Xizr ko’rgan yigit


Download 15.71 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi15.71 Kb.
#1154689
Bog'liq
6-amaliy topshiriq adabiy jarayon


6-Amaliy Topshiriq.
1. “Xizr ko’rgan yigit” qissasida qahramon turli vaziyatda ham jug’rofiy sharoitlarda o’zligini namoyon etadi. Xarakter o’zgaruvchanligi uning botini va ijtimoiy munosabat ta’sirida yuzaga keladi. Qahramon ruhiy olamiga xos turf axil qirralar bir-biriga o’tib turadi. Aslida, obraz tub mohiyati inson mukammalligini to’la dalillay olmaydi. Chunki unda yaxshi xislatlar yomon xulq-atvorga qorishib ketadi. Zotan, inson ruhiy olamida shakllangan amaliy boshqaruv tizimi uning tashqi faoliyatini yuzaga chiqaradi. Xatti-harakat, urf-odat, ong va tuyg’u miqiyosi ko’lamini aynan ijtimoiy faoliyat nazorat qiladi. Shuning uchun ham inson faqat ruhiy holatdagina asl mohiyatga yaqinlashadi. Demak,adabiy talqin rang-barang,tasvir esa ko’p qatlamli murakkab hamda serqirra bo’lishi tabiiy mohiyat kasb etadi.
2.Mirkarim Osim “ To’maris” qissasi.
Mirkarim Osim o’zbek adabiyotida kutilmagan tarixiy syujetli asarlari bilan shuhrat qozongan istedodli adib sanaladi. “To’maris” asari haqida so’z yuritadigan bo’lsak, asar boshlanishi bilanoq, M.Osimning so’z qo’llash mahorati va tabiat portretini jonli tasvirlashi insonni o’ziga rom qiladi. “Cho’l bahor kelinchagi oyog’I ostiga chechaklar bilan bezalganyashil poyondozini yoyib tashlagan”. Asar boshlanishida o’sha davr urf-odatlarida’’ kelin oshi” marosimi va uni o’tqizilayotganligi keltiriladi. To’y tugashidanoldin kelin va kuyov kurashtirib ko’riladi. Ayol va erkak kurash tushishining tasviri insonni bir tomondan hayratga solsa, ikkinchi tomondan,massaget ayollarining ham erkaklar singari kuchli bo’lganliklarini sezishimiz mumkin
3.O’lmas Umarbekov “Yoz Yomg’iri” qissasi.
Asar qahramonlaridan biri Rahim Saidov o’ta mushkul ahvolda qolgan. Uning sevimli yostiqdoshi suyangan tog’i, nahot o’zga bilanbo’lgan? Odamga ayniqsa erkak kishiga bundan og’ir kulfat yo’q, uning or-nomusi bir pul endi. Ayolning xiyonati erkak uchun o’lim bilan teng. Bunday yashagandan ko’ra o’lgani ming marta yaxshi. Qissada mana shunday inson ruhiyati bilan bog’liq tasvirlar lavhalar,og’riqli holati ochib berishlar nihoyatda ta’sirchan chiqqan. Qissaning “Yoz yomg’iri” deb nomlanishida ham kata ramziy ma’no bor. Zero, yozda yoqqan yomg’ir bexosiyat, zararli bo’ladi.Asarda jamiyatda yuz berib turadigan va boylik zebu-ziynatga intilish orqali turli fojialarga mubtalo bo’ladigan shaxslar-taqdirlar kechmishi kitobxon uchun saboq tariqasida ko’ndalang qo’yiladi.
Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling