O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni necha moddadan iborat?
A) 32 modda
B) 42 modda
C) 16 modda
D) 29 modda
«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida» Nizom qachon qabul qilingan?
A) 1999 yil 5-fevralda
B) 1996 yil 30-aprelda
C) 1996 yil 30-avgustda
D) 2004 yil 1-yanvarda
Korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini ma’lum bir kunga pul o’lchov birligida guruhlab, aks ettirish nima deyiladi?
A) buxgalteriya balansi
B) xo’jalik operatsiyasi
C) mablag’larni guruhlash
D) ikkiyoqlama yozuv
«Balans» so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) tarozi ikki pallasi tengligi
B) korxona passivlari
C) korxona aktivlari
D) korxona aktivlari va passivlari
«Balans» so’zi qaysi tildan olingan?
A) lotin tili
B) ingliz tili
C) fransuz tili
D) nemis tili
Balans qanday tomonlarga ega?
A) aktiv, passiv
B) aktiv, passiv, aktiv-passiv
C) debet, kredit
D) debet, kredit, aktiv, passiv
Aktiv tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
A) lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish
B) lotincha faolsiz, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish
C) inglizcha mavjud bo’lish, xolis (betaraf) turmoq
D) fransuzcha faolsiz, faoliyatli, amal qilish
Passiv tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
A) lotincha faolsiz, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish
B) lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish
C) fransuzcha faolsiz, faoliyatli, amal qilish
D) inglizcha mavjud bo’lish, xolis (betaraf) turmoq
Balansning aktiv tomonida nimalar aks ettiriladi?
A) uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
B) joriy aktivlar, majburiyatlar
C) o’z mablag’lari manbalari, majburiyatlar
D) uzoq muddatli aktivlar, o’z mablag’lari manbalari
Do'stlaringiz bilan baham: |