Xo‘jalik faoliyatining elementlaridan biri investitsiya hisoblanadi
Download 8.95 Kb.
|
Xo‘jalik faoliyatining elementlaridan biri - investitsiya hisoblanadi. Investitsiya lotincha «investire» (kiyintirish, yasantirish), nemischa «investition» so‘zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga kapital mablag‘ qo‘yislmi bildiradi. Investitsiya so‘zidan investor - omonatchi so‘zi kelib chiqib, u omonat beruvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ulaming mohiyatini noto‘g‘ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bezor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o ‘z o‘mini topmoqda. Shu bilan birga, «kapital qo‘yilmalar» atamasining o‘z izohlari ham mavjud. K apital qo‘yiIm alar asosiy fondlami qayta tiklash va o‘stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o ‘zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas. Nomoliyaviy aktivlarga, ya’ni real kapitalga qo‘yilgan investitsiya asosiy kapitalni yangilash va takror ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi. Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun x a lq . xo'jaligining kuch- quw atini belgilab beradi. Investitsiyalaming amal qilinishi bo‘yicha quyidaga tn rlarga tasniflanadi: 1. Maqsadi bo‘yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar uchun. 2. Obyekti bo‘yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish. 3. Natulral-moddiy ko‘rinish bo‘yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy. 4. Hududiy kelib chiqishi bo‘yicha - milliy va chet elli. Download 8.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling