Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tushunchasi, manbalari va
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
6 I bob. XOJALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQI TUSHUNCHASI, MANBALARI VA PREDMETI Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tushunchasi va predmeti. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tamoyillari. Fanning boshqa huquqiy fanlardan farqi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqining manbalari tushunchasi va turlari. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiga oid qonunlar va boshqa huquqiy normalar. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tushunchasi va uning predmeti Xojalik (tadbirkorlik) huquqiga tarif berishdan avval uning huquq tizimida tutgan orniga toxtalib otaylik. Xojalik (tadbir- korlik) huquqiga bir tomondan, huquqning mustaqil sohasi si- fatida, ikkinchi tomondan, qonunchilik tarmogi, uchinchidan, fan, tortinchidan, oquv predmeti (fani) sifatida qaraladi. Malumki, xojalik faoliyati, sobiq shorolar tuzumi sharoitida yagona mulkka va davlat rejasiga asoslangan xojalik munosabatlaridan iborat bolib, u gorizontal xojalik munosabatlarini xuddi shunday ularga rahbarlikdan kelib chiqadigan vertikal munosabatlarini oz ichiga qamrab olgan edi. Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi yangi-yangi mulkdorlar guruhini shakllantiradi, tadbirkorlarni keltirib chiqaradigan bu guruhlar xojalik munosabatlarining mustaqil subyekti bolib ishtirok etadi. Ular ortasidagi mulkiy munosabat- larning aksariyati xojalik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Xojalik huquqiy munosabatlar doirasi, bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan birga, borgan sari kengayib boradi, xususan, tovar ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohasida korxonalar, tad- birkorlar, fermerlar, dehqon xojaliklari, banklar, birjalar va shunga oxshash boshqa subyektlar oziga xos maxsus faoliyat korsatadilar. Xojalik huquqi huquq tarmogi sifatida iqtisodiyot sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normalar yigindisidan iborat. «Iqtisodiy faoliyat» atamasi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining www.ziyouz.com kutubxonasi 7 53-moddasida belgilangan. «Iqtisod» sozi «ekonomika» grekcha «ekonomos» sozidan olingan bolib, «xojalik» degan manoni anglatadi. Ushbu termin qonun chiqaruvchi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar» deb nomlangan XIII bobida qollanilgan. Bundan tashqari, Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69-mod- dasida «xojalik faoliyati», Ozbekiston Respublikasining «Òad- birkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»gi Qonu- nining 18-moddasida «iqtisodiy faoliyat» iboralari qollanilganligini misol tariqasida korsatib otish mumkin. jamiyat va davlat mahsulot istemolchilari korxonalarning mehnat jamoalari korxona mulkdorlari IQTISODIY FAOLIYAT (XOJALIK FAOLIYATI) MANFAATLARINING SUBYEKTLARI IQTISODIY (XOJALIK) FAOLIYATI BOSQICHLARI ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)gacha bolgan bosqich (royxatdan otkazish, litsenziyalash, ruxsatnoma olish) ishlab chiqarish bosqichi (tovar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmat korsatish) ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)dan keyingi bosqich (soliq xizmati, statistika organlari oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi) www.ziyouz.com kutubxonasi 8 Xojalik faoliyati jarayonidagi manfaatlar hudud va milliy sifatlari boyicha quyidagicha tasniflanadi: 1. Milliy va xorijiy. 2. Regional va mahalliy. 3. Iqtisodiyot sohalari boyicha. Jumladan, notijorat munosabatlarni, shuningdek, davlat va jamiyat manfaatini taminlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish bilan bogliq munosabatlarni tartibga solib turuvchi qoidalar yigindisini ozida mujassamlashtiradi. 1 Xojalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat emas, balki ishlab chiqarishni boshlash uchun bino olish yoki qurish, joy olish, yoqilgi, xomashyo, asbob-uskunalarga ega bolish bilan bogliq munosabatlarni ham qamrab oladi. Ana shular xojalik huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bolib, bevosita daromad (foyda) olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham bogliq boladi. Bular jumlasiga mulkni boshqarish, korxonani tuzish va tugatish boyicha tashkiliy-mulkiy tusdagi barcha faoliyatlarni kiritish mumkin. 1 Ìàðòåìüÿíîâ A.Ñ. Õîçÿéñòâåííîå ïðàâî. Ò.1. M.: «BEK». 1994. 125- betlar. Xojalik subyektlarining ozaro vertikal va gorizontal munosabatlari guruhlari Birinchi guruh xojalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq munosabatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat korsatish bilan bogliq xojalik faoliyatidir Ikkinchi guruh xojalikka rahbarlik qilishdan kelib chiqadigan(xojalikni boshqarishga oid) munosabatlar Uchinchi guruh ichki munosabatlar har bir korxona, birlashmaning ishlab chiqarish tuzilmalari ortasidagi ichki munosabatlari shaklida namoyon boladi www.ziyouz.com kutubxonasi 9 Xojalik (tadbirkorlik) huquqining oziga xos xususiyatlari uning subyektlari bilan ham bogliqdir. Malumki, rejali iqtisodiyot sharoitida xojalik munosabatlari faqat korxona va tashkilotlar hamda ularning bolimlari ortasida vujudga kelar edi. Xojalik faoliyatini alohida fuqaro emas, balki ularning jamoasi olib borar edi. Fuqaro xojalik faoliyatida tashkilot jamoasi tarkibida ishtirok etar edi. Ularning bu munosabatlari esa mehnat huquqi bilan tartibga solinar edi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga otish, avvalo, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy mulkni shakllanti- rishdan boshlanadi. Alohida fuqaroning xususiy mulk egasi sifatida etirof etilishi uni tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun imkoniyat berdi va buning uchun yetarli huquqiy asoslar yaratildi. Endilikda fuqaro foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida, tegishli tartibda davlat royxatidan otgan vaqtdan etiboran tadbirkor maqomiga ega bolgach, xojalik faoliyati bilan boshqa xojalik yurituvchi subyektlar qatori teng huquqlilik asosida shugullanish huquqiga ega boldi. Respublikamizda bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich shakllanib borishida tadbirkorlik faoliyatining, tadbirkorlik munosabatlari ishtirokchilarining ham roli, tasiri tobora muhim ahamiyatga ega bolib bormoqda. Jumladan, bu munosabatning oziga xos xususiyatlari, yani ishlab chiqarishni tashkil etish, tadbirkor- likni royxatga olish, uni korxona shaklida rasmiylashtirish, hisob- kitob olib borish, soliq tolash, bozorga tovar, ish va xizmat bilan chiqish tartibini va qoidasini belgilash, boshqa korxona va tashkilotlar bilan boladigan ozaro munosabatlarni huquqiy boshqarishni taqozo etadi. Agar, muqaddam fuqaroning bozorga chiqishi iqtisodiyotimiz uchun tasodifiy bir hol bolib va mamuriy huquq qoidalari bilan boshqarilgan bolsa, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida bu munosabatlar bir butun bolib, tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga soluvchi yagona qoidalar bilan tartibga solinadi. Demak, korxona, tashkilotlarning, tadbirkorlarning moddiy ishlab chiqarish va xizmat korsatish bilan bogliq iqtisodiy munosabatlari bir butun holda xojalik huquqiga oid qonunlar orqali tartibga solinib turiladigan xojalik munosabatlarining birinchi guruhini tashkil etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Xojalik munosabatlari bevosita foyda olish bilan bogliq bolmagan holda ham mavjud boladi. Bunday faoliyatga misol sifatida mulkni boshqarish, idora qilish, korxona tashkil etish, tugatish bilan bogliq tashkiliy-mulkiy xarakterdagi faoliyatlarni korsatish mumkin. Ana shu munosabatlar ham bevosita xojalik huquqi qoidalari bilan tartibga solinib turiladi. Xojalik subyektlari viloyat, shahar, tuman, mahalliy hokimiyat idoralari bilan tegishli xojalik faoliyatini tashkil etish va mulkni boshqarishda ishtirok etadi. Bunday xojalik munosabatlari foyda olish bilan bogliq bolsa ham, xojalik boshqarishini oz ichiga oladi. Davlat budjetidagi muassasalar, matlubot jamiyati, xayriya fondlari va vazifalarini hal etish uchun xojalik munosabatlariga kirishadigan boshqa muassasalar faoliyati foyda olish bilan bogliq bolmagan faoliyat jumlasiga kiradi. Bu munosabat tadbirkorlik faoliyati bilan juda yaqin bolib, shakli jihatdan uni amalga oshirishdan deyarli farqlanmaydi va shu tufayli xojalik huquqi bilan bogliq boladi. Bu xojalik munosabatlarining ikkinchi guruhini tashkil etadi. Davlat jamiyat manfaatini hisobga olgan holda xojalik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarga iqtisodiy tasir etadi, uning faoliyatini nazorat qiladi. Bu munosabat xojalik huquqi predmeti- ning uchinchi guruhini tashkil etadi. Yuqorida korsatib otilgan munosabatlar guruhi bozor iqtisodiga oid bolgan va davlat tomonidan tartibga solinadigan xojalik subyektlarining kop qirrali faoliyatini ifodalaydi. Boshqariladigan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish xojalik munosabatlari togrisidagi va tegishli xojalik huquqi predmeti haqidagi tushunchaning ham ozgarishiga olib keladi. Chunki, mamuriy buyruqbozlikka asoslangan xojalik huquqi tizimi muqaddam faqat davlatga tegishli bolgan korxona, tashkilotlarga doir xojalik munosabatlariga, shuningdek, kooperativ va boshqa tashkilotlar bilan bogliq xojalik munosabatlariga xizmat qilgan edi. Hozirgi kunda esa mulk shakllarining kop xilligi, fuqaro mulklarining kichik korxona shaklida, dehqon xojaligi, xususiy tadbirkorlik faoliyati shaklida ishlab chiqarishga jalb etilishi, xojalik munosabatlarining shakli, hajmi, xarakteri va mazmunini ozgartirib yubormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma uchun majburiy rejali tartib oz kuchini yoqotadi. Ammo, reja faqat alohida olingan holatlarga, www.ziyouz.com kutubxonasi 11 yani davlat ehtiyojlarini taminlashga qaratilgan topshiriqlarni bajarishga tatbiq etiladigan boladi. Bozor munosabatlariga otish sharoitida xojalik munosabatlarini huquqiy tartibga solish bozor uchun tovar ishlab chiqarishga (ish va xizmat korsatishga) ixtisoslashgan faoliyat bilan bogliq boladi. Shu sababli har qanday subyekt oziga tegishli mulk yuzasidan ishlab chiqarish faoliyatiga kirishadi va uni amalga oshirish jarayoni xojalik huquqi bilan tartibga solinadi. Xojalik huquqi davlatning ishlab chiqarish faoliyatiga tasir etishi boyicha kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etiladi. Bu davlat bilan boshqa subyektlarning ozaro vertikal boyicha xojalik yuritish munosabatlaridir. Bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirish shaklidagi davlat rahbarligi, nazorat, idora etish oz xarakterini va xususiyatini yoqotib boradi. U koproq shartnoma asosida tasir etish usuliga otadi. Masalan, xojalik yurituvchi subyektlarning ozaro munosabatlari faqat shartnomaga asoslanadi, korxonalarning oz ichki boginlariga rahbarlik qilishi ichki xojalik shartnomalariga asoslanadi. Biroq ozmi- kopmi qabul qilingan rejali hujjat natijasida tashkil topadigan tegishli munosabatlar va rahbarlik, davlat ehtiyoji uchun davlat buyurtmasi ustidan mulk egasining nazorat qilish funksiyasi ornatilgan qoida va tartib yoli bilan davlat tasir chorasini amalga oshirish (ijtimoiy, ekologik va shunga oxshash) tartibga solishning malum bir yigindisini tashkil etadi, iqtisodga davlatning tasir etish choralarining yangi turlari: soliq, antimonopoliya nazorati va boshqalar kelib chiqadi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqining asosiy tamoyillari Huquq sohasining barcha tarmoqlari singari xojalik huquqining ham asosiy va eng muhim tamoyillari mustaqil Ozbekiston Respublikasi qonunlarida mujassamlashgan asosiy qoidalardir. Xojalik huquqiga oid tamoyillar respublikamizda bozor munosa- batlarini tashkil etishda barcha xojalik subyektlarining iqtisodiy faoliyatini malum bir maqsad sari yonaltirib, huquqiy tartibga solib turadi. Xojalik huquqining asosiy tamoyillaridan biri xojalik (tadbir- korlik) subyektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. U Kons- titutsiyamizning 53-moddasida oz ifodasini topgan. Bu tamoyilning bozor iqtisodiy munosabatlarini tashkil etishdagi ahamiyati www.ziyouz.com kutubxonasi 12 shundan iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori turuvchi davlat organlarining direktiv korsatmalari asosida belgilangan edi. Bunday tartib ishchi, xizmatchi va ziyolilarning ishbilarmonligi, ijobiy tashabbuskorligi, qisqasi ijtimoiy faolliligiga tosqinlik qilib kelgan edi. Bozor iqtisodiyotiga otib borish esa, jamiyat ehtiyojini hisobga olgan holda mulkiy munosabatlarning ozgarib borishiga, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirib, mehnat unumdorligini oshirishga, erkin mehnatning qaror topishiga olib keldi. Natijada, xojalik subyektlari yuqoridan beriladigan buyruq yoki korsatmaga asoslanmasdan, balki ular iqtisodiy qonu- niyatlarga, yani bozor qonuniyatlariga tayangan holda moddiy ishlab chiqarish va xizmat korsatishda erkin bolib, faqat bozor talablariga rioya etgan holda iqtisodiy raqobatda mustaqil qatnasha oladigan boldi. Xojalik (tadbirkorlik) subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat korsatuvchi xojalik subyekti- ning iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali himoya qilinadi. Eng avvalo, iqtisodiy manfaat- larning himoyasi soliq munosabatlarida yorqin kozga tashlanadi. Jumladan, yangi tashkil etilgan korxonalar va tadbirkorlarga moddiy jihatdan oz iqtisodini tiklab olishda imtiyozlar berilgan. Bank orqali ularga qarz berishda va soliq tolashda ham malum bir imtiyozlar yaratilgan. Xojalik subyektlarining mulkiy huquqlari buzilganda, qonunga muvofiq himoya qilinadi. Jumladan, xojalik subyektining mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar tola hajmda zarar yetkazgan shaxsdan undirib olinadi. Agar, mulk egasining xohishidan tashqari, mulk qonunga zid holda boshqa shaxsga otkazilganida, bu mulkka davo qozgatilib, egasiga (xojalikka) qaytariladi. (Fuqarolik kodeksining 228233-moddalari.) Agar, tosqinlik qilinganida, unday tosqinliklar bartaraf etiladi. Mulk egasining huquqlari Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231-moddasida belgilanganidek himoya qilinadi. Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 232-moddasida belgilanganidek, xojalik subyekti mulkdor bolmasa ham, lekin mol-mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, xojalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun, yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga kora egalik qilayotgan www.ziyouz.com kutubxonasi 13 bolsa ham uning shu mol-mulkka bolgan huquqlari Fuqarolik kodeksining 228231-moddalari qoidalariga muvofiq himoya qilinadi. Xojalik subyektining iqtisodiy manfaatlari ham, huquqi ham qonun bilan himoya qilinadi. Jumladan, xojalik subyektlari boshqa shaxslar bilan shartnoma munosabatlariga kirishganida ularning manfaatlarini himoya qilishda monopoliyadan himoyalash tamoyili muhim ahamiyatga ega boladi. Bu tamoyilning mazmuni tovar ishlab chiqaruvchilarning va xizmat korsatuvchilarning bozorlarda erkin harakat qilishini taminlash maqsadida monopolistik faoliyatni cheklashga, nosoglom raqobatning kelib chiqishiga yol qoymas- likka qaratilgan chora-tadbirlar olib borilishida namoyon boladi. Bu sohada Ozbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan «Òovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat togrisida»gi Qonuni muhim ahamiyatga ega. Ana shu qonun orqali ayrim shaxslar tomonidan bozorni monopoliyalashtirib, oz shaxsiy manfaatiga xizmat qiladigan joyga aylantirishiga qarshi kurash olib borilayapti. Erkin bozorning tobora keng rivoj topishiga shart-sharoit yaratilib, bozor hamma uchun ochiq bolishi, narx- navo talab bilan taklif natijasida belgilanishi taminlanmoqda. Xojalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qollash asosida davlatning tasir etish tamoyili. Bu tamoyil mamlakatimizning iqtiso- diy rivojlanishiga korsatma, buyruq orqali tasir etish usulining iqtisodiy usuliga, yani mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat korsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi. Bunga misol sifatida soliq undirishni olish mumkin. Muqaddam soliqlar hamma tashkilotlardan olingan daromaddan bir xilda ushlab qolinmasdan, balki ilgor korxonaning mablagidan samarasi past korxona uchun ham olib qolinar edi. Hozir esa soliqlar tizimining aniq qoyilishi har bir korxona va tashkilotlarning oz rivojidan manfaatdorligi taminlanishi, kashfiyot, ixtiro va takomillashtirish takliflari qilib foydalanishlariga imkoniyat yaratilgan. Davlatning korxona va tashkilotlarga tasir etishi beriladigan buyruqqa va korsatmaga emas, balki iqtisodiy usulga asoslanadi. Iqtisod siyosatdan alohida bolgan holda rivojlanadi. Bu siyosat mutlaqo iqtisodga aloqasi yoq ekan, degan xulosa emas, albatta. Iqtisod bilan siyosat bir-biri bilan boglanmagan holda, biri ikkinchisiga tasir etgan holda boladi. Shu nuqtayi nazardan, avval iqtisod rivojlanib boradi, songra siyosat shakllanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 14 Respublika mustaqil taraqqiyotini belgilovchi narxlarni erkin- lashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish tamoyili. Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar bilan toldirishga va xizmatlar korsa- tishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biridir. Shu sababli davlat narxlarni birdaniga oz holicha qoyib yubormasdan, asta-sekinlik bilan erkin narxga otib borishni taminladi. Narx-navo talab bilan taklif ortasida belgilana boshlandi. Chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarining amal qilishi bozor iqtisodiyotining goyat muhim bogini bolib, bu bogin mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan istemolchilarni ozaro jiðs tasirini taminlaydi. Ammo, davlatning bozor bahosiga tasir etishi, malum bir iqtisodiy usullar orqali olib boriladi, albatta. Davlatning eng avvalo, bozor va bahoga tasiri uni kuzatish va nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat xojalik munosabatlariga nisbatan bahoni nazorat qilish standart xizmati, soliq xizmati, sanitariya va ekologiya xizmati kabi usullar orqali faoliyat korsatadi. Bozor infrastrukturasi bu bevosita transport xizmatini yolga qoyish, yuk tashish, tushirish, saqlash va tovar-mahsulotlarini sotish bilan bogliq xizmat turlarining sifatini oshirish, bozorni organish, bozordagi narx-navo haqida malumot olib turish kabi xizmatlarni orniga qoyish va shunga oxshash bozor rivojiga komak beruvchi boshqa xizmat turlarini samarali tashkil etish bilan bogliq munosabatlardir. Òovar ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmat korsatuv- chi) subyektlarning ozaro raqobati tamoyili. Bu tamoyilning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, kop va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqara olsa (ish va xizmat korsatsa), u ijtimoiy hamda iqtiso- diy taraqqiyotda imtiyozga ega bola oladi. Malumki, bu tamoyil iqtisodiyotning rivojida eng birinchi va hal qiluvchi vosita hisob- lanadi. Chunki, u raqobatbardoshlikni chiniqtiradi, yomon ishlov- chi korxonani samaradorlikka olib chiqadi yoki uzoq muddat davomida tovarlariga talab yoqligi sababli zarar korib kelayotgan, tolovga qobiliyatsiz korxonalarni qayta tashkil etish yoki kasodga uchragani sababli Ozbekiston Respublikasining 2003-yil 24- apreldagi «Bankrotlik togrisida»gi Qonuniga muvofiq mutlaqo tugatib yuborishga olib keladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 15 Qonuniylik tamoyili barcha fanlarga doir bolgan umumiy tamoyil bolsa ham, xojalik huquqida u bozor munosabatlariga otish sharoitida oziga xos xususiyatga ega bolib, bu tamoyil mazmunida xojalik subyektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan shugullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi. Demak, korxona hamda tashkilotlar davlat va jamiyatga foydali bolgan, qonun bilan taqiqlanmagan faoliyat bilan shugullanish ustuvorligini taminlashi shart. Bu esa bozor munosabatlariga otib borish bilan bogliq holda iqtisodni tashkil etish, samaradorlikka erishish, davlatimiz va xalqimizning buyuk kelajagini taminlashning asosiy vositalaridan biri boladi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqining asosiy tamoyillari Xojalik (tadbirkorlik) subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish Iqtisodiy faoliyat erkinligi Òovar ishlab chiqaruvchi (ish bajaruvchi, xizmat korsatuvchi) subyektlarning ozaro raqobati Qonuniylik Narxlarni erkinlashtirish va bozor infra- strukturasini shakllantirish Xojalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qollash asosida davlatning tasir etishi «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi»ning boshqa huquqiy fanlardan farqi «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» mustaqil fan tarmogi sifatida boshqa huquqiy fanlardan oziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu farqlarni eng avvalo, Fuqarolik huquqi faniga nisbatan korib chiqaylik. Chunki, uzoq yillardan buyon olimlar ortasida bu ikki fanning farqi yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi www.ziyouz.com kutubxonasi 16 «Xojalik huquqi» mustaqil fan tarmogi emas, u Fuqarolik huqu- qining tarkibini tashkil etadi deb hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Xojalik huquqiga alohida fan deb qarash kerak, deydi. Xojalik hu- quqini huquq sohasining bir tarmogi deb hisoblashga uning Fu- qarolik huquqi va boshqa turdosh bolgan huquqlardan farqi asos bo- ladi. Uning oziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Malumki, Xojalik huquqi Fuqarolik huquqiga juda yaqin soha bolsa-da, u eng avvalo, tushunchasi, predmeti, subyektlari orqali juda aniq farqlanadi. Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib koraylik. Fuqarolik huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor I.B.Zokirov shunday tarif beradi: «Fuqarolik huquqi Ozbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bolib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini tobora toliqroq qondirish maqsadida mulkiy muno- sabatlarni hamda mulkiy xarakterda bolmagan shaxsiy munosa- batlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yigindisidan iboratdir». 1 Ana shu tarifdan ham aniq korinib turibdiki, Fuqarolik huquqi subyektlar ortasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bogliq bolmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq sohasidir. Xojalik huquqi ham respublikamizdagi huquq sohalaridan biri bolib, mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich otib borishida, davlat va jamiyat, xojalik manfaatlarini hisobga olgan holda, xojalik subyektlari ortasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi subyektlarga (gorizontal) boladigan xojalik munosabatlarni tartibga soluvchi, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yigindisidan iboratdir. Yuqorida berilgan tariflarga kora, Fuqarolik huquqi qoidalari aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, Xojalik huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli. Lekin, Fuqarolik huquqida munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining ozaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, 1 Qarang: Zokirov I.B. Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. 1-qism. Ò.: «Adolat». 1996. www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Xojalik huquqida subyektlar teng huquqli bolishi bilan birga idora etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosa- batlarni ham tartibga solishga qaratiladi. Demak, bu ikki fan bir-biridan predmeti orqali ham tubdan farqlanadi. Fuqarolik huquqining subyektlari bolib fuqarolar hisoblansa, Xojalik huquqining subyekti faqat tadbirkor sifatida davlat royxatidan otgan fuqarolar bolishi mumkin. Fuqarolik huquqining ham, xojalik huquqining ham subyekti bolib yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo, yuridik shaxsning tashkil bolish, xojalik faoliyatini amalga oshirish va unga rahbarlik qilish jarayonlarida farqlanadi. Davlat fuqarolik munosabatlarida ikkinchi taraf bilan teng huquqli bolib qatnashsa, xojalik huquqida esa iqtisodga rahbarlikni amalga oshiruvchi subyekt bolib ishtirok etadi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma munosabat- lari asosan istemolchilarning moddiy ehtiyojini taminlashga qaratilgan bolib, uni ishlab chiqarish bilan aloqasi bolmasa, Xojalik huquqi shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini ham tartibga solishda qollaniladi. Ana shu jihatlari bilan Xojalik huquqi Mehnat huquqiga ham juda yaqin bolib korinadi. Ammo, ular bir-biridan farqlanadi. Xojalik huquqi subyektlar ortasidagi xojalik munosabatlarini tartibga solsa, Mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib- qoidalarini, ish tartibini va shunga oxshash mehnat shartnomasi bilan bogliq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. «Xojalik huquqi»ning Mamuriy huquq fanidan farqi shundaki, Mamuriy huquqning predmeti mamuriyatning buyruq hamda ijro faoliyati bilan, yani hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan bogliq munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va mansabdor shaxslarga oz korsatmalari orqali tasir etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Xojalik munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yoq. Borlari ham bozor munosabatlari shakllanib borgani sari tobora uzoqlashib, barham topib, iqtisodiy munosabatlarga oz ornini boshatib bermoqda. Shu sababli davlat iqtisodiyotga ozining tegishli organlari orqali (soliq, imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy tasir etish usullari bilan rahbarlikni amalga oshiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi 18 «Xojalik huquqi» Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi. Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bogliq munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbayini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Xojalik huquqining predmetini tashkil etadi. Òabiiyki, xojalik faoliyati ham daromadlarni tashkil etish va ularni sarf qilishning alohida qoidalaridan xoli kelib chiqmaydi. Shu sababli, xojalik subyektlari pul mablaglarining bir qismi harakatda bolishini taminlash Xojalik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadi. Xojalik subyektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning budjetga kelib tushadigan davlat daromadi Moliya huquqining predmetini tashkil etadi. Shuningdek, Xojalik huquqi Konstitutsiyaviy huquq, Ekologiya va qishloq xojaligi huquqi bilan bogliq munosabatlarda ham oziga xos xususiyatlari orqali farqlanadi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi manbalari tushunchasi, turlari Ozbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbayi bu vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan qonunlar va chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. Ana shu qonunlar va huquqiy hujjatlar eng avvalo, Ozbekiston xalqining erkini, xohishini ifoda etadigan huquqiy qoidalar yigindisidir. Har bir fan uchun qonunlarning va huquqiy hujjatlarning qaysi biri yoki uning qanday qoidasi manba ekanligini ajratib olish kerak boladi. Ayniqsa, bu masala xojalik huquqi uchun muhimdir. Chunki, Xojalik huquqiy normalarini yagona tizimga soluvchi alohida huquqiy hujjat hozircha yoq. Lekin, shunday bolsa-da, mustaqil respublika- mizning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan qator huquqiy hujjatlar borki, ularning deyarli katta qismi bevosita xojalik huquqining manbayi bola oladi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha huquqlar qatori xojalik huquqining asosiy manbayidir. Eng avvalo, Konstitutsiya- ning 12-bobi jamiyatning iqtisodiy negizlari xususida belgilangan qoidalari xojalik huquqining manbayi bolib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning ana shu bobi 53-moddasida «Bozor munosa- batlarini rivojlantirishga qaratilgan Ozbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat istemol- chilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, www.ziyouz.com kutubxonasi 19 tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi», deb belgilangan. Shu bilan birgalikda Konstitutsiyada xususiy mulkning boshqa mulk shakllari bilan bir qatorda davlat himoyasida bolishi, mulkdor- ning mulkiga oz xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi (Konstitutsiyaning 54-moddasi), yer, yerosti boyliklari, suv, osimlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxira- larning umummilliy boylik bolishi (Konstitutsiyaning 55-moddasi) kabi moddalari Xojalik huquqiga bevosita manba bolib hisoblanadi. Bundan tashqari, Xojalik huquqining manbayi bolib boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda tegishli vakolatga ega bolgan idoralar tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar ham hisoblanadi. Xojalik huquqi manbayi deb, xojalik subyektlari ortasida kelib chiqadigan xojalik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonunchilik normalarining yigindisiga aytiladi. Xojalik huquqi manbalarining turlari bolib Konstitutsiyaga muvofiq qabul qilingan qonunlar va belgilangan tartibda chiqarilgan boshqa huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ular Ozbekistonning shu kecha-kunduzdagi iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi huquqiy asos bolib, bozorni tashkil etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish va uni kafolatlashga qaratilgandir. Bozor munosabatlari qonunlar bilan kafolatlanmas ekan, oz-ozidan malumki, tovar ishlab chiqarish ham, xizmat korsatish ham kongildagiday rivojlanmaydi, buning natijasida undan moddiy manfaatdor bolish ham susayadi, mulkdorlar sinfi shakllanmaydi. Bu, oz navbatida, davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga tosqinlik qiladi. Aholining moddiy va maishiy farovonligi taminlanishini qiyinlashtiradi. Shu sababli respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini borgan sari rivojlantirib borishga va uning taraqqiyotini qonun bilan kafolatlashga alohida etibor berilyapti. Ayniqsa, Ozbekiston Respublikasi Fu- qarolik kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi bu borada muhim voqea boldi. 1 Malumki, Fuqarolik kodeksining mulk huquqi, majburiyat huquqi, mulkning bir shaxs egaligidan ikkinchi shaxs egaligiga otishiga qaratilgan shartnomalar xususidagi qoidalari bevosita bozorni tashkil etishga, uni tovarlar va xizmatlar bilan toldirishga, 1 Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Ò.: «Adolat». 1996. www.ziyouz.com kutubxonasi 20 xojalik subyektining bozor munosabatlarida erkin ishtirok etishini taminlashga qaratilgan. Fuqarolik kodeksida belgilangan mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, mulk ijarasi, lizing, pudrat, qurilish pudrati, tashish, kredit, hisob-kitob va shunga oxshash xojalik subyektlari ishtirokida tuziladigan shartnomalarga oid qoidalar bevosita xojalik huquqiga manba boladigan qoidalardir. Xojalik huquqining manbayi bolib, Ozbekiston Respublika- sining Havo kodeksi 1 , Xojalik protsessual kodeksi 2 hisoblanadi. Havo kodeksida aeroportlar, havo transporti orqali yuk va passajir tashish, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarga bir martalik buyurtma asosida shartnomaga muvofiq xizmat korsatishga doir qoidalar belgilangan. Xojalik protsessual kodeksi esa bevosita xojalik subyektlari ortasida va tadbirkorlar ishtirokidagi mulkiy nizolarni xojalik sudlari tomonidan hal qilishda qollaniladi. Qonunlar Xojalik huquqining manbayi hisoblanadi. Bu qonunlarning aksariyati bozor munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ulardan bir guruhi mulk bilan bogliq munosabatlarga doirdir. Jumladan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qonuniy kafolatlashga qaratilgan mulkchilikka oid «Mulkni davlat tasarrufi- dan chiqarish va xususiylashtirish togrisida», «Ijara togrisida», «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»gi 3 va boshqa shunga oxshash bir qator qonunlar qabul qilingan. Qabul qilingan qonunlarning bir guruhi bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik subyektlarining huquqiy holatiga bagishlangan. Bunga misol sifatida Ozbekiston Respublikasining «Masuliyati cheklangan hamda qoshimcha masuliyatli jamiyatlar togrisida», «Bank va banklar faoliyati togrisida», «Dehqon xojaligi togri- sida», «Fermer xojaligi togrisida», «Birja va birjalar faoliyati togri- sida»gi Qonunlar va boshqa qonunlarni korsatib otish mumkin. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini kafo- latlashga qaratilgan «Òovar bozorlarida faoliyatni cheklash togri- sida», «Òovar belgilari, tovar kelib chiqish joyi nomi togrisi- da», «Standartlashtirish togrisida», «Meterologiya togrisida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash togrisida», «Xojalik yuri- 1 Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6- sonli 247-moddasi. 2 Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-sonli 234-moddasi. 3 Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-sonli 140-moddasi. www.ziyouz.com kutubxonasi 21 tuvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi togri- sida»gi Qonunlari bu sohada muhim ahamiyatga ega. Xojalik huquqi manbalari turlaridan birini Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qarorlar tashkil etadi. Bunga misol sifatida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustidagi «Ayrim korxonalar va mol- mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bazi masalalari haqida»gi qarorini keltirib otish mumkin. Bu qaror bilan xususiylashtirilishi mumkin bolmaydigan mulk obyektlari sanab korsatiladi. Ayniqsa, Xojalik huquqining yangi sharoitlarda bozor iqtiso- diyoti munosabatlari bilan birga rivojlanishida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmonlar ham muhim ahamiyatga ega. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib, ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hudu- dida majburiy kuchga ega bolgan farmonlar, qarorlar va farmo- yishlar chiqaradi, deb belgilangan 1 . Bunga 1999-yil 28-iyundagi «Moliya xojalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda ozlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari togrisida», 1999-yil 23-iyuldagi «Korxonalar bankrotligi va sanatsiya mexanizmini takomillashtirish togri- sida», 2000-yil 2-avgustdagi «Ozbekiston Respublikasi Mono- poliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasini tashkil etish togrisida»gi Farmonlarni misol qilib korsatish mumkin. Xojalik huquqining manbalaridan yana biri Ozbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi chiqaradigan normativ hujjatlardir. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida bel- gilanganidek, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq Ozbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bolgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Ushbu qarorlarda xojalik huquqi subyektlarining huquqiy holati, ularning mulk huquqi va bozorni tashkil etish, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar korsatish bilan bogliq faoliyatlarni tashkil etish, rivojlantirishning chora-tadbirlari belgilanadi. Ozbekiston 1 Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Ò.: «Ozbekiston». 2009-yil. 25-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi 22 Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga misol tariqasida quyidagilarni korsatish mumkin: 2000-yil 2-avgustdagi «Ozbekiston Respublikasi Monopo- liyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi faoliyatini tashkil etish togrisida», 2000-yil 14-avgustdagi «Ijti- moiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish va sotishni tartibga solish chora-tadbirlari togrisida», 2000-yil 20-avgustdagi «Litsen- ziyalashni bekor qilish hamda istemol tovarlarni olib kelish va ularni ichki bozorda sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarorlar. Bundan tashqari, Ozbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat qomitalari, agentliklar oz vakolatlari doirasida qabul qilgan huquqiy hujjatlari ham Xojalik huquqi manbasi sifatida koriladi. Ayniqsa, mahalliy hokimiyat va idora etish organlarining oz hududi doirasida kuchda boladigan huquqiy hujjatlari ham bu borada muhim ahamiyatga ega boladi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasa, tashkilotlar ortasidagi, shuningdek, tadbirkorlar ortasidagi iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xojalik nizolarini hal etish Oliy xojalik sudi va xojalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi, deb korsatilgan. Xojalik sudlarida korilgan ishlarning togri va aniq hal etilishi yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirib Oliy xojalik sudi plenumida qarorlar qabul qilinadi. Bunday qarorlar Xojalik huquqi uchun manba bolmasa-da, qonunlarni xojalik sudlari tomonidan togri tatbiq etib, xojalik nizolarini tez va togri hal etishda muhim qollanma vazifasini otaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xojalik sohasida normativ hujjatlarni qabul qilish vakolati berilgan organlarning kopligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bu organlar xojalik sohasida hozirgi kunda qabul qilinayotgan normativ hujjatlar muayyan tizimiga ega emas. Shu bilan birga, qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda takrorlanish, biri ikkinchisiga nisbatan zid bolgan qoidalarini ham uchratish mumkin. Bu esa bir xil xojalik munosabatini huquqiy tartibga solishda chalkashliklarning kelib chiqishiga sabab boladi. Mazkur muammo- ning hal etilishi xojalik qonunchiligini yagona tizimga keltirib, uni kodifikatsiyalashtirish (kodeks yaratish) orqali oz yechimini topishi mumkin. Bu kodeksning qanday nomlanishi masalasi asosiy muammo emas. U «Xojalik kodeksi», «Òijorat kodeksi», «Òadbir- korlik kodeksi» yoki boshqacha nomlanishi mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi 23 Xojalik qonunchiligining kodifikatsiyalashtirilishi xojalik munosabatlarining huquqiy tartibga solinishida alohida aha- miyatga ega boladi. Xususan, xojalik munosabatlari subyektlariga qonunlardan foydalanishlarida qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, xojalik sudlari xojalik yurituvchi subyektlar ortasidagi xojalik nizolarini hal qilishlarida ham, qonunlarning bir yosinda qollanilishiga ham erishiladi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Kodekslar Qonunlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qarorlar Ozbekston Respublikasi Prezidentining farmonlari Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari Ozbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qomitalari va agentliklari doirasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar Xojalik (tadbirkorlik) huquqi manbalarining turlari Nazorat savollari 1. «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» fani nimani orgatadi? 2. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tamoyillarini sanab bering. 3. Xojalik (tadbirkorlik) sohasini tartibga soluvchi qanday qonun- larni bilasiz? ? www.ziyouz.com kutubxonasi 24 II bob. XOJALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQIY MUNOSABATLAR Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabat tushunchasi va belgilari. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabat turlari. Mulkiy munosabatlar. Nomulkiy munosabatlar. Majburiyat huquqiy munosabatlar. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asoslari. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabat tushunchasi va belgilari Malumki, ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Oz navbatida, huquqiy munosabat ozaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bogliq bolgan shaxslar ortasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqa hisoblanadi. Xojalik huquqiy munosabatlar deganda, xojalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tijorat hamda notijorat tusdagi xojalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish borasida xojalik yurituvchi subyektlar ishtirokida yuzaga keladigan va xojalik huquqiy normalari bilan tartibga solib turiladigan munosabatlar tushuniladi. Xojalik huquqiy munosabatlar: birinchidan, ijtimoiy tusdagi munosabat; ikkinchidan, bunday munosabatlar xojalik yurituvchi subyekt- larning ozaro huquqlar va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalari; uchinchidan, bunday munosabatlar irodaviy bolsa; tortinchidan, xojalik huquqi normalarida davlat irodasi va man- faatlari aks ettirilganligi uchun davlat ularning bajarilishini nazorat qiladi va qoriqlaydi. Xojalik huquqiy munosabat ishtirokchilari aksariyat hollarda ozlariga tegishli mulkka egalik qilish, foydalanish, uni tasarruf etishda muayyan mustaqillikka ega bolib, bir-birlariga nisbatan teng huquqli shaxslar hisoblanadilar. Bundan tashqari, xojalik huquqiy munosa- www.ziyouz.com kutubxonasi 25 batda qatnashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar, odatda, sudga ariza yoki davo ariza taqdim qilish yoli bilan himoya qilinadi. Har bir huquq sohasining huquqiy munosabatlari oziga xos subyektiga, obyektiga va munosabat mazmunini belgilovchi subyektiv huquq va majburiyatlariga ega. Gap Xojalik huquqi togrisida ketar ekan, iqtisodiy muomala ishtirokchilarining ozaro huquqiy aloqadorligi mano va mazmunini aniq belgilash maqsadida lozim darajada xojalik huquqiy munosabatlarning barcha yuqoridagi kabi muhim toifalarini (kategoriyalarini) chuqur tadqiq etish fan oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. 1 Haqiqatan, xojalik huquqiy munosabatlar tabiati xilma-xil hisoblanganligi uchun ham, uning tushunchasi va vujudga kelishi haqidagi fikrlar adabiyotlarda turli- tumandir. Xojalik huquqi korxona va tashkilotlar ortasida vujudga keladigan xojalik faoliyatini tartibga solish va amalga oshirishda, ularning bolinmalari ortasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar xojalik munosabatlari bolib, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi, lekin ishlab chiqarish jarayonida nafaqat xojalik, balki mehnat munosabatlari yoki fuqarolarning tobora oshib borayotgan moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa munosabatlar ham vujudga keladi. Òakidlash joizki, Xojalik huquqining predmetini ishlab chiqarish munosabatlarining hammasi emas, balki faqat bir qismi bolgan xojalik munosabatlari tashkil etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan xojalik faoliyati turli mulkchilikka asoslangan subyektlar ortasida yuzaga kelmoqda. Bu sohada vujudga keladigan xojalik munosabatlari oz ichiga nafaqat mulkiy yoki shaxsiy munosabatlarni, balki korxona va tashkilotlarni, ularning bolinmalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishdek muhim jihatlarni ham qamrab oladi. Bu esa, xojalik faoliyatini amalga oshirishda vujudga keladigan gorizontal xojalik munosa- batlari bilan birga, uni boshqarishda yuzaga keladigan vertikal xojalik munosabatlariga ham taalluqli boladi. 1 Batafsil qarang: Ìàðòåìüÿíîâ Â.Ñ. Õîçÿéñòâåííîå ïðàâî. Òom 1. Îáùèå ïîëîæåíèÿ. Êóðñ ëåêöèé M.: Èçäàòåëüñòâî «BEK», 1994. 34-b. www.ziyouz.com kutubxonasi 26 Xojalik huquqiy munosabatning elementlari (tarkibi) Xojalik huquqiy munosabatlar elementlari shu munosabat subyektlari, obyektlari va uning mazmunidan iborat boladi. Xojalik huquqiy munosabatlarning subyektlari bolib shu munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Bular yuridik shaxs huquqiga ega bolgan korxona va tashkilotlar, shuningdek ularning bolinmalaridir. Xojalik huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga barcha turdagi korxonalar, jumladan, fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan (jamoa, oila) korxonalar, ishlab chiqarish kooperativ- lari, aksiyadorlik jamiyatlari, masuliyati cheklangan jamiyat, ozga xojalik jamiyatlari yoki shirkatlari, shuningdek, dehqon xojaliklari, fermer xojaliklari va boshqalar kiradi. Xojalik huquqiy munosabat- larning subyektlari faqat shular bilan cheklanib qolmaydi, balki bozor munosabatlari kundan kunga rivojlanib, takomillashib borar ekan, bu jarayon tadbirkorlarning ozga tarzdagi guruhlarining yuzaga kelishiga va ularning fuqarolik muomalasiga yanada koproq jalb etilishiga olib keladi. Xojalik munosabatlarining yana bir muhim subyekti mavjudki, u ham bolsa yuridik shaxs tuzmasdan tadbir- korlik faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslardir. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari Ozbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»gi Qonu- nida 1 oz aksini topgan. 2 Xojalik huquqiy munosabatlarining subyektlari bolishi uchun tadbirkor-fuqarolar huquq va muomala layoqatiga ega bolishlari lozim. Òadbirkor-fuqarolarning huquq layoqati ularning tugilishi bilan paydo boladi va vafot etishi bilan bekor boladi. Ularning tola muomala layoqati 18 yoshga yetishi bilan boshlanadi, ammo ayrim hollarda tadbirkor sifatida royxatdan otkazilgan 16 yoshga tolgan voyaga yetmagan shaxs qonunda korsatilgan asoslarda tola muomala layoqatiga ega deb hisoblanishi mumkin (Fuqarolik kodeksining 28-moddasi). 1 Xalq sozi. 2000-yil 15-iyun. 2 Xojalik huquqining subyekti sifatida yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanadigan jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi togrisida keyingi paragraflarda batafsil toxtalinadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 27 Xojalik huquqiy munosabatlarning subyekti bolgan korxona- tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati ular davlat royxatidan otkazilgandan boshlab vujudga keladi. Xojalik huquqiy munosabat obyekti deb, xojalik huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va majburiyatlari nimaga qaratilgan bolsa, shunga aytiladi. Xojalik huquqiy munosabatlarning obyektlari: birinchidan, ashyolar, pul va qimmatli qogozlar, ozga mol- mulklar; ikkinchidan, subyektning sodir etishi shart bolgan harakat- lari; uchinchidan, huquq subyektining faoliyati; tortinchidan, xojalik faoliyatida foydalaniladigan nomulkiy nematlar (firma nomi, tovar belgisi, tijorat siri va boshqalar) hisoblanadi. Xojalik huquqi bilan tartibga solinadigan ashyoviy munosabatlar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash, taqsimlash va istemol qilish bilan bevosita bogliqdir. Ishlab chiqarish bilan bogliq bolmagan, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan ashyolar xojalik huquqiy ashyoviy munosabatlarning obyekti bola olmaydi. Harakatlar deganda, fuqaro va tashkilotlarga korsatiladigan xizmatlarni tushunish mumkin. Bunday xizmatlar xojalik huquqi bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi. Òalab qilish huquqiga ega bolgan fuqaro yoki tashkilotlarning talablari majburiyat olgan shaxslarning xatti- harakatlari bilan qanoatlantiriladi. Masalan, mahsulot yetkazib berish shartnomasi boyicha mahsulot yetkazib berish bilan bogliq xatti- harakatning amalga oshirilishi va boshqalar. Xojalik huquqiy munosabatlar obyektlarining yana biri xojalik faoliyatida foydalaniladigan nomulkiy nematlar, yani firma nomi, tovar belgisi, tijorat siri va boshqalar hisoblanadi. Bunday nemat- lardan subyektlarning erk-irodasidan tashqari hech bir shaxs foydalanishga, tovar ishlab chiqariladigan nomni ozgartirishga, tijorat siri xususida axborot olishga haqli emas. Subyektiv huquq shaxsga oz xohishini erkin amalga oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, fuqaro xususiy mulk asosida ashyodan foydalanishga yoki uni qonun hujjatlariga zid bolmagan tarzda oz ixtiyoricha tasarruf qilishga haqli boladi. Bundan tashqari, subyektiv www.ziyouz.com kutubxonasi 28 huquq shaxsning boshqalardan oz huquqlarini buzilmasligini talab qilish imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, mulk egasining subyektiv huquqi bir tomondan, oz mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bogliq huquqlarni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, u subyektiv huquq egasi sifatida oz huquqlarining buzilmasligini har kimdan talab qila oladi. Xojalik huquqiy munosabatlarning mazmunini huquqlar bilan bir qatorda majbu- riyatlar ham tashkil etadi. Majburiyat fuqarolik huquqiy munosabat bolib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar korsatish, pul tolash va hokazo yoki muayyan harakatdan ozini saqlashga majbur boladi, kreditor esa qarzdordan ozining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega boladi. Bir shaxsda subyektiv huquqning bolishi, boshqa birovda bu huquqqa yarasha, albatta, majburiyat bolishini taqozo qiladi va aksincha, har qanday majburiyat uni bajarishni talab qilishga haqli bolgan shaxsning mavjud bolishini bildiradi. Chunonchi, mulk egasi oziga qarashli mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega bolish bilan bir qatorda, boshqa har qanday shaxsdan bu huquqlardan foydalanishda tosqinlik qilmasliklarini talab qila oladi. Xojalik huquqiy munosabatning vujudga kelish asoslari Xojalik huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asosi sifatida yuridik faktlar muhim orin egallaydi. Yuridik faktlar deb, fuqarolik huquqi va majburiyatlarning vujudga kelishi, ozgarishi va bekor bolishiga qaratilgan harakatlar tushuniladi. Shunday ekan, boshqa huquq normalari singari xojalik huquqi normalari ham oz-ozidan xojalik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Xojalik huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, ozgarishi yoki bekor bolishi malum holatlar bilan belgilanadi. Xojalik huquqiy munosabatlar vujudga kelishi uchun huquqiy normalarda togridan togri nazarda tutilgan, shuningdek, huquqiy normalarda nazarda tutilmagan bolsa-da, lekin xojalik qonun hujjatlarining umumiy asoslari va mazmuniga muvofiq keladigan muayyan faktlar mavjud bolishi lozim. Xojalik huquqiy muno- sabatlarni vujudga keltiradigan, ozgartiradigan va bekor qiladigan www.ziyouz.com kutubxonasi 29 asoslar sifatida korilgan yuridik faktlar tort guruhga mamuriy hujjatlar, yuridik xatti-harakatlar, hodisalar va boshqa harakatlarga bolinishi mumkin. Mamuriy hujjat xojalik huquqiy munosabatlarni belgilash, ozgartirish yoki bekor qilish togrisida davlatning boshqaruv organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. 1 Bunga misol qilib, davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiy mulkka aylantirishda kimoshdi savdosi orqali yutib chiqqan shaxsga shu mulkka egalik huquqini beradigan davlat dalolatnomasi (order) yoki ayrim faoliyat bilan shugullanishga ruxsat berish togrisidagi litsenziyani ham mamuriy hujjatlar qatoriga qoshish mumkin. Yuridik xatti-harakatlar deganda, muayyan huquqiy oqibatni tugdirishga qaratilgan xatti-harakatlar tushuniladi yoki oqibatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan malum xatti-harakatlar ham yuridik manodagi xatti-harakatlar hisoblanadi. Hodisalar deb, xojalik huquqiy munosabat subyektlarining erklaridan tashqari sodir boladigan faktlarga aytiladi. Hodisalar faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Masalan, tabiiy ofat yuz berib, yongin bolgan taqdirda, sugurta organi jabr korgan shaxs zararini sugurta haqidagi huquqiy qoidalarga binoan tolashga majbur boladi. Harakatlar deb, xojalik huquqiy munosabatlarida qatnashuvchi shaxslarning erk-irodasi boyicha vujudga keladigan yuridik faktlarga aytiladi. Bu tarzdagi faktlar, oz navbatida, ikki turga birinchisi, huquq yol qoygan, ikkinchisi, huquq yol qoymaydigan harakatlarga bolinadi. Huquq yol qoygan harakatlar jumlasiga tuzilishi qonun bilan taqiqlanmagan bitimlar tuzilishini misol qilib keltirish mumkin. Bitimlar tashkilot va fuqarolarning xojalik huquqlarini yoki burchlarini belgilash, ozgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar bolib, muayyan oqibatlarni tugdirishga qaratiladi. Huquq yol qoymaydigan harakatlar qonun bilan taqiqlangan harakatlar bolib, bular ikki korinishda: birinchisi, boshqa subyektlarga zarar yetkazishda; ikkinchisi mulkni asossiz olish yoki asossiz tejash bilan bogliq bolgan harakatlarda namoyon boladi. Zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatlarga binoan zarar korgan xojalik oziga yetkazilgan zarar uchun javobgar 1 Zokirov I.B. Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi. 1-qism. Ò.: «Adolat», 1996. 31-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi 30 bolgan xojalikdan ozining avvalgi holatining tiklanishi yoki korilgan zararning qoplanishini talab qila oladi. Mazkur majburiyat subyekti bolib xojalik subyektiga zarar yetkazgan javobgar shaxs hisoblanadi. Bunday shaxslar xojalik huquqiy munosabat subyektlari bolib, ular turli mulk shakliga asoslanib faoliyat korsatadigan korxona, muassasa va tashkilotlar bolishi mumkin. Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qolga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuv- chiga qaytarib berishi shart boladi. Qonunda togridan togri nazarda tutilganligi sababli quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi: ijro etish muddati tolgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilgan bolmasa; davo muddati otganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk; ish hajmi va unga tenglashtirilgan tolovlar, pensiyalar, nafaqalar, stiðendiyalar, hayot yoki sogliqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablaglari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xato bolmaganda; Xojalik huquqiy munosabatlarning mazmuni, obyektiga qarab turlari mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatlar mutlaq-nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar oz xojalik faoliyatini yuritish boyicha mutlaq huquqiy munosabatlar nisbiy huquqiy munosabatlar nomulkiy huquqiy munosabatlar www.ziyouz.com kutubxonasi 31 mavjud bolmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul miqdori va boshqa mol-mulk, agar qolga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyati yoqligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa (Fuqarolik kodeksining 1030-moddasi). Xojalik huquqiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mazmuni, obyektiga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin. Mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatning obyekti ashyo hisoblanib, bu tarzdagi munosabatlar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, subyekt qonun yol qoygan asoslarda ozining mulkka bolgan huquqini, yani egalik, foydalanish va tasarruf etish boyicha xulq-atvorini belgilovchi harakatni amalga oshiradi. 1 Xojalik huquqi bilan tartibga solinadigan ashyoviy munosa- batlar ishlab chiqarish, tovar ayriboshlash, taqsimot va ishlab chiqarish istemol bilan chambarchas bogliqdir. Ishlab chiqa- rishdan tashqaridagi, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan predmetlar xojalik huquqiy-ashyoviy munosabatlar obyekti bola olmaydi. Masalan, savdo tashkilotlari tomonidan aholiga sotish uchun olingan tovarlar mulk huquqi obyekti bolib hisoblanadi. Bu tarzdagi mol-mulk fuqaro egaligiga otishi bilan fuqarolik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadigan fuqaro mol- mulki obyektiga aylanadi. Mutlaq-nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar jumlasiga xojalik yuritish va operativ boshqarishni kiritish mumkin. Bundan tashqari, umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk, xojalik faoliyatini yurgizish uchun ijara va boshqa tartibda mulkka ega bolishlik munosabatlarini kiritish mumkin. Bunday mulkdorlar munosabati mutlaq-nisbiydir. Chunki, bu munosabat subyektlari ozlarining mulkiy huquqlarini ozgalarning erkisiz amalga oshira olmaydi, ular mulk egasi bilan nisbiy huquqiy munosabatda bolib, ushbu mulklarni egallaydi, foydalanadi va tasarruf etadi. Oz xojalik faoliyatini yuritishdagi mutlaq huquqiy munosabat- lar subyekt oz faoliyatini erkin yuritishda vujudga kelib, mazkur faoliyat munosabat obyekti sifatida maydonga chiqadi. Bunda xojalik 1 Òadbirkorlik huquqi: (Umumiy qism). Darslik (tahririyat hayati: H.Rahmonqulov, Sh.Rozinazarov, M.Niyozov va boshq. Masul muharrir: Sh.Rozinazarov. Ò.: «Konsauditinform», 2002. 47-bet., Ìàðòåìüÿíîâ Â.Ñ. Õîçÿéñòåííîå ïðàâî. Òom 1. Îáùèå ïîëîæåíèÿ. Êóðñ ëåêöèé M.: Èçäàòåëüñòâî «BEK», 1994. 40-b. www.ziyouz.com kutubxonasi 32 yuritishni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradigan shaxs uchun majbur shaxs bolmaydi. Boshqa barcha shaxslar xojalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirayotgan subyekt faoliyatiga tosqinlik qilmasliklari lozim boladi. Bunga misol qilib, oz xojalik faoliyatini yuritayotgan xojalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bahosini belgilashi, tannarxini shakllantirishi, belgilangan normativ hujjatlarga binoan sanitariya, gigiyena, ekologiya, yonginga qarshi talablar boyicha va ozga faoliyatlarni amalga oshirishda vujudga keladigan mutlaq huquqiy munosabatlarni keltirish mumkin. Mabodo, xojalik yurituvchi subyekt belgilangan tartibga xilof ish tutsa, vakolatli davlat organi yol qoyilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish bilan bogliq xatti-harakatni amalga oshirishi, jumladan, zararlarni undirishni talab qilishi mumkin. Bunday holda vujudga keladigan munosabatlar albatta nisbiy xarakterda boladi. Nomulkiy huquqiy munosabatlar xojalik yurituvchi subyektlar oz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat korsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek, ishchanlik obrosini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi. Bular kabi nomulkiy huquqlarni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar mutlaq hisoblanadi, chunki bunday nematlarga nisbatan xojalik yurituvchi subyektning mutlaq huquqi qonun bilan etirof etilgan va bu kabi mutlaq huquq obyekti bolgan intellektual faoliyat natijalari va oziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin. Nisbiy huquqiy munosabatlar avvalo, majburiyatda namoyon bolib, bunda ikki yoki undan ortiq shaxslar ozaro huquq va majburiyat sohiblari boladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor ortasidagi majburiyatda nisbiy munosabatlarni koramiz, ammo har doim ham nisbiy huquqiy munosabatlar majburiyat huquqiy munosabatlari shaklida bolmasligi mumkin. Masalan, bir necha shaxslar ishtirokidagi birgalikda xojalik faoliyati yuritish togrisidagi kelishuv, shirkatga birlashish, chet el investori bilan qoshma korxona tuzish va kapitalni sarflash togrisidagi bitimlarda kreditor va qarzdor ishtirok etmasligi mumkin yoki ishtirokchilarni majburiyat huquqiy munosabatlarga kirishgan, deyish qiyin. Bu yerda biz shaxslarning ozaro kuch va mablaglarni sarf qilish asosida umumiy www.ziyouz.com kutubxonasi 33 xojalik yuritish maqsadida birikish munosabatlarini korishimiz mumkin. Shuning uchun nisbiy xojalik huquqiy munosabatlar nafaqat majburiyat huquqiy munosabatlar hisoblanmasdan, balki undan ham kengroq munosabatlarni oz ichiga qamrab oladi. Shartnomaga asoslangan barcha munosabatlar nisbiy huquqlar jumlasiga kiradi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar xojalik huquqiy, tadbirkorlik huquqiy munosabatlaridan birmuncha kengroqdir. Xojalik (tadbir- korlik) huquqi tartibga soladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlar doirasi Fuqarolik huquqi tartibga soladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlar doirasi ichida turadi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlari bir vaqtning ozida Fuqarolik huquqining subyekti bolishi mumkin, ammo Fuqarolik huquqining subyekti Xojalik (tadbirkorlik) huquqining subyekti hisoblanmasligi mumkin. Masalan, jismoniy shaxs oz ehtiyojlarini qondirish uchun ashyo xarid qilish jarayonida fuqarolik huquqiy munosabatga kirishar ekan, u na xojalik huquqiy munosabat ishtirokchisi, na tadbirkorlik huquqiy munosabat ishtirokchisi boladi, ammo u tadbirkor shaxs maqomini olgan holda tadbirkorlik faoliyati yuritish maqsadida tovar sotib olar ekan, bir vaqtning ozida ham fuqarolik, ham tadbir- korlik, ham xojalik huquqiy munosabat ishtirokchisi hisoblanadi. Shuni ham takidlash joizki, xojalik huquqiy munosabatlar doirasi tadbirkorlik huquqiy munosabatlar doirasidan anchayin kengroqdir. Shu bois har qanday tadbirkorlik huquqiy munosabat ishtirokchisi xojalik huquqiy munosabat ishtirokchisi hisoblansa-da, ammo aksincha bolmasligi mumkin, chunki tadbirkorlik munosabatlarida subyekt har doim tavakkal qilib, oz mulkiy javobgarligi asosida foyda olishni oz oldiga maqsad qilib ish yuritadi. Xojalik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari faoliyati esa har doim ham foyda olishga qaratilgan bolmasligi mumkin va h.k. Qolaversa, iqtisodiyotni davlat yoli bilan tartibga solish jarayonida vujudga keladigan munosa- batlarni ham xojalik huquqiy munosabatlar va bir vaqtning ozida tadbirkorlik huquqiy munosabatlar, deyish mumkin. Xojalik huquqiy munosabatlarda, subyekt sifatida davlat, mamuriy hududiy tuzilmalar, korxonalar va ularning bolin- malari, yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Ular barcha iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida, jumladan, moddiy ishlab chiqarish, ayirboshlash, ishlab chiqarish, taqsimot jarayon- larida faol ishtirok etib, munosabatga kirishadilar. www.ziyouz.com kutubxonasi 34 Xojalik majburiyatlari togrisida soz ketar ekan, xojalik subyektlari qaysi jabhada faoliyat yuritishlaridan qati nazar ularni quyidagicha turlarga ajratish mumkin: 1. Operativ-xojalik majburiyatlari. 2. Xojalik-boshqaruv majburiyatlari. 3. Ichki xojalik majburiyatlari. Operativ-xojalik majburiyatlari xojalik huquqi subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat korsatish sohasida ozaro shartnomaviy munosabatlari tufayli vujudga keladi. Mazkur huquqiy munosabatning subyekti bolib tadbirkor fuqaro- lar ham hisoblanadilar. Xojalik huquqi subyektlari xojalik faoliyatini amalga oshirishda operativ-xojalik majburiyatlarining mukammal bolishi uchun oz faoliyatlarini rejalashtiradilar. Xojalik huquqining subyektlari ichida korxona muhim orin tutib, oz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari hamda materiallarning mavjudligini ishlab chiqarilayotgan mah- sulotga, bajarilayotgan ishga, korsatilayotgan xizmatga bolgan talablarini hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi, shu bilan bir qatorda, u davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot ishlab chiqaradi, ishlarni bajaradi, xizmat korsatadi. Xojalik huquqi subyektlari barcha jabhalarda oz xojalik faoli- yatlarini amalga oshirishda boshqa subyektlar bilan munosabatlarini shartnomaviy majburiyat negizida quradilar. Hatto, subyekt davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulotni yetkazib berayotgan taqdirda ham, davlat (uning organlari) bilan xojalik yurituvchi subyektlar ortasidagi munosabatlar shartnoma asosida ornatiladi va unga muvofiq mahsulotni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yuzasidan ikkinchi tarafni davlat xomashyo yoki texnika vositalari bilan taminlash majburiyatlarini olishi mumkin. Xojalik-boshqaruv majburiyatlari togrisida soz ketar ekan, bu turdagi majburiyatlarning avvalo davlat organlari hujjatlari, shuningdek, davlatlararo bitimlar, hududlar va korxona (birlash- ma)lar ortasidagi shartnomalar asosida kelib chiqishini takidlash joiz. Masalan, davlat ehtiyojlari uchun kapital qurilishni moliyalash- tirish maqsadida davlat budjetini tasdiqlash togrisidagi hujjat tegishli majburiyat keltirib chiqaradi. Mazkur hujjatga asosan davlat yoki hujjatda kozda tutilgan mamuriy-hududiy tuzilma (mahalliy budjet) moliyalashtiruvchi hisoblansa, ishni bajaruvchi mablagni www.ziyouz.com kutubxonasi 35 qabul qiluvchi hisoblanadi. Shuningdek, bunday majburiyat monopoliyaga qarshi kurashuvchi organ tomonidan chiqarilgan hujjat asosida ham kelib chiqishi mumkin. Bunga asosan korxona ishlab chiqarishni hujjatda kozda tutilgan tarzda tashkil qilishga masul boladi va hokazo. Davlat idoralari va mansabdor shaxslar ozlarining qonun hujjatlarida belgilab qoyilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga korsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki ozga idoralar oz vakolatlariga kirmaydigan yoki boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga xilof hujjatlarni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb topishni talab qilib, ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir. Korxona huquqini buzgan davlat idorasi yoki ularning mansab- dor shaxslari korsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek, bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda kozda tutilgan majburiyatlarni tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zararni tolaydilar. Zararni tolash togrisidagi nizolarni sud yoki xojalik sudi oz vakolatlariga muvofiq hal qiladi. Ichki xojalik majburiyatlari bevosita ishlab chiqarish doirasida vujudga keladi. Ular korxonalar va boshqa xojalik organlari ichida paydo boladi. Korxonaning ichki bolinmalari va tuzilmalari bunday munosabatlarning ishtirokchilari hisoblanadilar. Ular ozaro va xojalik organi bilan birgalikda xojalik faoliyatini yuritish va uni boshqarish jarayonida ichki xojalik munosabatlariga kirishadilar. Xojalik organi ichida ham gorizontal, ham vertikal munosabatlar vujudga keladi. Xojalik organi oz tarkibiy bolinmalarining faoliyatini u yoki bu tarzda muvofiqlashtirib turish maqsadida turli hujjatlarni qabul qilishi mumkinligini nazarda tutmoq lozim. Nazorat savollari 1. Xojalik huquqiy munosabatga tushuncha bering. 2. Xojalik huquqiy munosabatning qanday turlari mavjud? 3. Xojalik huquqiy munosabatlar qanday asoslar boyicha vujudga kelishi mumkin? ? www.ziyouz.com kutubxonasi Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling