Xo’jalik subektining moliyaviy barqarorligining tahlili Reja: I. Kirish


Kus ishining maqsadi va vazifalari


Download 72.26 Kb.
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1632112
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pardaev nazarbek 819 (0000000000000000000000000000002)

Kus ishining maqsadi va vazifalari. Xususan, amaldagi investitsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, investitsiya faoliyati va chet el investorlari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq aksariyat tartib-taomillar tarqoq holda bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligi, aksariyat qoidalarning takrorlanishi, shuningdek ayrim muhim masalalar qonun darajasida emas, balki nizom va yo‘riqnomalar bilan belgilanganligi ular o‘rtasida ba’zi nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklarni vujudga keltirayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5495 sonli Farmonida belgilanganidek, investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini yanada takomillashtirib tez fursatda hayotga tatbiq etish zarur edi. Dastlab investitsiya sohasidagi yagona hujjat sifatida Investitsiya kodeksi konsepsiyasi ishlab chiqilib muhokamaga qo‘yildi. Keyinchalik loyiha “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun nomini oldi.Mazkur qonun “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”, “Konsessiyalar to‘g‘risida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud bo‘lgan normalarni tizimli ravishda o‘zida mujassamlashtirdi.
Shu asosda tayyorlangan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
2019 yil 25 dekabr kuni imzolandi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo‘yildi. Tuzilishiga ko‘ra 12 bob, 69 moddadan iborat bo‘lgan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ilgari investitsiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan:
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi.



  1. Download 72.26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling