mirlash va tiklash, kabel tarmog‘ini 
tiklash;
ta’mirlash davrida vaqtinchalik yotiq yo‘l belgilari chizish, vaqtinchalik yotiq yo‘l belgilarini o‘chirish va doimiy 
gorizontal va vertikal yotiq avtomobil yo‘l belgilarini chizish;
ko‘rinishni ta’minlash uchun ayrim daraxtlarni olib tashlash va daraxt shoxlarini kesish;
avtomobil yo‘llari jihozlari va elementlarini bo‘yash, ularni ozoda va tartibli saqlash;



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling