Xlorid kislota, hcl bir asos LI kuchli


Download 11.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2023
Hajmi11.69 Kb.
#1313854
Bog'liq
Xlorid kislota - Vikipediya



Xlorid kislota
Xlorid kislota, HCl - bir asos li kuchli
kislota; vodorod xloridning suvdagi
eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod
xlorid hidi keladi; Xlorid kislotaning
maksimal konsentratsiyasi 36% dan
oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi
eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda
tutaydi.
16-asrning oxirida Xlorid kislota osh
tuzini temir kuporosi bilan qizdirib
olingan. 17-asr oʻrtalarida nemis


kimyogari I. Glauber NaCl ga H2SO4 taʼsir
ettirib Xlorid kislota olgan.
Sanoatda Xlorid kislota S12 va N2 ni
biriktirish yoʻli bilan olinadi. Organik
birikmalarni xlorlashda yonaki mahsulot
sifatida koʻp miqdorda NS1 hosil boʻladi.
24% va undan ortiq NS1 boʻlsa,
"konsentrlangan" kislota deyiladi.
Xlorid kislota kuchli kislota; u suvdagi
eritmasida N+ va S1~ ionlarga toʻla
dissotsilanadi. Xlorid kislota turli metall
xloridlari va xlorli organik mahsulotlar
olishda, metallar sirtiga ishlov berishda,
turli xil idishlarni, burgʻilash trubalarini
karbonatlar, oksidlar va boshqalardan


tozalashda, metallurgiyada" rudalarga
ishlov berishda, koʻnchilik sanoatida
terini oshlashda, lab.da ishlatiladi. Xlorid
kislota shisha ballonlarda yoki ichiga
rezina qoplangan metall idishlarda
saklanadi va tashiladi.
Gazsimon HCl — zaharli, oʻtkir xidli
rangsiz gaz; havoda tutaydi. Kaynash
temperaturasi — 84,8°, zichligi
1640 kg/m3. Suvda juda yaxshi eriydi.
Xlorid kislota va organik birikmalarning
xlorli hosilalarini i.ch.da qoʻllanadi. U
kishiga uzok, vaqt taʼsir etganda nafas
yoʻllarining yalligʻlanishiga, tishning va
meʼdaichak faoliyatining buzilishiga
sabab boʻladi. Konsentrlangan HCl bilan


ishlaganda protivogaz, rezina qoʻlqop,
poyabzal va fartuk kiyish, koʻzoynak
taqish kerak. Meʼda shirasida 0,3% gacha
Xlorid kislota boʻladi, u ovqat hazm
boʻlishiga va kasal qoʻzgʻatuvchi
bakteriyalarni oʻldirishga yordam beradi.
Tibbiyotda meʼda shirasida kislota
yetishmaganda buyuriladi.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 22-Sentabr 2021, 19:41 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz
uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?title=Xlorid_kislota&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Xlorid_kislota&oldid=22808
56" dan olindi

Download 11.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling