Xo’jalik subektining moliyaviy barqarorligining tahlili Reja: I. Kirish
INVESTITSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI TUSHUNCHASI VA TARIFI
Download 70.91 Kb.
|
Pardaev nazarbek 819
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir.
INVESTITSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI TUSHUNCHASI VA TARIFI
Mamlakatimiziqtisodiyotinirivojlantirishningasosiyvazifalaridanbiribu investitsionfaoliyatnitakomillashtirishvauningo’sishinita‘minlovchiyangimexanizmlarniishlabchiqishhisoblanadi.Investitsionfaoliyatnishakllantirishvachetellikinvestorlarnimamlakatgajalbqilishjudamurakkabjarayonbo’lib,bu ma‘muriy-buyruqbozlik iktisodiyotidan bozor iqtisodiyoti munosabatlarigao’tayotgan barcha mamlakatlar uchun zarurdir. Lekin xo’jalik subyektlarida hamon moliyaviy resurslarning kamligi investitsiya kiritish darajasini chegaralab qo’yuvchi muhim sabab bo’lib kelmokda..Biroq hozircha bu zahiralar yetarli emas.Shu sababli ishlab chiqarishni kengaytirayotgan korxonalar oldida investitsiya manbalarini izlash muammosi ham yuzagakeladi. Mamlakatich karisida moliyaviy zahira lar taqchilligi sezilayotganligi tufayli ko’plab korxonalar sarmoya ajrata oladigan,zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyasiga ega bo’lgan hamda chet el bozoriga chiqishga yordam beruvchi xorijiy hamkorlar topishga intilmoqdalar.Investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etishga xalq xo’jaligini tarkibiy qayta qurishga erishishning muhim sharti,deb qaralmoqda.Asosiy muammo shundaki,tadbirkorlarimizning o’ziga xos manfaatlari har doim ham bir-biriga mos tushavermaydi. Ko’plab sabablar tufayli xorijiy investorlarning asosiy qismi iqtisodiyoti o’tish davrida bo’lgan mamlakatlarga qo’yiladigan sarmoyalarga faqatgina dividend va foizlar ko’rinishidagi pul ishlash yo’li deb qaramaydi.Ular bunday sarmoyalarni umumiy strategiyasining bir qismi,deb hisoblashadi.Xorijiy tadbirkorlarning asosiy maqsadi ertasi bor bo’lgan bozorda mustaxkam o’rnashish,moliyaviy oqimlar ustidan nazorat o’rnatish,import va valyuta cheklashlarini chetlab o’tish va ba‘zan raqobat chi korxonani bozordan siqib chiqarishdan iborat. Shu sababli ham xorijiy investorlarga iqtisodiyotni ko’tarishdagi asosiy harakterlantiruvchi kuch sifatida qarash mumkin emas. Xorijiy investorlarni jalb etish,chetel tadbirkorlariga imtiyozlar yaratishda,avvalambor,mamlakat manfaatidan kelib chiqish lozim.Shuni nazarda tutish kerakki,agar korxona ustidan nazorat xorijlik tadbirkorlarga tegishli bo’lsa,u holda qaror qabul qilish va daromad mamlakatdan tashkariga ko’chadi.Korxona egalari nuqtai nazaridan foydali bo’lgan qaror mamlakat iqtisodiyoti uchun zararli bo’lishi mumkin.Misol uchun,agar korxona tugatiladigan bo’lsa,uning xodimlari daromadi ham yo’qoladi,davlat daromadi qisqaradi,buning ustiga,davlat ishsiz xodimlarni ishga joylashtirish harajatlarini o’z zimmasiga olishi kerak bo’ladi.Aynan shu sababli ham xorijiy hamkorlarni jalb etish,bu loyihada ishtirok etayotgan barcha tomonlar manfaatdorligi mutanosibligiga asoslanish lozim.O’zbekistondagi va shuningdek, iqtisodiyoti o’tish davrida bo’lgan boshqa mamlakatlardagi korxonalarning ko’plab rahbarlari xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.Ammo tadqiqotlar, shu jumladan, mamlakatimizda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha,ularning harakatlari bir-biriga birmuncha zid. Bir tomondan,ma‘muriyatlar o’zkorxonalari ustidan nazoratni saqlab qolish istagidabo’lsa,boshqa tomondan,xorijiy investorlar o’tish davri uchun xos bo’lgan ko’plab ishlab chiqarish obyektlari va moliyaviy muammolarni hal etishnio’z zimmasiga oladi,deb hisoblaydi.Korxona rahbarlari va tashqi investorlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni qiyinlashtiruvchi sabablardan biri sifatida ularning investitsion jarayonni tasavvur etishlari masalasi qiyink yechishini tushunishlarini ko’rsatish mumkin.Korxona raxbarlarining fikricha,investitsion jarayonning birmuncha murakkab bosqichi sarmoya jalbetish va uni sarmoyadorga qaytarish,ya‘ni hamkorlikning o’zaro oldi-berdi bosqichidan iborat.Olingan mablag’ni samarali o’zlashtirishva foydaolish ular uchun muammo hisoblanmaydi. Ularning o’zsarmoyalariko’yilgan korxonani bevosita boshqarishda qatnashishga yoki bunday korxonalarni nazorat qilishga intilishlari shu bilan izohlanadi. Ayni kunlarda birmuncha muhim muammolar danbiri-yangi mahsulotlar ishlab chikara olish va hozirda tayyorlanayotgan tovarlar sifatini ko’tarish,ularni xalqaro bozorga chiqara olish va sotishdir.Bundan kelib chiqadiki,sarmoya qo’yishning asosiy yo’nalishi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari,ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash,kadrlarni qayta tayyorlash ham da maxsulot sotish tizimini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shunday qilib,ko’plab korxonalar aylanma mablag’larning surunkali etishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda,bu shu tashkilotlar raxbarlarigagina emas, balki potensial investorlarga ham ma‘lum.Korxona rahbarlari olingan mablag’dan turli-tuman imkoniyatlarni qidirib,o’z muammolarini,avvalo,ish haqi masalasini hal etib olishga umid qilsa.investorga o’z sarmoyasining bunday kelajagi juda ma‘qul bo’lavermaydi. Aksiyadorlar jamiyati ma‘muriyati o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yicha boshkaruv me‘eriy hujjatlarini amalda tatbiq etish mexanizmini yaratish zarur.Kapitaltizimini shunday isloh qilish zarurki,nihoyat mulk egasi kim ekanligini bilish lozim. Birorta ham investoregasi noma‘lum bo’lgan korxonaning aksiyasini sotib olmaydi.Shu sababli xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining davlat tomonidan aniq chegarasini belgilash kerak.Shunday qilib,iktisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish jarayonini oddiy sxema ko’rinishida quyidagicha bayon etish mumkin: strategic maksad-iqtisodiy hisob,tavakkalchilik darajasini baholash,uni eng kam darajaga tushurish yo’llarini topish.Agar faoliyatning bunday uzviyligi aniq va to’liq bajarilsa, u holda xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga umid qilish mumkin.Korxonalarning investitsion faolligi jadallashuviga ta‘siretuvchi omillardan yana biri mamlakatdagi valyuta siyosatidir. Albatta bu borada hozirgi paytda ijobiy siljishlarni ko’rish mumkin.Chunonchi,Markaziy bankning rasmiy kurslari va bozor kurslari o’rtasidagi keskin farq qisqartirilishi eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchilar valyuta tushumlarini rasmiy sotilish inatijasida sezilarli moliyaviy yo’qotishlarning oldi olinib,ularning eksportga maxsulot ishlab chiqarish faoliyati rag’batlantirilmoqda. Mamlakatimizda investitsiyalarni boshqarishning quyidagiu sullarni taklif sifatida ko’rsatishimiz mumkin: -tahliliy usul,bunda jalb qilingan investitsiyalar monitoring qilinadi, investitsiyalarni jalb qilish,kiritish uslubi,shakli,yo’nalishi qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan nazorat qilib boriladi. -iqtisodiy usul,bunda iqtisodiy qulay sharoitlar yaratisho rqadi jalb qilingan investitsiyalarni boshqarish mumkin; -ijtimoiy usul,investorlarning mablag’larini jalb qilish orqali mamlakatdagi aholi ish bilan ta‘minlanadiva farovonlik darajasi oshadi; -meyoriy-huquqiy usul,bunda mavjud meyoriy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish orqali davlat tomonidan boshqariladi; -moliyaviy usul,bunda moliyaviy rag’batlantirishlar orqali investor-larning mablag’larini boshqarish mumkin.Ya‘ni asosan sodiqlarning yengillashtirilishi va foiz stavkalarining tushirilishi bilan,investorgaqo’shimcha moliyaviy imtiyozlar yaratib, investorning mablag’larini boshqarish mumkin; - informatsion usul, bunda axborot shaffofligini yaratish orqali Investitsiyalarni boshqari shmumkin; -integratsion usul,bunda chetel investorlarini jalb qilib ularga mamlakatning investorlarini bog’lash orqali mahalliy investorlarning faolligini oshirish va yangi investitsiyalarni jalb qilib,ularni ushbu usulga asoslanib boshqaris hmumkin.Shuni ta‘kidlash kerakki bu usulda chetel investorining darajasi,tajribasi va imkoniyatini inobatga olgan hold aunga investitsiya loyihasidan olinadigan foyda ulushini boshlang’ich yillarda yuqoriroq belgilash talab etiladi.Keyinchalik shartnomada belgilangan tartibda ma‘lum vaqtdan so’ng foyda ulushi mahalliy investorniki bilan tenglashtiriladi. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. BXIlarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o’z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog’liq. Shunisi xarakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi. Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridanfoydalanadi: moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash; nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish. Bu borada yirik kapital eksporteri-importeri bo’lmish AQSH tajribasi juda muhimdir. AQSHning BXIlarni tartibga solish siyosati ikki darajada amalga oshiriladi: federal, hamda mahalliy (shtatlar, okruglar, shaharlar). Federal tartibga solish deganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan cheklashlar tushuniladi. Bunda milliy havfsizlik masalasi birinchi o’ringa ko’tariladi. AQSH prezidenti amerika firmalarining qo’shilishi, yutilib ketilishi va sotib olinishi jarayonlarini (agar bunda firma faoliyati ustidan nazorat xorijiy investor qo’liga o’tsa) to’xtatib qo’yish huquqiga ega. Mahalliy darajada sug’urta biznesi va qishloq xo’jaligi erlarini sotishni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Trestlarga qarshi qonunlarni davlat organlari tomonidan qo’llanilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda mahalliy ma’muriyatning xorijiy investorlar faoliyatini tartibga solish imkoniyatlari katta emas. Investitsiyalarni rag’batlantirish tajribasi ko’proqdir. AQSHga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim mexanizmlaridan biri–xorijdagi vakolatxonalardir. Ular investitsiyalarni u yoki bu shtatga jalb etilishiga ko’maklashadilar (Yaponiyaning o’zida shunday vakolatxonalardan 40 tasi faoliyat ko’rsatmoqda). AQSHning alohida shtatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: soliq imtiyozlari; korxonani qurayotgan yoki modernizatsiyalashtirayotgan xorijiy investor uchun bozordagi stavkalardan pastroq darajada qarzlar va subsidiyalar ajratish; kasbga o’qitish va bandlikka ko’maklashish; transport tarmog’ini takomillashtirish; er uchastkasining qurilishi uchun tayyorlash; tekinga foydalanish uchun er uchastkasini ajratish va boshqalar.Halqaro investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha muhim amaliy hujjatlardan biri–Osiyo-Tinch okeani hamkorligi tashkiloti doirasida ishlab chiqilgan xorijiy investitsiyalarning “ko’ngilli kodeksi”dir. Kelajakda Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tomonidan foydalanilishi mumkin bo’lgan ushbu “kodeks” da quyidagi investitsion tamoyillar qayd etilgan: transparentlik; donor-mamlakatlarga nodiskriminatsion yondashuv; xorijiy investorlar uchun milliy rejim; investitsion rag’batlarni sog’liqni saqlash, havfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan mos tushishi; savdoni va kapital qo’yilmalar o’sishini chegaralovchi investitsiyalarga bo’lgan cheklovlarni minimallashtirish; investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinishidan voz kechish (bunda ijtimoiy maqsadlar uchun va milliy qonunchilik doirasida, nodiskriminatsiya asosida, xalqaro huquq qoidalariga amal qilgan holda va etarli va samarali kompensatsiya to’lanishi sharti bilan ekspropriatsiya amalga oshirilishi mumkin); ro’yxatdan o’tkazilish va konvertatsiyalashuvning ta’minlanishi; kapitalni olib chiqishdagi to’siqlarni yo’qotish; ikki marotaba soliqqa tortishni bekor qilish; retsipient mamlakatning milliy qonunchiligiga, ma’muriy tartib va qoidalariga xorijiy investorning amal qilishi; investitsion loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xorijiy mutaxassislarni mamlakatdan chiqishiga va vaqtincha tashrif buyurishiga ruxsat berish; maslahatlar va muzokara yoki arbitraj yordamida kelishmovchiliklarni bartaraf etish. Xorijiy investitsiyani o’z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o’tgan. O’zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan: Respublika hududida o’z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini O’zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida beriladi. Agar O’zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini yomonlashtirsa, o’n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq qonunchilikni o’zgartirmaydi. O’zbekiston Respublikasi davlat organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur etkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan taqdirda, investorlarga etkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi. O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida xaqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog’laydi. Korxonada avtonomiya koeffitsiyentining yillar kesimida 2014-2016-yillarda o‘sishi, 2017-yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik darajasida barcha yillar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti majburiyatlarning aktivlarga nisbati darajasida ham o‘sish kuzatilgan. Bu albatta salbiy holat deb baholanishi ham mumkin. Ya’ni majburiyatlarning jami kapital tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yillarga nisbatan keskin ortib ketmoqda. O‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat 2017-yilda eng yuqori natijani qayd etgan, quyi natija 2014-yilda kuzatilgan. Xo’jalikning umumiy moliyaviy ahvolini tahlil qilish uslubi. Buxgalteriya balansi-netto asosida xo’jalikning umumiy moliyaviy holatining tahlili gorizontal va vertikal tahlil usullari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi navbatda korxonaning aktivlari va passivlari tarkibi va tarkibiy tuzilishi hisoblab olinadi. Shundan so’ng tahlil boshlandi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlaridagi umumiy va tarkibiy o’zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo’yicha alohida o’rganiladi. Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning ham, passivning ham tarkibini tahlili har bir bo’limi va har bir moddasi bo’yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o’zgarishlarini aniqlab, baho berish bilan amalga oshiriladi. Ularning tarkibining tahlili bilan bar qatorda tarkibiy tuzilishi ham o’rganiladi. Buning uchun har bir bo’lim va moddalar bo’yicha aniqlangan yil oxiridagi salmog’ini yil boshidagi salmog’iga solishtirib, tarkibiy tuzilishi tahlil qilindi. So’ngra mutlaq va nisbiy o’zgarishlar asosida moliyaviy ahvolning umumiy holatiga baho beriladi. Korxonaning holatiga baho berishda balans ma’lumotlari asosida moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi, chunki ular asosida moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatlari aniqlandi. Shular jumlasiga moliyaviy barqarorlik, to’lovga qodirlik koeffisiyentlari kiradi. Endi,shu koeffisiyentlarni tahlil qilish usuliga to’xtalamiz. 17.3. Xo’jalik ning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uslubi Moliyaviy barqarorlik deganda nima tushuniladi? Moliyaviy barqarorlik deganda moddiy aylanma mablag’larning (Tovar –moddiy zaxiralarning) ularni tashqil qiluvchi asosiy manbalar bilan qoplanish darajasi tushuniladi. Tashqil qiluvchi asosiy manbalar bo’lib, o’z aylanma mablag’lari manbalari bilan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik tahlili buxgalteriya balansi-netto asosida amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi navbatda yil boshi va yil oxiridagi tovar-moddiy zaxiralarining asosiy manbalari hajmi hisoblab olinadi. So’ngra ularni mavjud moddiy aylanma mablag’lar hajmi bilan solishtirish orqali tovar-moddiy zaxiralarining manbalar bilanTo’lovga qodirlik deganda nima tushuniladi? To’lovga qodirlik deganda to’lov mablag’lari bilan qisqa muddatli to’lov majburiyatlarining qoplanish darajasi tushuniladi. To’lov mablag’lari tarkibiga pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, debitorlik qarzlari va tovar-moddiy zaxiralar (kelgusi davr xarajatlarisiz) kiradi..Qisqa muddatli to’lov majburiyatlariga kreditorlik qarzlari va qisqa muddatli kredit va qarzlar kiradi. 89 To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari o’z navbatida 3 turga bo’linadi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblash usuli va ta’rifini quyidagi shakldan ko’rish mumkin. To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari Ko’rsatkichni hisoblash usuli Ko’rsatkichlarning mazmuni 1. Mutlaq to’lovga qodirlik -koeffisiyenti 1 2 1 П П А МТК A1-pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar summasi; P1- joriy kreditorlik qarzlari P2-qisqa muddatli kreditlar va qarzlar 2.Oraliq to’lovga qodirlik koeffisiyenti 1 2 1 2 П П А А ОТК A2-debitorlik qarzlari 3.Joriy to’lovga qodirlik koeffisiyenti 1 2 1 2 3 П П А А А ЖТК A3-tovar -moddiy zixiralar (kelgusi davr xarajatlaridan tashqarisi.) To’lovga qodirlik koeffisiyenti dinamikasini tahlil etishda gorizantal va omilli tahlil usullari qo’llaniladi. Gorizontal tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishi aniqlandi. Omilli tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishiga omillarning ta’siri hisoblanadi va har birining ta’siriga baho beriladi. Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash zarur. Buni mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining tahlili misolida keltirdik. Hisobot davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentini bazis davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentiga solishtirib,o’zgarishi aniqlanadi: Ushbu o’zgarishga omillar tasirini aniqlash hisobi: Korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi bo'lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to'lovga qodirlik ahvolini, o'z va qarz mablag'lari bilan ta'minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debetorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo'lgan holatini o'rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko'rsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bo'lib quydagilar hisoblanadi Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish; Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish Balans likvidligi ko'rsatkichlarini aniqlash va ularning o'zgarishini tahlil qilish Korxonaning to'lov layoqati koefsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish Moliyaviy koefsiyentlarini aniqlash va ularning o'zgarishiga baho berish Aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganish Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo'yicha tavsiyalar va takliflar berish Moliyaviy holatni tahlil qilishning sosiy manbalari bo'lib quydagi axborotlar hisoblanadi Buxgalteriya balansi Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot Asosiy vositalar to'grisidagi hisobot Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma Moliyaviy natijalar deganda nima tushuniladi? Moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko'rsatkichlari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko'rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Daromadlar hajmi xarajatlat hajmidan ko'p bo'lsa, oraliqdagi farq fordani aksincha bo'lsa zararni bildiradi. Foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o'zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o'zgaruvchanlikni bildiradi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, to'lovga qodirligi oshib boradi, o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy nemat yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy iqtisodiy maslalarni hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini foydali yuritishi uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko'rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi. Chunki foydani ko'paytirish va zararni yo'qotish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarini faqat tahlil orqali aniqlashi mumkin Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi – Foyda va rentabillik ko'rsatkichlarini dinamikasini chuqur o'rganish hamda omilli tahlil qilish asosida ularni yanada ko'paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat Download 70.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling