Xo‘jalik faoliyatining elementlaridan biri investitsiya hisoblanadi


Download 8.95 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi8.95 Kb.
#1148560

Xo‘jalik faoliyatining elementlaridan biri - investitsiya hisoblanadi.
Investitsiya lotincha «investire» (kiyintirish, yasantirish), nemischa 
«investition» so‘zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga 
yoki korxonaga kapital mablag‘ qo‘yislmi bildiradi. Investitsiya so‘zidan 
investor - omonatchi so‘zi kelib chiqib, u omonat beruvchi shaxs, 
tashkilot yoki davlatni anglatadi
Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, 
bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ulaming mohiyatini 
noto‘g‘ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, 
jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bezor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan 
bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o ‘z o‘mini 
topmoqda. Shu bilan birga, «kapital qo‘yilmalar» atamasining o‘z 
izohlari ham mavjud.
K apital qo‘yiIm alar asosiy fondlami qayta tiklash va o‘stirish 
uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir 
vaqtning o ‘zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab 
chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy 
xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.
Nomoliyaviy aktivlarga, ya’ni real kapitalga qo‘yilgan investitsiya 
asosiy kapitalni yangilash va takror ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va 
obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish 
maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi.

Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital qurilish, ishlab 


chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real 
investitsiyalar korxona, tarmoq va butun x a lq . xo'jaligining kuch- 
quw atini belgilab beradi.
Investitsiyalaming amal qilinishi bo‘yicha quyidaga tn rlarga tasniflanadi:

1. Maqsadi bo‘yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik 


ehtiyojlar uchun.
2. Obyekti bo‘yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish.
3. Natulral-moddiy ko‘rinish bo‘yicha - moddiy, nomoddiy va 
moliyaviy.
4. Hududiy kelib chiqishi bo‘yicha - milliy va chet elli.
Download 8.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling