Xoja buxoriy


Download 67.58 Kb.
bet7/8
Sana09.04.2023
Hajmi67.58 Kb.
#1346603
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turdiyev Islom

Ahmad Yassaviy (1005–1166) tariqati turkiyzabon xalqlar madaniyati tarixida katta o‘rin tutadi. Tasavvufdagi barcha yirik tariqatlarda bo‘lganidek, yassaviya ta’limoti quyidagi qoidalarga amal qilishga asoslangan:

  1. murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, unga doimo taslimiyot izhor qilmog‘i lozim;

  2. murid shunchalik zukko va idrokli bo‘lishi kerakki, to o‘z shayxining rumuz va ishoralarini mukammal anglay olsin;

  3. shayxning barcha akvoli (so‘zlari) va af’oli (ishlari)ga murid sodiq bo‘lib, unga mutlaqo mute va mu’taqid bo‘lmog‘i lozim;

  4. o‘z murshidi (piri)ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog‘i zarur. Chunki rizoi Olloh uning (ya’ni shayxning) izmidadir;

  5. murid o‘z so‘ziga sodiq, va’dasiga vafoli bo‘lib, murshidi ko‘nglida hech qanday shak-shubha tug‘dirmasligi zarur;

  6. murid o‘z va’dasiga vafodor, so‘zida ustuvor turmog‘i lozim;

  7. murid o‘z ixtiyoridagi barcha mol-mulkini, butun bor-yo‘g‘ini o‘z shayxiga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog‘i lozim;

  8. murid o‘z murshidining barcha sir-asrorlaridan ogoh bo‘lib, uning ifshosini hech vaqt xayoliga keltirmasligi kerak;

  9. murid o‘z shayxining barcha takliflarini nazarda tutib, uning mushkulotini oson qilmog‘i, pandu nasihatlarini bajo keltirmog‘i shart;

  10. murid xudo visoli uchun o‘z shayxi yo‘lida butun molu jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do‘stiga do‘st, dushmaniga dushman bo‘lib yashamog‘i shart.

Ahmad Yassaviy o‘z tariqatini she’riy uslubda «Hikmat» nomli asarida bayon etgan. Yassaviy ta’limoti kishilar o‘rtasida poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘lining kuchi va peshona teri bilan hayot kechirish orqali Olloh visoliga yetish mumkin, degan g‘oyani olg‘a surgan. Yassaviya ta’limoti ba’zi kishilarning mol-dunyoga hirs qo‘yishini qoralaydi, kamtarlikka, g‘aribparvarlikka da’vat qiladi. Shunday qilib, Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoda ilk tasavvuf ilmiga asos solgan, islom dinining taraqqiyotiga hissa qo‘shgan.
Islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan yana bir vatandoshimiz Xorazmning Xivaq shahrida dunyoga kelgan Najmiddin Kubro (1145–1221) hisoblanadi. Islomshunoslik ilmida uning ta’limoti kubraviya tariqati nomi bilan mashhurdir. Yoshligidan ilmga chanqoq Najmiddin Misr, Eron va Sharqning boshqa mamlakatlarida tahsil olgan. Uning islom diniga qo‘shgan hissasi shundaki, zikrni ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro etish usulini kiritgan. Kubraviya tariqati hadis va shariatga asoslanadi. Bu ta’limotga ko‘ra, inson o‘z mohiyat-e’tibori bilan kichik olamni tashkil etadi va katta dunyo bo‘lmish koinotdagi barcha narsalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashtirilgani sababli, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday yuksaklarga ko‘tarilib, ilohiy sifatlarga ega bo‘lish, ya’ni kamolotga erishish uchun, ma’lum riyozatli yo‘llarni bosib o‘tishlari zarur. Buning uchun quyidagi o‘nta asosga tayanmoq lozim: tavba, zuhd fi-dunyo, tavakkal, qanoat, uzlat, mulozamat az-zikr, tavajjuh, sabr, muroqaba va rizo.
Ushbu o‘nta talabning qisqacha mohiyati shundaki, kishi bu dunyo lazzatlari va mol-dunyoga hirs qo‘yishdan o‘zini tiyishi, sabr-qanoatli bo‘lishi, o‘zligidan kechib, xudoga muhabbat qo‘yishi, unga cheksiz ishonishi lozim. Najmiddin Kubrodan qator asarlar meros qolgan. Masalan, «Favo‘ix al-jamol va favotix al-jalol», «Al-usul al-ashara», «Risolat al-xo‘if al-xa’im min laumon al-la’im» kabilar shular jumlasidan. Uning yana bir asari – «Risolatun odob ul-zokirin» («Zikr aytuvchilar odobi haqida risola») fors tilida bizgacha yetib kelgan bo‘lib, hozir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining kutubxonasida saqlanmoqda.

XULOSA
Ayni kunda islom dinining shunchaki bir ta’limot emas, balki g‘oyat katta qudrat va salohiyatga ega mafkura ekanligini Yaqin va O‘rta Sharq, Bolqon yarimoroli, Kavkaz, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning Kashmir o‘lkalarida kechayotgan diniy mazmundagi ijtimoiy jarayonlar yanada yaqqol tasdiqlamoqda. Islom jahon miqyosida jiddiy siyosiy kuchga aylanmoqda. Biroq uning haqiqiy mohiyatini buzish, undan g‘arazli siyosiy maqsadlarda foydalanish islomning xalqaro obro‘yiga putur yetkazmoqda, ayrim kaltabin siyosatchilarning islom diniga qolgan barcha dinlarni qarama-qarshi qo‘yishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu bilan haqiqiy islomning insonparvarlik, ezgulik va adolatlilik kabi mohiyati xavf ostida qolmoqda. Bir guruh ekstremistlar, terrorchilar o‘z g‘arazli maqsadlari bilan islom mohiyatini qorishtirib yubormoqda. Bunday sharoitda islom dinining azaliy insonparvarlik, poklik, halollik, rahm-shafqatlilik, imonlilik tamoyillarining ustuvorligiga erishish, jahon ahlini bu qadriyatlarga ishontirish, uning umuminsoniy tabiatini ilmiy izohlab berish davr talabidir.


Download 67.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling