Xodimning ishga kirishi uchun kerakli hujjatlar


Download 28.6 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi28.6 Kb.
#1450584
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XODIMNING ISHGA KIRISHI UCHUN KERAKLI HUJJATLAR


XODIMNING ISHGA KIRISHI UCHUN KERAKLI HUJJATLAR


REJA:

1.Mehnat daftarchasining tuzilishi


2.Shaxsiy hujjatlar yig’ma jildi
3.Hujjatlar ustida ishlash

Mehnat daftarchasi - xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi asosiy hujjat. OʻzR Mehnat kodeksiga koʻra, ish beruvchi korxonada 5 kundan ortiq ishlayotgan xodimlarning hammasiga Mehnat daftarchasini tutishi shart (oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno). Mehnat daftarchasiga xodim, u bajarayotgan ish haqidagi maʼlumotlar kiritiladi. Jazolar Mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat shartnomasi (kontrakti) xodimning tashabbusi bilan kasalligi, nogironligi, qarilik tufayli pensiyaga ketishi, oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtiga yoxud aspiranturaga kirganligi va qonun muayyan imtiyozlar, afzalliklar berishni nazarda tutadigan boshqa sabablarga koʻra bekor qilinganda, Mehnat daftarchasiga ishdan boʻshash haqidagi yozuv ushbu sabablarni koʻrsatgan holda yoziladi. Xodim ishdan boʻshaganda Mehnat daftarchasi unga ishdan boʻshash kunida beriladi1.[


2020- yil 1- yanvar kuni mehnat munosabatlari sohasida uzoq kutilgan, ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan “Yagona milliy mehnat tizimi” ishga tushirildi. Boshqacha aytganda, shu sanadan boshlab mehnat shartnomalari va daftarchalarini yuritishda elektron tizimga o‘tildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.
Dastavval buning afzalliklari xususida to‘xtalsak,yagona milliy mehnat tizimini ishga tushirish orqali respublikada mavjud ish o‘rinlari xususida shaffof ma’lumotlarni olish imkoni yaratiladi. Shuningdek, uning yordamida qaysi mutaxassislik bo‘yicha qancha inson mehnat qilayotgani xususidagi raqamlar oydinlashadi, kasblarga talabni monitoring qilish mumkin bo‘ladi va albatta, qog‘ozbozlikka barham beriladi.Bu muhim, mas’uliyatli jarayon uchun kim javobgar, uni amalga oshirish mexanizmlari qanday?
Davlatimiz rahbarining 2019- yil 31- oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (IDAK)ni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKni boshqarish direksiyasi tashkil etildi hamda u malakali mutaxassislar bilan to‘ldirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 5- dekabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 971-sonli qarori talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Direksiya negizida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKdan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Kadrlar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun maxsus telegram guruhi (https://t.me/c/1360612248/46739) ham tashkil etilgan bo‘lib, u orqali muntazam ravishda murojaatlar qabul qilinadi. Zarur hollarda elektron mehnat shartnomasini to‘ldirish, elektron mehnat daftarchasini yuritish yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Shuningdek, (71) 200-70-30 raqamli texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Agar xodimlarda yagona milliy mehnat tizimidan foydalanish jarayonida biror savol yuzaga kelsa, mazkur tarmoqlarga murojaat qilishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda respublikamizda 650 529 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mavjud. 2019- yilning dekabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab 811 ta seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda 48 876 ta korxona, shulardan 22 033 ta davlat korxonasi va 25 536 ta xususiy korxona jalb qilindi.
2020 yil 6 yanvar holatiga ko‘ra, tizimga 11777 ta korxona tomonidan 142 946 nafar xodim to‘g‘risida ma’lumot kiritilgan. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorning 3-bandiga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Bunda 2020- yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020 -yil 1- sentyabrdan kechiktirmasdan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.( F.Mirzakomilova, O‘zA)

Download 28.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling