Xizmatning soxaga tegishliligi Yo’l harakati xavfsizligi va uni tashkil etish Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi
Download 46.08 Kb. Pdf просмотр
|
- Навигация по данной странице:
- Xizmatning soxaga tegishliligi
- Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi
- Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi
- Muddatlar va to’lov: Xizmat narxi va to’lash tartibi
- -Shikoyat arizasini berish tartibi
Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi Avtotransport vositalariga va tirkamalariga (yarim tirkamalariga) ro’yxatdan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish hamda davlat raqami belgilarini berish.
Yo’l harakati xavfsizligi va uni tashkil etish
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar. Jismoniy shaxslargaqarashli transport vositalari ularning doimiy turar-joylariga, doimiy turar- joyi bo’lmagan taqdirda vaqtinchalik turar-joylariga O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq muomala layoqatiga ega bo’lgan fuqarolar nomiga ro’yxatdan o’tkaziladi. Avtotransport vositalari 18 yoshga to’lgan, mototransport vositalari 16 yoshga to’lgan, mototransport vositalari esa 16 yoshga to’lgan shaxslar nomiga ro’yxatdan o’tkaziladi (lotoreya va shunga o’xshash boshqa ommaviy o’yinlarda yutuqqa chiqqan, vasiyatnoma va qonun bilan belgilangan tartibda meros asosida o’tgan avtomototransport vositalari bundan mustasno). Respublikada tashqariga o’qishga, ishga, harbiy xizmatga, uzoq muddatli xizmat safariga ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yozma arizalari asosida ularga qarashli transport vositalarini ularning roziligi bilan qarindoshlarning turar-joylariga, shuningdek, egasining avvalgi turar-joy maydoni yashash uchun uning nomida saqlanib qolgan bo’lsa, avvalgi turar-joyiga ro’yxatdan o’tkazish uchun ruxsat etiladi. Ayrim sabablarga ko’ra transport vositasining egasi ro’yxatdan o’tkazish bo’limlariga kela olmasa, transport vositasi egasining vakili tomonidan notarial idoralaridan berilgan ishonch qog’ozi va qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro’yxatdan o’tkaziladi. Transport vositalarini harbiy xizmatchilar nomiga ro’yxatdan o’tkazish turar-joyga ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi ichki ishlar organi yoki uy-joy ajratilganligi to’g’risida harbiy qism tomonidan berilgan ma’lumotnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Transport vositalari yuridik shaxslar amalda yashayotgan manzilda ro’yxatdan o’tkaziladi. Agar mahalliy hokimiyatlarning qarorlarida ko’rsatilgan bo’lsa, korxonalarga qarashli transport vositalarini ularning yuridik shaxs hisoblanmagan filiallari, bir tizimdagi boshqa bo’lim va bo’linmalari joylashgan erda transport vositasini ijaraga olgan korxona joylashgan erda ro’yxatdan o’tkazishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda qayd etish guvohnomasida transport vositasi egasining nomi, uning manzili va qo’shimcha ravishda transport vositasi turadigan joy ko’rsatiladi.
Transport vositalarini qayd etish Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari DYHXX boshqarmalarining ro’yxatdan o’tkazish va imtihon olish bo’lim (bo’linma) (keyingi o’rinlarda RIB deb ataladi) lari, tumanlararo ro’yxatdan o’tkazish va imtihon olish bo’lim (bo’linma) (keyingi o’rinlarda TRIB deb ataladi) lari tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlar: Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)
a) Transport vositalarining turgan o’rni yoki egasining yashash joyi o’zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida: - belgilangan tartibdagi ariza; - texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon); - korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan o’rni o’zgarishiga asos bo’lgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori); - transportlarning turgan o’rnini hududlardagi DYHXX organlari tomonidan ko’rikdan o’tkazilganligi haqidagi dalolatnoma; - fuqarolar uchun shaxsiy pasport yoki uning o’rniga berilgan hujjat.
- belgilangan tartibdagi ariza; - nomi o’zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, farmoyish, qaror); - fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o’zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
- belgilangan tartibdagi ariza; - notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, lizing, sublizing shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar; - sud qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi idoralari tomonidan berilgan order; - chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma; - bir vazirlikka qarashli va bir moliyaviy tizimdagi tashkilotlar uchun yuqori organlarning DYHXX ro’yxatida bo’lgan transport vositalarini balansdan balansga bepul ajratilganligi to’g’risidagi buyrug’idan ko’chirma. g) Qayta jihozlash, rangi, raqamli agregatlari o’zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida: - belgilangan tartibdagi ariza; - raqamli agregatlar qonuniy sotib olinganligi to’g’risida hujjat (hisob-ma’lumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi, bojxona guvohnomasi) kirim kassa order iva yuk xati (nakladnoy), avtotuzatish zavodining pasporti, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi); - bir zavoda ishlab chiqarilgan, bir-biriga mos keladigan transport vositalarining (VAZ-2101-21011, M- 408-412, GAZ-24-2410, shunga o’xshash) ba’zi qismlari (bamper, fara, ogohlantirish yoritgichlari, old va orqa paneli, kapot va qanotlari) o’zgarganda, texnik xizmat ko’rsatish shoxobchalari tomonidan berilgan buyurtma-naryad, ma’lumotnomalar (agar shu ehtiyot qismlar bozordan sotib olingan bo’lsa, bundan tashqari, egasining tushuntirish xati); - transport vositasi uy sharoitida mustaqil ravishda bo’yalganda egasining tushuntirish xati.
oshiriladi: - yuridik shaxslar uchun: - belgilangan tartibdagi ariza; - davlat tashkilotlari uchun yuqori tashkilotning buyrug’i, nodavlat tashkilotlari uchun umumiy majlis bayoni yoki qarori (buyrug’i); - yaroqsiz, keraksiz ehtiyot qismlar yoki maxsus moslamalar xo’jalik hisobidan chiqarilganligi yoki echib olinganligi to’g’risidagi dalolatnoma; - hududiy DYHXX boshqarmalari RIB (TRIB) laridan berilgan xulosa; - davlat tashkilotiga tegishli transport vositalari va shaxsiy yuk avtomobillari; avtobus, mo’’jaz avtobuslar uchun hududlardagi mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning yozma ruxsatnomasi; - qayta jihozlangan transport vositasiga RIB (TRIB) lari tomonidan texnik holat to’g’risida tuzilgan dalolatnoma; - o’rnatilgan dvigatelga avtouzatish korxonasi tomonidan berilgan pasport; - qayta jihozlangan avtomobilni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; - maxsus moslama o’rnatilgan transport vositalari uchun O’zbekiston Respublikasi IIV DYHXX boshqarmasi tomonidan konstruktsiyasi kelishilganligi to’g’risida berilgan guvohnoma nusxasi. Transport vositasi avtotuzatish korxonasi tomonidan qayta jihozlangan bo’lsa, qayd etish guvohnomasida uning qayta jihozlangan vaqti, o’rnatilgan agregat raqamlari haqida shu korxonaning belgisi bo’lishi lozim. Shaxsiy foydalanishdagi avtomobillar uchun: - belgilangan tartibdagi ariza; - raqamli agregatlar va transport vositasiga o’rnatilgn ehtiyot qismlar qonuniy ravishda sotib olinganligi to’g’risidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, hisob-ma’lumotnoma), agar bozordan sotib olingan bo’lsa (raqamli agregatlardan tashqari), egasining tushuntirish xati; - qayta jihozlangan transport vositasiga RIB (TRIB) lari tomonidan texnik holat to’g’risida tuzilgan dalolatnoma; - hududiy DYHXX boshqarmalari RIB (TRIB) laridan berilgan xulosa; - texnik xizmat ko’rsatish shoxobchalarining buyurtma-naryadi yoki avtotuzatish zavodlaridan berilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; - o’rnatilgan dvigatelga pasport. Mustaqil ravishda qayta jihozlangan transport vositalarini qayta ro’yxatdan o’tkazishda egasining yozma tushuntirish xati va texnik xizmat ko’rsatish shoxobchasining shu avtomobil qay darajada to’g’ri qayta jihozlanganligi hamda yo’llarda harakatlanish xavfsizligi talablariga mos kelishi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etiladi.
ko’rsatilgan bo’lsa, barcha mulk egalarining yozma roziligiga asosan transport vositasi ulardan faqat bittasining nomiga qayta ro’yxatdan o’tkaziladi. 18 yoshga to’lmagan merosxo’r nomidan yozma ruxsatnomani vasiylik va xomiylik idoralari beradi. 3. Bir vazirlik, idora, tashkilotlarga qarashli va bir moliyaviy tizimdagi bir tashkilot balansidan ikkinchi tashkilot balansiga transport vositalari yuqori idoralarning bepul ajratilganligi to’g’risidagi buyrug’idan ko’chirma asosida qayta ro’yxatdan o’tkaziladi.
hokimiyat qarori bilan maxsus ajratilgan savdo shoxobchalari orqali sotishga ruxsat etiladi. Bunday transport vositalari hisob-ma’lumotnoma, sud yoki bojxona idorasi qarori nusxasi asosida texnik hujjat (tex-pasport, qayd etish guvohnomasi) larsiz ro’yxatdan o’tkaziladi. 5. Ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan joylarda saqlash muddati tugagan va egasiz deb topilgan, joylardagi hokimliklar qarorlari bilan davlat hisobiga o’tkazilgan va 4-bandda ko’rsatilgan savdo shoxobchalari orqali sotilgan transport vositalari ularning yangi egalari nomiga hisob-ma’lumotnoma va hokimlik qaroridan ko’chirma asosida texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon)larsiz belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 maydagi 256-sonli “Avtomototransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida”gi Qarori.
1. Avtotransport vositalariga ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilari (keyingi o’rinlarda RO’DRB deb yuritiladi) uchun - eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida; 2. Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun - eng kam ish haqining 75 foizi miqdorida; 3. Tranzit RO’DRB uchun - eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida; 4. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO’DRB o’rniga yangi RO’DRB berish uchun - eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida; 5. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO’DRB o’rniga yangi RO’DRB berish uchun - eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida. Izoh: - yo’qotilgan RO’DRBlar o’rniga yangisini berish uchun belgilangan to’lov stavkasining 3 baravari miqdorida undiriladi; - yo’qotilgan eski namunadagi davlat raqam belgilari o’rniga yangisini berish uchun belgilangan to’lov stavkasining 2 baravari miqdorida undiriladi; - transport vositasini ro’yxatdan o’tkazishda RO’DRBlarni saqlab qolish uchun belgilangan to’lov stavkasining 50 foizi miqdorida undiriladi; - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan nogironlarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga RO’DRBlarni berish uchun to’lov undirilmaydi. (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 21 dekabrda 2303-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-son buyrug’i Xizmatni ko’rsatish tartibi Ariza bilan murojaat etgan shaxslarga shu kunning o’zida, tegishli hujjatlar olinib, transport vositalari ko’zdan kechirilib, avtotransport vositalariga va tirkamalariga (yarim tirkamalariga) ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilari beriladi. Natija: -Natijani olish usullari Ariza bilan murojaat etgan shaxslarga shu kunning o’zida, tegishli hujjatlar olinib, transport vositalari ko’zdan kechirilib, avtotransport vositalariga va tirkamalariga (yarim tirkamalariga) ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilari beriladi. Qayd etish hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish zarurati bo’lgan vaqtda texnik ko’rikdan o’tkazish hamda raqamli agregatlarning texnik hujjatlarga mos kelishini solishtirish uchun transport vositalari joylardagi DYHXX RIB (TRIB) lariga keltirilishi shart.
Tegishli hujjatlar bilan murojaat etgan va transport vositalari soz bo’lgan avtotransport vositalari egalariga avtotransport vositalariga va tirkamalariga (yarim tirkamalariga) ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilari beriladi. Ro’yxatdan o’tkazilgan avtomobillarga bir juft davlat raqami belgisi va qayd etish guvohnomasi; mototransport vositalari, tirkama va yarim tirkamalarga bir dona davlat raqami belgisi va qayd etish guvohnomasi beriladi.
-Rad etish sabablari Quyidagi transport vositalari: - transport vositalari egasi (korxona) ning yozma arizasi hamda qonuniy sotib olinganligini, ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan yig’imlar to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan; - agregatlardan va ehtiyot qismlardan yig’ilgan; - yaroqsizligi uchun DYHXX hisobidan chiqarilgandan so’ng qayta tiklangan; - yopiq joylarda foydalaniladigan texnologik transport vositalari; - konlarda, shaxtalarda va karerlarda ishlatiladigan maxsus transport vositalari; - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi bilan kelishilmagan holda mustaqil tayyorlangan yoki texnik shartlarga xilof ravishda qayta jihozlangan transport vositalari; - rul boshqaruvi o’ng tomonda bo’lgan avtomobillar DYHXX tomonidan ro’yxatdan o’tkazilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar ichki ishlar organlarining qarorlari va harakatlari ustidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (og’zaki va yozma ko’rinishda, ishonch telefonlari orqali) DYHXX va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga shikoyat qilishga haqlidir. Каталог: images -> PDF PDF -> Terre dei santi PDF -> Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi PDF -> Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi PDF -> Preußische Zeit (Stand 1930) Rheinland-Pfalz PDF -> Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling