Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar


Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishla chiqarish yoki muomalaga kiritish


Download 244 Kb.
bet3/12
Sana10.11.2023
Hajmi244 Kb.
#1763795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

2 Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishla chiqarish yoki muomalaga kiritish
(O‘zR JK 1861-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqti-sodiy faoliyatdagi manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning fakultativ ob’ekti sifatida bu erda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘ladi.
Jinoyat predmeti etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari hisoblanadi.
Ob’ektiv tomondan jinoyat etil spirti, alkogolli yoki tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritishda ifodalanadi.
Jinoyat etil spirti, alkogolli mahsulot yoki tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi yoki muomalaga kiritilishi paytidan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyat motivi va maqsadi qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.
Sub’ekt o‘n olti yoshga to‘lgan va etil spirti, alkogolli mahsulot yoki tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish bilan shug‘ullanadigan aqli raso shaxs bo‘ladi.
Aybdorning harakatlari: a) ko‘p miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) xizmat lavozimini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, JK 1861-moddasi 2-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Etil spirti, alkogolli yoki tamaki mahsulotning qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi yoki muomalaga kiritilishi: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, JK 1861-moddasi 3-qismi bo‘yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi.
JKning 1861 –moddasi, 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga xokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik qilishda namoyon bo‘ladi.
Mazkur jinoyat etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yohud muomalaga kiritishga homiylik qilishga qaratilgan har qanday harakatlarni sodir etish bilan tugallangan hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan faoliyatga homiylik qilish sub’ektiv tomondan to‘g‘ri qasddan sodir etiladi.
Aybdor hokimiyat yoki mansab vakolatidan foydalanishi etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalaga kiritishga yaxshi shart-sharoit yaratishini anglaydi va bu harakatlarni sodir etishni hohlaydi.

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling