Xnologiyasi 4-mavzu: pedagogik jarayonida tarbiyaning mazmuni


Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati


Download 24.3 Kb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi24.3 Kb.
#1391513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Um ped 4-mavzu fizika

Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O’qituvchining bolalar bilan ma’naviy madaniyatining eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosida tarbiyachi insonning hayotiy mehyor va qadriyatlarini ishlab chiqishi, o’quvchining tarbiya jarayonida faolligini tahminlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to’la-to’kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namunalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega.
O’z-o’zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tar­biya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri - bu insonning hayotida o’z-o’zini anglashi, inson o’z shaxsiy hayoti va baxtining subhekti sifatida ehtirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotda fuqarolik, kasbiy va axloqiy o’z-o’zini anglash g’oyalariga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyaning yo’naltiruvchanligi. Mazkur g’oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o’quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o’ziga xos tavsifi o’z qadr-qimmatini anglash tuyg’ulari rivojlantirib borishi zarur.
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g’oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi va o’quvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o’qituvchi) o’quvchining qiziqishi, faoliyati, o’rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyg’ularini ko’rib va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko’rsatishga yo’naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.
Jamoat yo’nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, unda dunyoni anglash va uni to’laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyg’ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy, iqtisodiy, mexnat hamda diniy tar­biya olish lozimligini uqtirishning o’zi ham samara beradi. Zamonaviy tarbiya mazmuni, g’oyalari yaxlit tarzda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
Tarbiya maqsadining aniqligi Tarbiyaning yo’naltirilganligi




Download 24.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling