Xodim va ish beruvchining mehnat muhofazasiga oid majburiyatlari
Sog`lom va xavfsizlik mehnat sharoitlarini ta`minlashga doir chora-tadbirlar
Download 76.5 Kb.
|
Mehnat muhofazasi 2
Sog`lom va xavfsizlik mehnat sharoitlarini ta`minlashga doir chora-tadbirlar
O`zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida” 1993 yil 6 maydagi qonunining 8-moddasida ta`kidlanganidek, ish beruvchi, yollovchi mulkdor yohud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va normalarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko`zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta`minlaydilar. Korxonaning xodimlari tegishli qonunlar va normativ hujjatlar, jamoa shartnomalari bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari talablariga rioya etishlari shart. Korxonalarda sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlash qonunga ish beruvchining zimmasiga yuklatilgan (Mazkur qonunning 13-moddasi). Korxonadagi har bir ish joyida mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va normalari talablariga muvofiq bo`lishi lozim. Korxonada sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o`rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari to`g`risida mehnat jamoalarini o`z vaqtida xabardor qilish ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o`sha noxush xaroratli yoki ifloslanishlar bilan bog`liq bo`lgan sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga qonunda belgilangan me`yorlarda maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfektsiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashtiriladigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parxez ovqat bepul beriladi. Korxonada sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlash yuzasidan ish beruvchi bilan xodimlarning o`zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvida belgilab qo`yiladi. Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoidalar va normalar javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, ta`mirlash, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini joriy etishga yo`l qo`yilmaydi. Har bir yangi qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari, agar ular O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan xavfsizlik shaxodatnomasiga esa bo`lmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas. O`zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida”gi 2000 yil 25 maydagi qonuni mavjud bo`lib, ushbu qonun mazmuniga ko`ra, belgilangan tartibda ro`yhatdan o`tkazilishi lozim bo`lgan korxonalar O`zbekiston Respublikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish huquqini ta`minlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning ko`rsatilgan ruxsatnomani olish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog`lig`i hamda hayotiga xavf tug`diruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holda keltirilgunga qadar, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan to`xtatib qo`yilishi kerak. Yo`l qo`yiladigan eng ko`p me`yorlari (kontsentratsiyasi) ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan o`tmagan zararli moddalarni chiqarishda qo`llash ta`qiqlanadi. O`zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar, Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydilar. Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida xalq xo`jaligining turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o`quvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini, albatta, o`tishlarini tashkil etishlari kerak. Vazirliklar, idoralar, kontsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo`jalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta`minlaydilar (qonunning 16-moddasi). Ma`lumki, Mehnat muhofazasini tashkil qilish uni moliyaviy jihatdan ta`mnlashni rejalashtirish bilan bevosita bog`liqdir. qonunning 11-moddasiga ko`ra, mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy jihatdan ta`minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat`iy nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag`lari (Respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta`minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi. Har bir korxonada mehnat muhofazasi uchun zarur mablag`lar jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratiladi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo`shimcha chiqim qilmaydilar. O`sha mablag` va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida belgilab qo`yiladi. Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnat muhofazasiga mo`ljallangan mablag`lardan foydalanishni tekshirib boradilar (Mehnat kodeksining 216-moddasi). Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling